O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi


Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/103
Sana23.02.2023
Hajmi2 Mb.
#1224848
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Bog'liq
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH

Birinchi bosqich. 1725 yilda tashkil qilingan Rossiya (Peterburg) Fanlar 
Akademiyasi tuproqlar qoplamini o‘rganishda yagona ilmiy markaz hisoblangan. 
Rus olimi M.V.Lomonosov 1717 – 1765 yillarda shu akademiyada faoliyat 
ko‘rsatgan. 
M.V.Lomonosov rus tuproqshunoslik maktabining asoschisidir. U rus 
tuproqshunosi bo‘lib qolmasdan, balki Vernadskiy uni birinchi tuproqshunos 
degan edi. 1757 yildan boshlab M.V.Lomonosov Fanlar akademiyasining 
“Geografiya deportamentini” boshqarib, “Rossiya Atlasini” o‘zgartirish va 
“Rossiya geografiyasi” xaritasini tuzishga kirishadi. 
1755 yilda M.V.Lomonosovning taklifi bilan Moskva universiteti tashkil 
etildi. Uning birinchi professori bo‘lgan M.I.Afonin (1771) o‘zining chiqish 
nutqida tuproqlarni ta’riflashga, jumladan qora tuproqlar tasnifiga katta o‘rin berib, 
qora tuproqlarni quyidagi: loyli, toshli, o‘rmon, botqoq va boshqa guruhlarga 
ajratgan. 


10 
1765 yilda Peterburgda “ko‘ngilli iqtisodiy jamiyat” tuziladi. Bu davrga 
kelib Rossiya dunyo bozorida o‘z bug‘doyi bilan qatnashmoqda edi. Xuddi shu 
vaqtda Rossiyada ko‘ngilli-iqtisodiy jamiyat jurnali chop etilib, unda bug‘doy eng 
asosiy va qulay mahsulot sifatida qaralib, uni sotish Evropaga mo‘ljallangan edi. 
O‘sha paytdan boshlab asosiy qiziqish bug‘doy ekiladigan qora tuproqlarga 
qaratildi. 
Ko‘ngilli iqtisodiy jamiyatning birinchi nashrida akademik 
I.G.Lemanning maqolasi tuproqqa bag‘ishlangan bo‘lib, “Yerning dehqonchilikda 
har xil sifatiga qarab iqtisodiy jihatdan taqqoslash” deb atalgan. Bu jamiyatning 
ikkinchi kitobida (1766) birinchi rus olimi va agronomi A.T.Bolotov “Kashir 
uyezdi tuproqlarining xususiyati va yaxshi yomonligi ro‘yxati” nomli maqolasida 
tuproqning sifatini uning rangi, qovushmasi orqali, uning sifatini esa o‘simliklarda 
tajriba qilib ko‘rib aniqlash mumkin deb tavsiya bergan. 
XVIII asr yirik agronomi I.M.Komov ham tuproqning sifatini aniqlashga 
alohida e’tibor bergan. U “yaxshi yerlar qora yoki qoramtir rangda bo‘lib, 
yomg‘irdan so‘ng yoqimli xidga ega bo‘ladi, aksincha oq, kulrang, sariqroq 
rangdagi tuproqlar esa oriq, unumsiz bo‘ladi” deb hisoblagan.
XIX asrning oxirlarida Davlat Yer mulklari vazirligi tomonidan Rossiya 
tuproqlarini sistematik ravishda o‘rganish va xaritasini tuzish ishlari boshlab 
yuborildi. Bu ishlarga katta xizmatlari singan olimlardan statistik olim 
K.S.Vaselevskiy va yirik geograf - ekonomist olim V.I.Chaslavskiylardir. Bunday 
ishlarni amalga oshirish uchun katta mablag‘lar sarf qilinib, 17 ta guberniyalarda 
yer kadastri amalga oshirildi. To‘plangan ma’lumotlar asosida hisobchi K.S. 
Vaselevskiy tomonidan (1851) Rossiyaning yevropa qismining
1:8400000 
masshtabdagi birinchi tuproq xaritasi tuzildi. Unda tuproqlarning morfologik 
belgilari, litologik tuzilishi va ayrm xossalari ko‘rsatildi. Jumladan: 
1.Qora tuproq. 2.Loyning hamma rangi. 3.Qum. 4.Qumoq va qumloq. 
5.Il. 6.Sho‘rxok. 7.Tundra va botqoq. 8.Toshli joylar. 
K.S.Vaselevskiy tomonidan birinchi tuzilgan bu tuproq xaritasi juda oddiy 
bo‘lsada, Rossiyada tuproqlarga bo‘lgan bilimlarni safarbar qilishga undadi va


11 
Dokuchaevning fikricha keyingi tuproq xaritalarini tuzilishida asosiy manbaa 
bo‘lib xizmat qildi. 
1879 yilda V.I.Chaslovskiy tomonidan Rossiya yevropa qismining tuproq 
xaritasi tuzildi. Bu tuzilgan xarita K.S.Vaselevskiy tuproq xaritasidan bir muncha 
mukammalroqligi bilan ajralib turgan. Birinchi tuzilgan tuproq xaritasida 8 ta 
tuproq nomi qayd qilingan bo‘lsa, ikkinchi tuproq xaritasida 32 ta tuproq nomi 
keltirilgan. 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling