O’zbekistоn respublikаsi оliy vа o’rtа mахsus tа’lim vаzirligi
Tuproqning eroziyalanishi kartogrammasini tuzich
Download 2 Mb. Pdf ko'rish
|
TUPROQNI XARITAGA TUSHIRISH
9.2 Tuproqning eroziyalanishi kartogrammasini tuzich.
Tuproq tabiatining moddiy barqarorligini ta’minlovchi vosita hamda qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishida asosiy manbadir. Tuproqqa ishlov berish yo‘li bilan insoniyat oziq-ovqatining 88% ni ishlab chiqarishi mumkin. Tuproq qiymati 125 oziq-ovqat mahsulotlari va sanoat uchun xom ashyo etishtirishdagi favqulodda muhim ahamiyati bilangina emas, balki quruqlikdagi barcha biogeotsenozlar va umuman biosferada muhim ekologik ahamiyatga ega. Qishloq xo‘jalik ekinlaridan yuqori va sifatli mahsulot olishga birqancha abiotik, biotik va edafik omillar ta’sir ko‘rsatadi.Tuproq eroziyasi shunday omillardan biri hisoblanadi. Eroziya lotincha “Erasion”-so‘zidan kelib chiqan emirilish, yuvilish ma’nosini bildiradi. Xozirgi davrda uni tuproqshunoslikda,geologiya geografiya, tibbiyot fanlarida er po‘stining ustki qismida sodir bo‘ladigan emirilish jarayonlari deb tushuntiriladi. Tuproq eroziyasi tabiiy va antropogen omillar ta’sirida emirilish, yuvilish va uchirib ketish jarayonlariga qarab suv eroziyasi, kuchli shamol ta’sirida tuproq, qum uchirib kelishi shamol eroziyasi yoki deflyasiya deyiladi. Deflyasiya - “deflatio” lotincha so‘z bo‘lib, tuproq, qumni ustki qatlam ini kuchli shamol ta’sirida uchirilishini anglatadi. Suv eroziyasini rivoji erlarni rel’efiga va suv oqmiga bog‘liq. Bizning ma’lumotlarga ko‘ra tuproqni emirilish erning qiyaligi 1,5 0 -2 0 dan oshganda boshlanadi. Rel’efi notekis nishabli bo‘lgan, sug‘orib dehqonchilik qilinadigan mintaqalarda-sug‘orish (irrigatsiya) eroziyasi rivojlanadi. O‘zbekiston haydalib dehqonchilik qilinadigan er maydonining 40 foizidan ko‘prog‘i suv va shamol eroziyasiga chalingan. X.M.Maxsudov( 1981) ma’lumotlarga ko‘ra er yuzasidan suv va sug‘orish eroziyasi ta’sirida xar yli gektaridan 100-150 t tuproq, 500-800 kg gumus moddasi, 100-120 kg azot, 75- 100 kg fosfor tuproq, bilan yuvilib daladan chiqib ketishi aniqlangan. Eroziya jarayonlari tufayli g‘o‘za, g‘alla va boshqa qishloq xo‘jalik ekinlari xosildorligi 30-50 foizgacha kamayadi, paxta tolasi va g‘alla sifati keskin yomonlashadi. SHuning uchun tuproqni shamol va suv eroziyasidan ximoya etish hozirgi kunning dolzarb muommalaridan biridir. Dexqonchilik jadal yuritilayotgan sharoitda, tuproqni himoyalovchi agrotexnik tadbirlar yaratilgandigina madaniy ekinlardan barqaror va uzluksiz hosil olish mumkin. SHamol eroziyasi (deflyasiya) er ustini hamma ko‘rinishlarida kuchli shamol ta’sirida qiyalik,tekisliklarda mexanik tarkibi engil bo‘lgan tuproqli hududlarda 126 shomolning tezligi 12-15 m/sek bo‘lgan ixota daraxtzorlar va tabiiy o‘tloqlar yo‘q joylarda ro‘y beradi.SHamol ta’sirida tuproqning ustki qismini uchirilib ketishi natijasida uning fizik , ximik, suv - fizik xususiyatlari yomonlashadi va unumdorlik ko‘rsatkichlari pasayadi. Shamol uchirgan qum va tuproqni mayda zarrachalari yosh o‘simlik nihollarini quritib, ariq zovurlarni to‘ldiradi. Tuproqni suv va shamol eroziyasi ta’sirida zararlanishdan saqlash chora tadbirlaridan biri tuproq eroziyasi kartogrammasini tuzish muhim ahamiyat kasb etadi. Tuproq eroziyasi kartogrammasini xo‘jalikning sug‘orish (irigatsion) va shamol eroziyasi jarayonlari rivojlanadigan joylari uchun tuziladi. Kartogrammada quyidagilar o‘z aksini topishi lozim: a ) tuproqlarning sug‘orish yoki shamolli eroziyasi bo‘yicha eroziyadan xavfli xududlar; b ) har xil darajada suv yoki shamol eroziyasiga uchragan tuproqlar (yuvilib ketgan, defilyasiyalangan); v ) irrigatsiya yoki chiziqli suv eroziyasiga va surilishga uchragan xududlar (jarliklar, o‘yiq erlar) g ) eroziyaga qarshi tavsiya etiladigan chora-tadbirlar. Tuproq eroziyasi kartogrammasini tuzishda, yirik mashtabli tuproq kartasi uchun yig‘ilgan materiallar asos bo‘lib xizmat qiladi. Tuproq kartasi bor bo‘lsa, unga yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan eroziya ko‘rsatkichlari aks ettirilgan eroziya kartogrammasi tuzish uchun korrektirovkali tekshiriruv ishlari o‘tkazilishi zarur. Eroziyaga moyil xududlar joyning hamma tabiiy xususiyatlari majmuasi tahlil qilinib va undan xo‘jalikda foydalanish xusisiyatlari ajratib ko‘rsatiladi.Mahalliy tabiiy xususiyatlarning tahlilidan kelib chiqqan holda va xo‘jalikda kuzatiladigan eroziya jarayonlarining namayon bo‘lish holatlari hisobga olingan holda uch xil darajadagi potensial eroziya havflilik aniqlanadi (kuchsiz, o‘rta, kuchli). Tuproqlar eroziyasi kartogrammasidagi u yoki bu darajadagi eroziya xavfi bo‘lgan hududlarni rangli yoki qalin qora chiziq bilan o‘ralgan va 127 tuproq konturlarida ularni guruhlash,alohida hollarda ularni bo‘lingan shakl asosida rim raqamlarida ko‘rsatiladi. 20-jadval Tuproqlarning sug‘orish yoki shamolli eroziyasi bo‘yicha eroziyadan xavfli xududlar ko‘rsatkichlari. Omilar Ko‘rsatkichlar Suv eroziyasi Shomol erroziyasi Metro logik omil O‘rtacha yillik yog‘ingarchilikning yuqori bo‘lishi, uning oylar bo‘yicha bir xil taqsimlanmaganligi, yomg‘irlarning ba’zi oylarda ko‘p bo‘lishi. Qor qoplamining qalinligi, qorning qisqa muddat ichida erishi, eruv suvlarining ko‘p bo‘lishi.Sutkalik yomg‘ir miqdorining ko‘pligi.Tuproqning o‘simliklar qoplami bilan kam himoyalangan davrda jalali yomg‘irlarning ko‘pligi, yomg‘ir tomchilarining tezligi, yirik maydaligi suvning tuproqqa singmasdan tez oqishi, sel kelish kabilar. Iqlimning kontinentaligi, faol shomollarning ko‘pligi, tuproq yuzasida tezligi 3-5 sm/sek bo‘ladigan shomollarning tez-tez bo‘lishi, havoning turbulentlik harakatlari, chang to‘zonli kuchli shomolning bo‘lishi. Atmosferadan tushadigan yog‘ingarchilikning kamligi yoki umuman tkshmasligi. Qor qoplamining kamligi yoki qorning turmasligi va b.sh. Rel’ef Mahalliy eroziya ba’zisining chuqurligi, suv yig‘uvchi soylarning ko‘pligi, hududda jarliklarning to‘planishi,tik va uzun qiyaliklarning ko‘pligi, janubga tomon yo‘nalgan qiyaliklarning ko‘pligi,tekislikdan qavariq holda bo‘rtib chiqqan qiyaliklar, qiyalik yon bag‘ridagi yuvilgan o‘ngirlar,marzalar, o‘q ariqlar va boshqa rel’ef elementlarining mavjudligi. Hududning to‘siqlarsiz tekis bo‘lishi, mahalliy bilimsiz va keng nishablikningmav- judligi, shomol yo‘nalishiga qarab joylashishi,mezo- rel’efli soylar va shomolurilib qaytadigan yon bag‘irlarning ko‘pligi, bo‘ron va quyunli ko‘tarilishlarning ko‘pligi. 128 Tuproq qoplami Tuproqning yuvilishga chidamsizlik xossalarining ustinligi, tuproq qoplamida yuvilish darajasi ko‘rsatkichining yuqoridarajadaligi, suvga chidamli yirik agregatlar va mikroagregatlar miqdorining kamligi. Tuproqning suv sig‘imi va suv o‘tkazuvchanligining past ko‘rsatkichda bo‘lishi. Tuproqning engil mexanik tarkibligi, soz va qumloqli tuproqlar yuqorigi qatlamida korbanatlarning ko‘pligi, gumusli qatlamning qalin emasligi va gumus miqdorining kamligi, sturukturalarning chidamsizligi,chang zarrachalarining ko‘pligi. O‘simlik lar qoplami Xar xil nishablikdagi qiyaliklarda ishlov beriladigan maydonlarning yuqori ko‘rsatkichdaligi, chorva mollari boqiladigan yaylovlardagi o‘simliklarning siyrak bo‘lib qolishi, hayvonlarning tuyoqlari tagida ezilib ketishi, almashlab ekishda ko‘p yillik o‘tlarning kamligi, ekinlarning siyrakligi, tuproq yuzasini butunlay qoplab oladigan ekin turlarining kamligi. Qiyaliklarga ekiladigan ekinlar xosildorligining pastligi, o‘simlik qoldiqlarining tuproqqa tushushining kamligi. Tuproq eroziyasiga qarshi ihota o‘rmonlarning yo‘qligi, jarliklar atrofiga daraxtlarning ekilmaganligi, eroziyaga qarshi inshoatlarning qurilmaganligi kabilar. SHamol.Tabiy em-xashak o‘simliklar siyrakligi va baland bo‘lib o‘smasligi, chorva mollari boqilishi tufayli tuproq yuzasining ochilib qolishi, o‘rmon polasasi va o‘rmon masivlarning tashkil yo‘qligi haydaladigan maydonlar asosiy qismining tashkil qilishi almashlab ekishda ko‘p yillik ekinlarning kamligi bir yillik ekinlarning ko‘pligi tuproq qoplamini himoya qiladigan ekinlarning kamligi almashlab ekishda qorashudgor-ekin- qorashudgor kabi polasa tizimlarini ishlab chiqish. 129 Bo‘z tuproqlar mintaqasining, shudgorlash 25 sm dan kam bo‘lmagan va gumusli qatlam 40 sm gacha bo‘lgan hudud tuproqlarida: a)yuvilmagan A qatlam to‘liq saqlanadi. b) kuchsiz yuvilib ketgan tuproqlar. A qatlamining yarmigacha yuvilib ketgan; v ) o‘rtacha yuvilib ketgan tuproqlar. A gumusli qatlamining yarmidan ko‘pi va to‘liq yuvilib ketgan. O‘tuvchi V qatlam haydaladi; d ) kuchli yuvilib ketgan tuproqlar. V qatlami qisman yoki to‘liq yuvlib ketgan. V o‘tuvchi qatlamning pastki qismi yoki S qatlamning yuqori qismi haydaladi. Sug‘oriladigan yerlarning eroziyaga uchraganlik darajasini aniqlash uchun har bir dehqonchilik madaniyatini hisobga olib, tabaqalashtirishishlari olibborilishi kerak. Yuvilib ketgan tuproqlar orasida to‘qroq rangli va chuqurroq haydalma qatlam hosil qilgan donador strukturali va yuqori hosildorlikka ega bo‘lgan madaniylashgan tuproqlarni ajratib ko‘rsatish kerak. Tuproqlarning eroziyalanganlik darajasi gumus qatlam qalinligi(A+V) qatlam chuqurligiga qarab dala sharoitida aniqlanadi. Eroziyalanganlik darajasi diagnostik belgilari quyidagicha tavsiflanadi (-jadval). 21-jadval Download 2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling