O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqni yirik masshtabli xaritaga tushirish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqni yirik masshtabli xaritaga tushirish.
Yirik masshtabli xaritaga tushirish ishlari mamlakatimiz tuproq haritografik izlanishlaridagi eng ko‘p tarqalgan turlaridan hisoblanadi. Yirik masshtabli tuproq rejalari va xaritalari asosan davlat va jamoa xo‘jaliklari tuproqlari izlanishlarida ko‘proq qo‘llaniladi. Bizning bo‘z tuproqlar mintaqasida davlat va jamoa xo‘jaliklari, shirkat hamda fermer xo‘jaliklari erlarini xaritaga tushirishda asosan suQoriladigan erlarda 1:10000 masshtabda, lalmi erlarda 1:25000 masshtabda tuproqni xaritaga ishlari olib boriladi. Tadqiqotchi tomonidan yirik masshtabli xaritaga tushirishda dalada tuproq chegaralarini yuqori aniqlik bilan 1:10000 masshtabda 20 m. dan 100 m.gacha va 1:50000 masshtabda 100 m. dan 500 m.gacha aniqlanadi. 1:10000 masshtabli xaritaga tushirishda makul (ratsional) konturi 0,5 gektarga teng bo‘lishi kerak. 1:25000 masshtabda - 3 gektarga, 1:50000 masshtabda - 12 ga. Bunday yuqori aniqlikda tuproq chegaralarini va tuproq konturlarini tuproq xaritasiga tushirish, faqat yuqori topografik asos va tuproqshunosning yuqori kuzatuvchanligi orkali amalga oshiriladi. Tuproqni yirik masshtabli xaritaga tushirish yakuniy ishlarining muhim ko‘rinishlaridan hisoblanadi va aniq xo‘jaliklarining aloxida ishlab chiqarish maydonlarida har xil agrotexnik, meliorativ, tashkiliy-iqtisodiy va boshqa qishloq xo‘jalik masalalarini to‘g‘ri xal qilishda keng qo‘llaniladi. Tuproqni yirik masshtabli xaritaga tushirishda eng avval butun hududni rekognossirovka (joyni oldindan tekshirib bilish) qilib o‘rganib chiqiladi, Xo‘jaliklarning asosiy tuproqlari va tuproq hosil qilish sharoitlari chukur taxlil kilingach va mahalliy agronomiya soxasiga mansub mutaxasislar yordamida mahalliy tuproqlardan foydalanish, 37 hamda ularning agroishlab chiqarish xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar to‘playdi. Yirik masshtabli xaritaga tushirish yakunida tuproq xaritalari va tuproq tushuntirish xatlari tuziladi. Tuproq tushuntirish xatlariga tuproq xaritasidan tashqari bir necha haritogrammalar, tuproqlarning asosiy xususiyatlaridan- kislotaliligi, fosfor, kaliy bilan taminlanganlik darajasi, tuproq eroziyasi,tuprok shurlanganligi, erlardan okilona foydalanish haritogrammalari va tuproq bonitirovkasi haritogrammasi qo‘shib quyiladi. Tuproq tushintirish xatida shuningdek xo‘jalik xaqida ma’lumot, tabiiy sharoitlari va izlanishlar olib borilgan hududning dala va laboratoriya ishlari kalendar rejasi jadval shaklida fizik va kimyoviy analiz natijalari beriladi. Bulardan tashqari xo‘jalik tuproqlaridan okilona foydalanishning yo‘llari, uslublari va erning unumdorligini oshirish hamda qishloq xo‘jaligi ekinlaridan yuqori hosil olish yo‘llari ko‘rsatiladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling