Fanni o‘qitishning maqsadi – talabalarga tuproqni xaritaga tushirishning
ilmiy asoslari, rivojlanish tarixi, yer qobig‘ining ma’lum maydonini tekshirish,
tuproqlarni tarqalish qonuniyatlari asosida xaritasini tuzish, harakatchan oziq
elementlar miqdori bo‘yicha agrokimyoviy xaritanomalar tuzish to‘g‘risida hozirgi
zamon ta’limotini berishdir.
Fanni o‘qitishning vazifalari: talabalarga dala sharoitida tuproqlarni
tekshirib xaritaga tushirish, tuproqlarni xaritaga tushirishda joyning rel’efi,
tuproqlarning tarqalish qonuniyatlari, morfologik tuzilishi, sug‘oriladigan yerlarni
indekslash, turli xaritalar masshtablari, tuproqdagi harakatchan oziq elementlar
miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni xaritaga tushirishni horij tajribasidan
foydalangan holda zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tushuntirish
hisoblanadi.
Fanning boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi. Bu fan bir qancha tabiiy
fanlar bilan, jumladan, Geologiya, Mineralogiya va geodeziya asoslari,
Matematika, Informatika va tuproqshunoslikda modellashtirish, Chet tili,
Tuproqshunoslik, Tuproq kimyosi va fizikasi kabi fanlar bilan uzviy
bog’langandir. Tuproqni xaritaga tushirish fanini chuqur va mukammal
o’zlashtirish uchun eng avvalo tuproqshunoslik, tuproq geografiyasi, tuproq
gidrologiyasi, tuproq melioratsiyasi fanlaridan olgan bilimlarini tahlil qilish
asosida olib borilishi lozim.
Fanning ishlab chiqarishdagi o’rni. O’zbekiston respublikasining iqtisodiy
salohiyatini belgilaydigan yo’nalish qishloq xo’jaligi va yer osti boyliklaridan
iboratdir. Qishloq xo’jaligida barcha yetishtiriladigan oziq - ovqat va kiyim -
kechak maxsulotlari, tabiiy va sug’orma dehqonchilikda foydalaniladigan
texnologiyalar asosida yani tuproqlarda amalga oshiriladi. Shu boisdan tuproqni
xaritaga tushirish asosiy iqtisoslik fanlaridan biri hisoblanib, ishlab chiqarish
texnologik tizimida asosiy o’rinni egallaydi.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |