O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Fani o’qitishda axborot va pedogogik texnologiyalar


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Fani o’qitishda axborot va pedogogik texnologiyalar. Talabalarning bu 
fanni to’liq o’zlashtirishlari uchun o’qitishning ilg’or va zamonaviy usullaridan 
foydalanish, yangi informatsion – pedogogik texnologiyalarni tadbiq qilish muxim 
ahamiyatga egadir. Fanni o’zlashtirishda darslik, o’quv va uslubiy qo’llanmalar, 
ma'ruza matnlari, tarqatma materiallar, elektron materiallar, virtual stendlar hamda 
tuproq monolitlaridan foydalaniladi. Fanning o’qitish turlari dasturda ko’rsatilgan 
mavzular, ma'ruza, amaliy mashg’ulotlar shaklida olib boriladi. Shuningdek, 
atroflicha bilim olishni ta'minlash maqsadida talabalarga mustaqil ish mavzulari 
ham beriladi. Fanni pedagogik uslublari – “Klaster (bumerang), deboshlar” tarzida 
o’tish ham ko’zda tutilgandir. Ma'lumotlar ko’rgazmali o’quv qurollari
multimediya, mikrosxemalar, diagrammalar va chizmalar shaklida amalga 
oshiriladi.
2. O‘zbekistonda tuproq xaritashunosligining rivojlanish tarixi.
Mamlakatimiz tuproqlari to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar mashhur 
Yunon va Rum olimlari asarlarida uchraydi. o‘sha davrlardayoq insonlar yerga 
solinadigan mahalliy o‘g‘itlar dukkakli va boshoqli ekinlar hosildorligini 
oshirishning muhim omillari ekanligini tajribada bilganlar. 
O‘zbekistonda tuproqlar to‘g‘risidagi dastlabki ma’lumotlar IX – X asrlarda 
yashab ijod qilgan buyuk siymolar Abu Rayxon Beruniy va Abu Ali Ibn Sino 
asarlarida bayon qilingan. Beruniy o‘zining “Aholi yashaydigan joylar orasidagi 
masofalarni aniqlash uchun (kerakli) o‘rganishlarning chegaralarini belgilash”, 
ya’ni “Geodeziya” kitobida tuproq paydo qiluvchi jinslarning kelib chiqishi va 
xossalari to‘g‘risida ma’lumotlar keltirgan.
Eramizning birinchi asrlaridayok Xitoyda yer (tuproq)ni o‘rganish va yer 
kadastriga umumiy davlat ishi deb qaralgan. Yaponiyada imperator Xidesi 
xukumronlik qilgan davrda (1589 – 1595 y), mamlakat bo‘yicha yer kadastri tuzish 
maqsadida tuproq tekshirishlari olib borilgan. 
XVIII – XIX asrlarda Qarbiy Evropa mamlakatlarida tuproq bonitirovkasi
va yer kadastri ishlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, eng yaxshi yer kadastri deb, 1719 
yilda sof daromadlar bo‘yicha ishlab chiqilgan Milan kadastri tan olingan. Yerning 



qiymatini aniqlash bo‘yicha olib borilgan ishlardan 1771 yilda ishlab chiqilgan 
Tirol kadastri diqqatga sazovor bo‘lib, bu boradagi izlanishlar keyinchalik 
Rossiyada S.S.Sobolev (1963), Fransiyada (1950), Prusiyada (1861 – 1864), 
Saksoniyada (1838), Italiyada (1886) va boshqa davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan. 
Mana shu kadastr ishlarining asosiy maqsadi tuproqlarni bonitirovka qilish va 
tuproq xaritalarini tuzishdan iborat bo‘lgan. 
Tuproqlarning sifati haqidagi ma’lumotlar qadimgi Russiya dehqonlarining 
maqollari va hikmatli gaplarida o‘z ifodasini topgan. Masalan: “qayerda podzol 
bo‘lsa, o‘sha joyda muxtojlik”, “qora yer – oq non”, oq yer tezroq 
kambag‘allashadi” kabi iboralar va hokazolar. Ivan Grozniy davrida ham yer 
zahiralarini hisobga olish maqsadida yer ishlari bilan shug‘ullanadigan oliy davlat 
tashkiloti tuzilgan. Shu davrdagi ro‘yhatga oluvchilarning ishlarida yer 
to‘g‘risidagi dastlabki, nisbatan to‘liq ma’lumotlar qamrab olingan. Bunda joyning 
geogrofik holati, iqtisodiy ko‘rsatgichlari, shahar va qishloqlar to‘g‘risidagi, uning 
rel’efi, aholisi haqida ham ma’lumotlar keltirilgan. Asosan bu tashkilotning asosiy 
vazifasi yerlarni ro‘yxatga olish bo‘lgan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling