O‘zbекisтon rеspubliкаsi оliy vа o‘rта махsus та’liм vаzirligi


II.2 O’zbekiston SSSR ning boshqaruv tizimi


Download 301.66 Kb.
bet6/9
Sana19.06.2023
Hajmi301.66 Kb.
#1619933
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1920 1930 yillardagi O‘zbekistondagi siyosiy o‘zgarishlar tayyor

II.2 O’zbekiston SSSR ning boshqaruv tizimi
V.I.Lenin imzo chekkan «Rossiya va Sharqning barcha musulmon mehnatkashlariga» deb nomlangan murojaatnomada bayon qilingan fikrlar muxtoriyatning tuzilishiga qo‘shimcha asos bo‘ldi. Unda shunday jumlalarni o‘qish mumkin: «Bundan buyon sizning urf-odatlaringiz, milliy va madaniy muassasalaringiz ozod va daxlsiz deb e’lon qilinadi. O‘z milliy hayotlaringizni erkin va bemalol uyushtiravering, sizning bunga haqingiz bor.Siz o‘zingiz o‘z vataningizning hokimlari bo‘lishingiz lozim. O‘z rasmrusumingizga binoan hayotingizni uyushtirishingiz lozim. Sizning bunga haqqingiz bor, chunki sizlarning taqdiringiz o‘z qo‘lingizda1 . Murojaatnomada sotsializm qurilishi, tuziladigan hokimiyatning shakli to‘g‘risida bir og‘iz ham so‘z aytilmagan.6 Totalitarizm davlatni boshqarish shakllaridan biri bo‘lib, unda bir shaxs, ijtimoiy sinf yoki guruhning jamiyatdagi yakkahokimligiga va ushbu shaxsga so‘zsiz bo‘ysunishga asoslanadi. Totalitar mamlakatlarda jamiyat hayotining barcha sohalarida davlatning to‘la hukmronligi o‘rnatiladi, ijtimoiy-siyosiy tashkilotlarning faoliyati ustidan qattiq nazorat olib boriladi, demokratik tashkilotlar faoliyati cheklab qo‘yiladi. Sobiq Ittifoqda 20-yillarning oxirlariga kelib, bolsheviklar partiyasining bir partiyaviylik tizimi o‘rnatilgan edi7. Bolsheviklar partiyasi dohiylarining fikricha, faqat ular mehnatkash(ishchilar va dehqon)lar manfaatlarini ifoda etadilar va jamiyatni ular foydasiga qanday boshqarishni biladilar. Boshqa partiyalar ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoya qiladigan partiyalar sifatida bolsheviklar partiyasi tomonidan ta’qib qilingan va keyinchalik ularning faoliyatiga chek qo‘yilgan. Jamiyatning turli sohalariga tegishli qarorlar partiya va sovet rahbarlarining tor doirasida qabul qilingan va ularni bajarish barcha mamlakat fuqarolari uchun majburiy bo‘lgan, yuqori siyosiy va xo‘jalik laozimlarida faqat bolsheviklar partiyasi a’zolaridan tayinlanadigan bo‘lgan. Partiya va hukumat qarorlarini muhokama etish og‘ir oqibatlarga olib kelgan. Mamlakat fuqarolarining erkin fikrlash imkoniyati cheklangan. 1929-yilda sobiq Ittifoqda yangi iqtisodiy siyosatga chek qo‘yildi, mamlakatda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi shakllana boshladi. Mamlakatda I.V.Stalinning mutlaq hokimiyati o‘rnatildi, uning g‘oyaviy raqiblari – Trotskiy, Zinovyev, Kamenev, Buxarin va boshqalar «xalq dushmanlari» sifatida o‘ldirildi yoki surgun qilindi8. Aynan shu davrda bolsheviklar partiyasi organlarining sudlar ishiga qo‘pol aralashuvi kuchaydi. Davlat rahbarlari o‘zlarining ko‘plab siyosiy raqiblarini sud va kuch ishlatuvchi komissariatlar qo‘llari bilan yo‘q qilishdi. Mamlakatda tuzilgan OGPU (Birlashgan davlat siyosiy boshqarmasi), NKVD (Ichki ishlar xalq komissarligi)larning «uchlik» va «ikkilik»lari «xalq dushmani» tamg‘asi bosilgan minglab davlat arboblari, olimlar, yozuvchilar, harbiylar, ishchilar va dehqonlarni qatag‘on qildilar. 175 20-yillarning oxiriga kelib, sobiq Ittifoqda yangi iqtisodiy siyosatga chek qo‘yildi, mamlakatda ma’muriy-buyruqbozlik tizimi shakllana boshladi. Jamiyatning turli sohalariga tegishli qarorlar partiya va sovet rahbarlarining tor doirasida qabul qilindi va ularni bajarish barcha uchun majburiy bo‘ldi. Partiya va hukumat qarorlariga nisbatan erkin fikr aytish og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin edi. Shu tariqa, XX asr 30-yillarining o‘rtalarida SSSRda o‘ta markazlashgan, mafkuralashgan, zo‘ravonlikka asoslangan tuzum shakllandi. I.V.Stalinning o‘sha davrda bayon etgan «sotsializm mustahkamlanib borgan sari sinfiy kurash keskinlashib boradi» degan soxta nazariyasi ommaviy qatag‘onlarning g‘oyaviy asosi bo‘lib xizmat qildi. 1937-1938- yillarda sobiq Ittifoqda «xalq dushmani» sifatida 2 mln.dan ortiq kishi hibsga olingan, ulardan 800 ming kishi otib tashlangan. «Qatag‘on» so‘zi ruscha «repressiya» so‘zi bilan sinonimdir. «Repressiya» so‘zi lotincha «repressio» so‘zidan olingan bo‘lib, davlat organlari tomonidan insonlarga nisbatan qo‘llanadigan jazo choralari, ularni qatag‘on qilish, ularga ommaviy tarzda zulm o‘tkazish ma’nolarini anglatadi. Sovet hokimiyati tomonidan O‘zbekiston xalqiga qarshi o‘tkazilgan qatag‘onlar bir necha davrlarni o‘z ichiga qamrab oladi. XX asr 20- yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillarning boshlarida Sovet hukumati idoralari tomonidan O‘zbekistonda «o‘n sakkizlar guruhi», «inog‘omovchilik», «qosimovchilik» kabi nomlar bilan siyosiy ishlar to‘qib chiqilgan va ko‘plab o‘zbek xalqining asl farzandlari qatag‘on qilingan.
O’lkada «sоvеt avtоnоmiyasi» ni bеvоsita tashkil etishni RKP(b) MK va RSFSR ХKM Turkistоnning favqulоdda vakоlati bеrilgan P. A. Kоbоzеv zimmasiga yuklandi. V. I. Lеninning vakili Tоshkеntga 1918 yil aprеl оyining bоshida yetib kеldi. 20 aprеlda Turkistоn sоvеtlarining V s’еzdi ish bоshladi. U rеspublikaning rasmiy maqоmini tasdiqlash lоzim edi. 1918 yil 20 aprеl kuni tеgishli sinfiy mеzоnlar asоsida saylangan s’еzd dеlеgatlari «Rоssiya sоvеt fеdеrasiyasining Turkistоn sоvеt Rеspublikasi haqida Nizоm»ni qabul qildilar.
Respublikadagi dehqonlarni gʻoyaviy jihatdan birlashtirib turgan tashkilotlardan biri „Qoʻshchi“ ittifoqi boʻlgan (1920–33-yillarda faoliyat koʻrsatgan). 1924-yilda 200 ming kishini oʻziga birlashtirgan bu ittifoq ham asta-sekin bolsheviklarning qishloqdagi mustabid siyosati targʻibotchisiga aylangan. Qishloq kambagʻallarining eng qashshoq qismini oʻzida birlashtirgan bu tashkilot kollektivlashtirish (jamoalashtirish) va „quloqlashtirish“ davrida salbiy rol oʻynadi.
Oʻzbekiston SSRda bolsheviklar tomonidan amalga oshirilgan „sotsialistik tajriba“ mahalliy xalq tomonidan norozilik bilan qarshi olindi. Sovet hokimiyatining dastlabki 10 yilliklarida milliy rahbar xodimlar va ziyolilar tomonidan markazning zoʻravonligiga qarshi ochiq tanqidiy fikrlar aytilgan. Muxolifat ayrim davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar, maorif xodimlari va huquqshunoslarni oʻzaro birlashtirgan edi. Sovet rejimi dastavval mavjud tuzumga muxolifatda turganlarga qarshi repressiya siyosatini amalga oshirgan boʻlsa, 30-yillardan boshlab oʻz xalqiga nisbatan ommaviy terrorni qoʻlladi. XX asr 20-yillarining ikkinchi yarmi va 30-yillar boshida Oʻzbekiston SSRda „Oʻn sakkizlar guruhi“, „inogʻomovchilik“, „qosimovchilik“, „badriddinovchilik“, „milliy ittihodchilar“, „narkompros ishi“ kabi siyosiy ishlar toʻqilishi va Munavvarqori boshchiligidagi milliy ziyolilarning qamoqqa olinishi natijasida koʻplab oʻzbek ziyolilari qatagʻon qilindi. 1931-yil aprelda Moskvada boʻlib oʻtgan sud majlisidan keyin Munavvarqori boshchiligidagi 15 kishi otib tashlandi, qolgan 70 kishi esa uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilindi.
30-yillar oʻrtasiga kelganda butun mamlakatda boʻlgani singari Oʻzbekiston SSRda ham ommaviy qatagʻonlar avj oldi. Respublikadagi aksariyat siyosiy rahbarlar 1937–38-yillarda „millatchilik va sovet hokimiyatiga qarshi kurash olib borish“da, shuningdek, qurolli qoʻzgʻolon koʻtarishni tayyorlashda ayblandi. Fayzulla Xoʻjayev, Akmal Ikromov, Sulton Segizboyev kabi siyosiy rahbarlar qatl etildi.Oʻzbekiston SSR jamiyatning barcha tabaqalariga yoyilgan hibsga olish toʻlqini ostida qoldi. Davlat va jamiyat arboblari, xoʻjalik rahbarlari va oddiy kishilar bilan bir qatorda milliy ziyolilar ommaviy ravishda qatagʻon qilindi. XX asr oʻzbek adabiyotining arboblari; Fitrat, Choʻlpon va Abdulla Qodiriy va boshqalar otib tashlandi.
1937–39-yillarda toʻqib chiqarilgan soxta ayblovlar boʻyicha Oʻzbekistonda 41 mingdan ortiq kishi hibsga olinib, ulardan 37 mingdan ortigʻi jazolandi, 6 920 kishi esa otib oʻldirishga hukm qilindi. Umuman olganda, 1937–53-yillarda Oʻzbekiston SSR Ichki ishlar xalq komissarligi (NKVD) troykasi (uchligi) tomonidan 100 mingdan ortiq kishi qatagʻon qilindi, ulardan 15 ming nafari otib tashlandi. 1936–40-yillarda faqat davlat va jamoat arboblari, yozuvchilar, shoirlar va olimlardan 5 758 kishi qamoqqa olinib, ulardan 4 811 kishi otib oʻldirishga hukm qilingan edi.
Unda o’lkadagi sоtsialistik davlatchilik tuzilishining asоslari bеlgilab bеrilgan edi. Ushbu hujjatga muvоfiq Turkistоn o’lkasining butun hududi uning gеоgrafik chеgaralarida, Buхоrо va Хivani istisnо qilgan hоlda, «Rоssiya fеdеrasiyasining Turkistоn rеspublikasi» dеb e’lоn qilindi va u «avtоnоm» tarzda bоshqarilib, RSFSR Markaziy hukumatini tan оladi hamda o’z faоliyatini markaziy hukumat bilan muvоfiqlashtiradi, dеb bеlgilab qo’yildi.
Nizоm markaziy va mahalliy davlat оrganlarining mavjud tuzilmasi va funksiyalarini mustahkamlab qo’ydi: 1) ishchi sоldat, dеhqоn dеputatlari Sоvеtlari s’еzdi Turkistоn Rеspublikasining оliy qоnun chiqaruvchi оrgani, 2) markaziy ijrоiya qo’mita dоimiy оliy qоnun chiqaruvchi оrgan, 3) Хalq kоmissarlari sоvеt ijrоiya оrgani, 4) sоvеtlar va ularning ijrоiya qo’mitalari – jоylardagi hоkimiyat dеb e’lоn qilindi.
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSRda hokimiyatning qonun chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937 yildan) hamda ijro qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946 yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan. OʻzKP(b) eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli edi.
Mehnat ahlining eng ommaviy tashkiloti – kasaba uyushmalari ham partiya qoʻmitalariga toʻla-toʻkis qaram boʻlib qolgan. Mustabid tuzum yosh avlodni kommunistik ruhda tarbiyalashga muntazam eʼtibor qaratgan. Bu ishlar bilan Butunittifoq leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (VLKSM) ning Oʻzbekistondagi organi – Oʻzbekiston leninchi kommunistik yoshlar soyuzi (OʻzLKSM) shugʻullangan.
Oʻzbekiston SSR Konstitutsiyasida Oʻzbekiston SSR Sovet Ittifoqi tarkibidagi teng huquqli suveren respublika sifatida oʻz hududida davlat hokimiyatini mustaqil ravishda amalga oshiradi, chet davlatlar bilan aloqa bogʻlash, ular bilan shartnomalar tuzish hamda diplomatik va konsullik vakillari ayirboshlash, xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etish huquqiga ega deb belgilab qoʻyilgan boʻlsa ham, amalda Oʻzbekistonning huquqi Rossiya SFSR tarkibidagi oblastlar yoki avtonom respublikalar huquqi bilan tenglashtirilib qoʻyilgan edi. Yuqori lavozimdagi kadrlarni tayinlash yoki olib tashlash markazdan turib hal qilinar edi.

Download 301.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling