O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet39/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Qizilqum-Amudaryo, Sirdaryo hamda Zarafshon daryolarining quyi va 
o‘rta oqimlari orasida joylashgan. SHimolda u Orol dengizi qirg‘oqlariga 
borib taqaladi. Uning g‘arbiy kichik qismi O‘zbekistonga qaraydi. 
Qizilqumdagi asosiy relef shakllari pasttekislik, yassi va past 
tog‘lardan, turli xil qum relefi shakllari va botiqlardan iborat. Cho‘lning 
o‘rtacha balandligi 200-300 m, yassi va past tog‘larning mutlaq balandligi 
400-900 metrni tashkil etadi. Qizilqumning eng baland eri 922 metr. 


57 
Tomditog‘dagi Oqtog‘ cho‘qqisi 922 m bo‘lsa, eng past eri tubi dengiz 
sathidan 12 m pastda joylashgan Mingbuloq botig‘idir. 
Yassi tog‘lar Qizilqumning shimoli-g‘arbiy qismida (Sulton u vays), 
markazida va janubi-g‘arbida joylashgan. Ular gersin tog‘ burmalanishi 
bosqichida ko‘tarilgan va mezozoy erasidan boshlab hozirgi paytgacha 
nurash ta’sirida emirilib, yassi, past tog‘larga aylanib qolgan. Ularning 
yonbag‘irlarida jarlar ko‘p uchraydi, etaklarini prolyuvial tekisliklar 
egallagan, tog‘larning orasida turli kattalikdagi botiqlar mavjud. Mingbuloq, 
Oyoqog‘itma, Qoraqota, Ko‘lquduq, Oqjetpas, Dovudboy Qizilqumdagi yirik 
botiqlardir. Botiqlar ham Qizilqumda keng tarqalgan relef shakllari 
hisoblanadi. Qizilqumda qum relefi shakllari asosan, qator qum tepalardan
qisman barxan va qum do‘nglaridan iborat. Qator qum tepalar eng ko‘p 
tarqalgan relef shakli hisoblanib, ular meridian yo‘nalishida cho‘zilgan. 
Qumlar ko‘p joylarda o‘simliklar bilan mustahkamlangan. Barxanlar 
cho‘lning inson xo‘jalik faoliyati ta’siri ko‘proq bo‘lgan joylarida, xususan 
Amudaryo yaqinlarida uchraydi. Gilli allyuvial tekisliklar quruq o‘zanlar 
atrofida, ayniqsa Quvondaryo, Jonidaryo atrofida katta maydonlarni 
egallaydi. Bunday gilli, qumoq erlar orasida taqirlar ham mavjud. Taqirlar 
Qizilqumning janubida, do‘ng va qator qum tepalari orasidagi pastliklarda 
tarqalgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling