O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqlarni o‘rta masshtabli xaritaga tushirish
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
Tuproqlarni o‘rta masshtabli xaritaga tushirish.
O‘rta masshtabli tuproq xaritasi katta hududlarda tuproq qoplamini atroflicha o‘rganish asosida 1:100000 dan 1:300000 gacha bulgan masshtabda tuziladi. Bunday xaritalar yirik ma’muriy hududlar (viloyat, tuman) yoki xo‘jalik- ishlab chiqarish hududlari (chorvachilik va o‘rmonchilik xo‘jaliklari) ga tuziladi. Tuproqni o‘rta masshtabli xaritaga tushirish katta ahamiyatga ega va yetarli darajada keng tarqalgan. Urta masshtabli xaritalarni bevosita dalada xaritaga tushirish bilangina emas, balki yirik masshtabli 1:10000 dan 1:50000 gacha bo‘lgan xaritalarni umumlashtirish orkali ham tuzilishi mumkin. o‘rta masshtabli xaritalar yirik ma’muriy bo‘linmalar (viloyat, tuman) masshtabida yer zahiralarini sifati bo‘yicha hisoblashda ilmiy asos sifatida xizmat qiladi. Masalan: Tuman tuproq xaritasi asosan xo‘jaliklar tuproq xaritasini umumlashtirish yo‘li bilan tuziladi. Viloyatniki esa tumanlar tuproq xaritalari asosida tuziladi. Agarda davlat va shirkat xo‘jaliklari tuproq xaritalari tuzilmagan bo‘lsa, unda viloyat tuman va xo‘jaliklarning tuproq xaritalarini o‘rta masshtabli qilib tuzish maksadga muvofikdir. o‘rta masshtabli xaritaga tushirishda yirik masshtabli aniq topografik asoslardan foydalanish va tuzilgan tuproq xaritasidan kattaroq mikesda bo‘lishi 38 kerak. Gap shundaki, 1:100000 masshtabli tuproq xaritasini tuzib bo‘lgandan keyin, konturlarda tuproq chegaralarini 200-400 m. aniqlikda yoki 50 gektar dala maydonining tulik konturi va aniq tasvirlangan chegarasini tushirish talab qilinadi. Bu masala ancha murakkab bulib,buni xal qilish uchun nafaqat katta kuzatuvchanlik, balki a’lo darajadagi topografik asos ham kerak. Dalada tuproq chegarasini 200 m. aniqlikda aniqlash yoki 50,0 ga tuproq maydonining konturini ajratishga juda ko‘p vaqt sarf qilinadi. O‘rta masshtabli xaritani tuzish ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqichda tuproqshunos hamma marshrut yunalishida izlanishlar yo‘li bilan hududning asosiy tuproq tipi, tipchasi, turi hamda ularning tumandagi tarkalish qonuniyati va uning joylashishini, tuproq tasnifini tanlaydi va sxematik xaritasini tuzadi. Birinchi bosqich ishlari tamom bo‘lgandan keyin tuproqshunos tuproq xaritasiga tushirish ishlarini, marshrut rasmga tushirish izlanishlari natijalarini hisobga olgan holda o‘tkazadi. Bunda tumanning murakkab qismiga katta e’tibor qaratmok kerak. Tuproq xaritasiga tuproq chegaralari uzil kesil mustaxkamlanadi, bir biriga mos bo‘lgan konturlar ajratiladi. Ikkinchi bosqichda dala tuproq xaritasi tuziladi. o‘rta masshtabli xaritalar yordamida qishloq xo‘jaligini rejalashtirishga asoslangan bir qancha masalalar echiladi: shulardan ekin maydonlarini taqsimlash, melioratsiyaga muxtoj u yoki bu maydonlarni sxematik aniqlash, o‘g‘itlarni joylashtirish, yangi erlarni o‘zlashtirish va boshqalar. o‘rta masshtabli xaritalarga qarab tabiiy va qishloq xo‘jalik rayonlarini belgilash mumkin hamda reja topshiriqlariga va tuproq sharoitlariga, rel’efga va iqlimga to‘g‘ri keladigan almashlab ekish tiplarini, tuproqqa ishlov berish tizimlarini, madaniy o‘simliklar turi va navini, qishloq xo‘jalik mashinalarining tiplarini, yoqilg’i normalari va xokazolarni tabaqalashtirish mumkin. Hamma tuproq izlanishlari malumotlari taqdim qilingandan keyin quyidagi xujjatlar topshiriladi. 1. Viloyat yoki tuman tuproq xaritasi. 2. Viloyat yoki tuman tuproqlarini baholash (bonitirovka) haritogrammasi. 39 3. Tuproq tushintirish xati yoki hudud tuproqlarining tekshirilganligi xaqida batafsil ocherk. Tushintirish xatida tuproq hosil bo‘lish sharoiti, tuproqning asosiy tipi, tipchasi, turlari va xillari, uning kelib chiqishi (genezisi), geografiyasi, tuproqning sifat bahosi, tuproq unumdorligini oshirish yo‘llari va uslublari,azot, fosfor, kaliyning, harakatchan shakilari tugrisidagi ma’lumotlar va yer resurslaridan oqilona foydalanish yo‘llari batafsil yoritiladi. Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling