O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

 
 
 



KIRISH 
1. Tuproqni xaritaga tushirish fanining predmeti, maqsadi va vazifalari.
Jahon tajribasi barcha sohalarda sifatli o‘sishni ta’minlovchi 
yangiliklarni uzluksiz tarzda amaliyotga joriy etish jamiyat va iqtisodiy 
rivojlanishning harakatlantiruvchi kuchiga aylanganligini ko‘rsatmoqda. 
Bugungi kunda rivojlanishning innovatsion modellari va «aqlli» 
texnologiyalar amalga oshirilayotgan mamlakatlar eng muvaffaqiyatli va 
barqaror hisoblanadi. Bunday mamlakatlarning barqaror taraqqiyoti, ularning 
jahon bozorlarida raqobatbardoshligi tabiiy resurslarni eksport qilish va 
jismoniy mehnatdan foydalanishga emas, balki innovatsion g‘oyalar va 
ishlanmalarga asoslanadi. 
O‘tgan davrda fan va texnologiyalarni rivojlantirish sohasida zarur 
infratuzilma yaratildi, muayyan intellektual va texnologik salohiyat shakllantirildi 
qishloq xo‘jaligiga innovatsiyalarni joriy etish sohasida: 

eng avvalo, mavjud yer, suv va boshqa tabiiy resurslardan oqilona 
foydalanish imkonini beruvchi “Aqlli qishloq xo‘jaligi” konsepsiyasiga asoslangan 
qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining zamonaviy sinalgan shakllarini joriy etish 
bo‘yicha takliflar kiritish; 
- agrar sektorda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini maksimal darajada 
avtomatlashtirish, hosildorlikni jiddiy oshirish va moliyaviy ko‘rsatkichlarni 
yaxshilash, shuningdek, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini 
beruvchi innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalarni joriy etishga 
ko‘maklashish;
-qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining jahon bozoridagi raqobatbardoshligini 
ta’minlash orqali savdo bozorlarini va ularni to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berishni 
kengaytirishga ko‘maklashish.
Xarakatlar strategiyasida sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yanada 
yaxshilash, irrigatsiya va melioratsiya ob’ektlarini rivojlantirish, ularning xavfsiz 
va barqaror ishlashini ta’minlash, suv resurslaridan oqilona va tejamli foydalanish 



va shu asosda qishloq xo‘jaligi maxsulotlarini ishlab chiqarish barqarorligiga 
erishish ko‘zda tutilgan. 
O’zbekiston Respublikasi konstitutsiyasining 55-moddasiga binoan tabiiy 
ob'ektlar, jumladan yer umumxalq boyligidir va u davlat muhofazasida turadi. 
Yerdan samarali foydalanish va tuproqni muhofaza qilish hamda meliorativ 
holatini yaxshilash, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish umumiy davlat 
muammasida alohida o’rin tutadi. 
O’zbekiston Respublikasi istiqlolga erishgandan so’ng va huquqiy davlat 
qurish munosabati bilan o’z hududida yer munosabatlarini tartibga solishda 
yerlardan oqilona foydalanish, meliorativ holatini yaxshilash va muxofaza 
qilishning asoslarini yaratish va takomillashtirish imkonini berdi. Ya'ni bu borada 
O’zbekiston Respublikasida bir qancha qonunlar ishlab chiqildi “Davlat yer 
kadastri to’g’risidagi”, “Fermer xo’jaliklari to’g’risidagi” va “Dehqon xo’jaliklari 
to’g’risidagi” qonunlar va boshqalar shular jumlasidandir. 
Tuproqni muhofaza qilish, undan oqilona foydalanish va doyimiy holda 
uning unumdorligini oshirib borish hozirgi kunning dolzarb muommalarida biri 
hisoblanadi.
Respublikamizning barcha qishloq xo‘jaligi jabhalarida tuproqni batafsil, yirik, 
o‘rta va kichik masshtabli xaritalarga tushirish ishlari olib borilmoqda. 
Tuproqni xaritaga tushurish fani atrof-muhit haqidagi axborotning asosiy 
tarkibiy qismi hisoblanadi va birinchi navbatda qishloq xo‘jaligining asosiy ishlab 
chiqarishi tuproq haqida ma’lumot beradi. 
Tuproqni dalada xaritaga tushurish oddiygina, tuproq ayirmalarining 
chegaralarini xo‘jalikning reja xaritanomasiga ko‘chirib o‘tkazib qo‘yishdan iborat 
emas. Balkim ilmiy tadqiqot, izlanish ishlaridan biri bo‘lib, har xil usullardan 
foydalaniladigan tadqiqot hisoblanadi. Shuningdek bu fan talabalarga maxsus 
nazariy bilim berib malaka ko‘nikma hosil qilishni talab qiladi. 
Ushbu fan mamlakatimiz va horijda foydalaniladigan tuproq xaritalari, 
agrotuproq xaritalari, tuproqni sifat jihatdan baholash xaritalari, tuproqlarni 
agronomik ishlab chiqarish tasnifi, harakatchan oziq elementlar miqdori bo‘yicha 



xaritanomalar va har xil boshqa turdagi xaritalar tuzish kabi masalalarni qamrab 
oladi. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling