O’zbekiston respublikasi oliy va orta mahsus ta’lim vazirligi
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
akt test
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA ORTA MAHSUS TA’LIM VAZIRLIGI TERMIZ DAVLAT UNIVERSISTETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI “AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA” KAFEDRASI “Informatika va axborot tehnologiyalari” fanidan “Iqtisodiyot (tarmoqlar bo’yicha) bakalavriat ta’lim yo’nalishi uchun TAJRIBA ISHLARI TO’PLAMI TERMIZ-2010 “Informatika va axborot tehnologiyalari” fani bo’yicha tajriba mashg’ulotlari TAJRIBA MASHG’ULOTI № 1 М.Жураев
Mavzu: Shaxsiy kompyuterlar va ularning qismlari bilan tanishish (Tehnika havfsizligi qoidalari) Ishning maqsadi: Talabalarni shaxsiy kompyuterlarning ishlash prinsiplari va qurilmalari bilan tanishtirishdan iborat. Bunda talabalar kompyuterlarni ishga tushirish, ishchi oynalarning ishlashi hamda kompyuterning prosessori, monitor, klaviatura va shunga o’hshash qo’shimcha qurilmalari bilan ishlashni amalga oshiradilar.
ü Talbalarga shaxsiy kompyuterlar haqida ma’lumotlar berish, tehnika havfsizligi bilan tanishtirish, kompyuter qurilmalarining ishlash jarayonlari bilan yaqindan tanishtirish. ü Talabalarga qurilmalarning ishlashi, qurilmalarni o’zaro bog’laydigan turli kabellarni ulash, shuningdek kompyuterlarni ishga tushirish masalalri atroflicha o’rgatiladi
Xozirgi vaqtda kompyuter olamida eng takomillashgani va ishonchlisi bu Shaxsiy kompyuterlar bo’lib, u asosan qo’yidagi qurilmalardan iborat bo’ladi. ü Sistemalar bloki ü Manitor ü Klaviatura ü Sistemalar blokida (3.25 dyumli diskovod, CD-ROM, Portlar) joylashgan ü Mul’timedia tizimi (kalonkalar) Qo’shimcha qurilmalar: ü Printer ü Skaner ü Plotter ü Grafapostroitel
ü Kompyuter elektir manbaiga ulanadi; ü Sistemalar bloki oldi va yon qismlarida joylashgan tugmachalar asosida ishga tushiriladi; ü Manitor (Ekran) oldi va yon qismlarida joylashgan tugmachalar asosida ishga tushiriladi; ü Kalonkalar ishga tushiriladi
ü Kompyuter dasturlari bilan ishni tugatib, dastur oynalarini yopish ü Manitorni o’chirish ü Kalonkalarni o’chirish ü Sistemalar blokini o’chirish ü Elektir manbayidan kabelni uzish SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Kompyuterlar qanday qilib ishga tushiriladi? 2.Kompyuter ishchi oynasi deganda nima tushiniladi? 3.Sistema bloki oldi va yon taraflarida joylashgan barcha tugmachalar nomlari va ishlash prinsiplarini aniqlang? 4.Qo’shimcha qurilmalar sistema blokining qaysi joyiga ulanadi, ulanadigan joining nomini va ishlash tartibini aniqlang? 5.Kalonkalar ulanadigan joy qanday nomlani va qanday ish olib boradi? 6.Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, savollarga hisobat tayyorlang va uni himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 2 Mavzu: Amaliyot tizimida katalog va fayllar bilan ishlash Ishning maqsadi: Talabalarni amaliyot tizimlari dasturlari bilan ishlashni, katalog, fayllar tashkil etish, ularning ishlash jaroyonlari, dasturda tugan o’rni haqida, fayl va katologlar ning turli ko’rinishlari va ularga ma’lumotlar yozish, saqlash, qattiq va magnit disklariga ko’chirish ishlashni amalga oshirishni orgatishdan iborat.
ü Talabalarga fayl va katologlar haqida tushunchalar berish, ularni tashkil etish usullari , fayl va katologlarning turlari va qo’shimchlari haqida ma’lumotlar berish; ü Ichma ich joylashgan katologlar tashkil etish, ularga nom berish, fayllarning turli ko’rinishlarini tashkil etish, matnli, grafikli, jadvalli ko’rinishlarini tashkil etish ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat;
ü Kompyuterlarda fayl nomlari katologlarda joylashadi, katologlar direktoriylar hamdeb yuritiladi.Kataolg – bu fayl nomlari, ularning hajmi, atributlari, so’ngi yangilangan vaqti va hakozalar, saqlanadigan kompyu- terdagi mahsus joy.Har bir katolog o’z nomiga ega bo’lib, u boshqa bir katolog ro’yhatida ham bo’lishi mumkin. Kataloglar F7-tugmachasi yordamida tashkil etilib, sariq rangdagi diplomat shaklida bo’ladi. ü Fayl- biror nomga ega bo’lgan va kompyuterning tashqi hotirasida joylashgan bir turdagi ma’lumotlar yig’indisidir. Turli operasion tizimlar fayl nomlariga turlicha talablar qo’yadi, MS DOS operasion tizimlarda fayl nomining davomiga fayldagi ma’lumotlarning turini bildiruvchi qo’shimcha yoziladi, bu qo’shimcha fayl nomining kengaytmasi deyiladi, u fayl nomidan nuqta bilan ajratilib, ucta belgidan oshmasligi kerak. 1-Topshiriq. Biror bir matn muharriri yordamida matn fayllari tashkil qiling, tashkil etilgan faylga nom berib kompyuter xotirasida saqlashni o’rganing. Tahskil qilgan faylingizni qidirib toping va uning qayerda joylashganligini aniqlang, shu holatda ishga tushirib ko’ring. 2- Topshiriq. Com, exe, bat, bas,pas, chi – qo’shimcha fayllari qaysi fayllar kengaytmasiga mansubligini aniqlang va shu fayllarni ishga tushirib ko’rishga harakat qiling.
bo’lagan uyga o’hshatish mumkin, katologlar tashkil etishni o’rganing har bir katologning tuzilishini o’rganib chiqing4- Topshiriq. Xamma kompyuterlarda ham bir hil usulda
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Fayl nima? Uning nomi qanday ifodalanadi? 2. Fayl shakli, hajmi va nomi kompyuter rusumiga bog’liqmi? 3. Fayl kengaytmasi nimani ifodalaydi va uning qanday turlari mavjud? 4. Katalog nima? 5. Katalog fayllar majmuasidan farq qiladima? 6. Joriy katalog nima? 7. Kataloglardagi pog’onalar qanday tahlil etiladi? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 3 Mavzu: Windows dasturida darchalar bilan ishlash Ishning maqsadi: Talabalarga Windows dasturi, uning ishlash prinsiplari, dasturda ish olib boradigan turli belgilar, oynalar, darchalar haqida ma’lumotlar berish, talabalarni shu jarayonlar bilan muloqat qilish ko’nikmalarini shaklantirishdan iboratdir. Windows dasturida bir necha hil oynalar mavjud: 1. Dastur oynalari 2. Muloqat oynalari 3. Hujjat oynalari Oynalar mahsus strukturaga ega bo’lib, ular obektlarga bo’lingan holda ish olib boradi, obektlarga: sarlavha satri, hoshiya, o’tkazgichlar, yopuvchilar, bundan tashqari qo’yidagilar ham ish olib boradi: sarlavha satri, hoshiya, o’tkazgichlar, yopuvchi tugma, tizim menyusi, menyu satri, holat satri, ish sohasi va boshqalar. Masalaning qo’yilishi: Windows dasturi bilan ihslash vaqtida ko’plab belgilar, darchalar, oynalar bilan ishlashga to’g’ri keladi, har bir belgi ma’lum bir amalni bajaradi, anashu amallarning ish jaroni bilan tanishishni amalga oshirishdan iborat. 1- Topshiriq. Sarlavha satri bilan tanishing, har bir oyna o’z sarlavha satriga ega bo’ladi, oynani faollashtiring, bunda sarlavha satri ko’k ranga kiradi, faol bo’lmagan oynaning rangi kul rangda bo’ladi, oynalarni faollashtirish ucun belgilar ustida sichqoncha ko’rsatkichini belgi ustida bosish kerak. 2- Topshiriq. Hoshiya bilan tanishing, uning hajmini o’zgartiring, buning uchun sichqoncha belgisini hoshiyaga keltiring va sichqoncha tugmachasini bosib turib oynaning hajmini keraklicha kengaytiring.
o’tkazgichlarni sichqoncha tugmachasini bosib turib harakatlantiring. O’tkazgichlarni uch hilda ishlatish mumkin 1. Sekin o’tkazish 2. Varaqlab o’tkazish 3. Tez o’tkazish 4- Topshiriq. Menyu satri bilan tanishib chiqing, ushbu buyruqlar har bir oyna uchun standart emas, eng yirik buyruqlar qo’yidagilardir. Fayl (Файл), Pravka (Правка), Vid (Вид), Vstavka (Вставка), Format (Формат), Servis (Сервис), Tablisa (Таблица), Okno (Окно), Spravka (Справка) bu menylarning barchasi, sichqoncha ko’rsatkichi yordamida yoki ALT tugmachasi yordamida ishga tushirish mumkin. 5- Topshiriq. Klaviatura yordamida o’z mutahassisligingizga oid bo’lgan biron bir mavzu tanlab kiting va uni tahlil etishni o’rganing. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1.Klaviatura necha qismga bo’linadi, har bir qism nomini va ish yuritishini aniqlang ? 2. Klaviaturada tugmachalar soni qncha? 3. Nima uchun registrli tugmachalar deyiladi va ularning ish faoliyatini aniqlang? 4. Yo’nalish tugmachalari nechta va ular qanday ishlatiladi? 5. Matnlarni o’ngdan chapga qarab o’chirish tugmachasini va uning joylashgan joyini aniqlang? 6. Tillarni registrli tugmachalar yordamida o’zgartirish qanday amalga oshiriladi? 7. Klaviaturda nechta Enter tugamachasi mavjud, ularning ishlash prinsiplarini aniqlang? 8. Funksional tugmachalar soni nechta va ularning ishlashini tahlil eting? 9. Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 4 Mavzu: Ishchi stolini jihozlash va konfigurasiyalsh Ishning maqsadi: Talabalarni ishchi oynalar bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishda iborat, bunda talabalar barcha amallarni kompyuter yordamida amalga oshirishadi.
Talabalarga kompyuter ishchi stolida mavjud bo’lgan amaliy programmalar va ularni ishlatish usullari hamda yangidan yaritilishi lozim bo’lgan dasturlarni yaratish va ularni ishchi oynalarda o’rnatish haqida ma’lumotlar va ko’nikmalar berib boriladi. Bunda kompyuter ekranidagi barcha ishchi oynalar tekshirilib, yangilarining joylashish konfigurasiyalari o’rganiladi, so’ngra ishchi oynani qanday jihozlash kerakligi batafsil tushuntiriladi bunda: Mening kompyuterim (Мой компьютер), Mening hujjatlarim (Мой документы), Karzina (Корзина) kabi amallar va shularga qo’shimcha tarzida boshqa amallar bajariladi. 1- Topshiriq. Mening kompyuterim (Мой компьютер) bo’limini ishga tushirishni o’rganing, undagi barcha amallarni operator yordamida yoki o’qituvchi maslahati ostida amalga ishirishga harakat qiling.
o’rganing, undagi fayllar konfigurasiyasini ozgartiring va unga yangi toifadagi fayllarni yozishni o’rganing,barcha amallarni operator yordamida yoki o’qituvchi maslahati ostida amalga ishirishga harakat qiling. 3- Topshiriq. Karzina (Корзина) bo’limini ishga tushirishni o’rganing, unga keraksiz fayllarni jo’natib koring va uning ishlash konfigurasiyalari bilan tanishib chiqing. Unda mavjud bo’lgan fayllarni nomlari bo’yicha, qayta tiklash ishlarini amalga oshirishni bajaribg. Barcha amallarni operator yordamida yoki o’qituvchi maslahati ostida amalga ishirishga harakat qiling.
Word, Excel, power point, Windows Commanderlarni o’rnating va ularni ishga tushiring , barcha amallarni operator yordamida yoki o’qituvchi maslahati ostida amalga ishirishga harakat qiling. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ishchi stolini qanday qilib ishga tushirish mumkin? 2. Ishchi stolini nimalar evaziga jihozlash mumkin bo’ladi? 3. Mening kompyuterim (Мой компьютер) bo’limlarining ish faoliyatlari nimalardan iborat bo’ladi? 4. Mening hujjatlarim (Мой документы) bo’limlarining ish faoliyatlari nimalardan iborat bo’ladi? 5. Karzina (Корзина) bo’limlarining ish faoliyatlari nimalardan iborat bo’ladi? 6. Ishchi stoliga Word ,Excel, Power Point, Windows Commander dasturlarini qanday ornatish mumkin? 7. Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 5 Mavzu: Moy kompyuter va boshlovchi (проводник) dastur vositalaridan foydalanish Ishning maqsadi: Talabalarga kompyuterlarda mavjud bo’lagan amaliy dasturlarni ishga tushirish va ishlatish ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat
Zamonaviy windows- dasturlarida ish stolida tizim ilovalarining rasmchalari (znachoklar) va belgilari (yorliklar) joylashgan bo’ladi. «Moy kompyuter» (Mening kompyuterim) tizimning standart urnatilishi qo’yidagicha bo’ladi. 1- Topshiriq. «Moy kompyuter» dasturini ishga tushiring, undagi mavjud dasturlar bilan tanishib chiqing, dastur tarkibiga kiruvchi bo’limlar bilan ishlashni amalga oshiring.
2- Topshiriq. Jarayonlar panelidan kerakli dasturlar tarkibi bilan tanishib chiqing, so’ngra har bir dasturni ishga tushirishni amalga oshiring, SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. «Moy kompyuter» dasturi tarkibiga nimalar kiradi? 2. «Moy kompyuter» dasturining asosiy vazifasi nimadan iborat? 3. «Moy kompyuter» dasturidan panel upravleniya bo’limini tanlang va ish faoliyati bilan tanishib chiqing? 4. Parol nima uchun kerak va u qanday o’rnatiladi? 5. “Panel upravleniya” bo’limidagi qaysi dastur asosida yangi dasturlarni o’rnatish mumkin? 6. Dasturlarni olib tashlash bo’limining nomini aniqlang va ishga tushirib ko’ring?
7. Mul’timedia tizimi qanday o’rnatiladi, o’rnatish dasturi qanday belgi asosida berilgan? 8 . Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 6 Mavzu: Shaxsiy kompyuterlardagi fayllar majmuasi bilan asosiy amallarni bajarish Ishning maqsadi: Talabalarga kompyuterlarda fayllar tashkil etish, fayllarning joylashish strukturaviy sxemalri, ichma- ich joylashgan fayllar, fayl turlari, fayl qo’shimchalari haqida atroflicha ma’lumotlar berib boriladi. Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Kompyuterlarda juda ko’plab fayllar mavjud bo’lib, ularni tartibga solib turuvchi mahsus tizimlar ish olib boradi, shu tizimlar asosida fayllarning qaysi katolog va dastur tarkibida joylashganligini ko’rish mumkin. 1- Topshiriq. Qo’yidagi shemada fayl va katologlarning qanday joylashishi amalga oshirilgan. 2-Topshiriq. Qo’yidagi shemada fayllar va kataloglar majmuasi keltirilgan, shu shema asosida qanday ishlarni amalga oshirish mumkin SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Kompyuter fayllari necha turga bo’linadi? 2. Sistemaviy fayllar deganda nimani tushunish mumkin? 3. Fayllarni qanday qilib tez qidirib topish mumkin? 4. Fayllar kengaytmasi necha harfdan iborat bo’ladi? 5.
Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 7 Mavzu: Turli tarkibdagi algoritmlarni dasturlash Ishning maqsadi: Talabalarga kompyuterlarda ishlatiladigan dasturlar va dasturlashtirish tillari haqida, shuningdek dastur tuzish uchun zarur bo’ladigan turli algoritmlarni tahlil etish asoslari o’rgatiladi. Algoritim dеganda biror maqsadga erishishga yoki qandaydir masalani еchishga qaratilgan ko`rsatmalarining (buyruqlarining) aniq, tushunarli, chеkli hamda to`liq tizimi tushuniladi.
Ma'lumki, algoritm ko`rsatmalar tizimidan iboratdir. Ko`rsatmalarning mazmuni, kеlish tartibi, qo`llanish doirasi va olinadigan natijadan kеlib chiqib, algoritmning eng asosiy xossalari o’rganiladi. 1- Topshiriq. Algoritmlar necha hil usulda beriladi, har bir usulni alohida tahlil qilib ko’ring. Masalan: algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi, algoritmning formulalar bilan bеrilish usullari, algoritmlarning jadval usulida berilishi, algoritmning algoritmik tilda tasvirlanishi. 2- Topshiriq. Chiziqli algoritmlarning asosini nimlar tashkil etadi, alkgoritmning ishlashini tahlil etishga harakat qilib ko’ring.Hamma harakatlar kеtma-kеt bajariladigan algoritmlarga chiziqli algoritmlar dеyiladi. Bunday algorimni ifodalash uchun kеtma-kеtlik strukturasi ishlatiladi. Strukturada bajariladigan harakat mos kеluvchi shakl bilan ko`rsatiladi. Bunday blokka bitta ulash yo`li kirib, undan bitta ulash yo`li chiqadi. 3- Topshiriq. Tarmoqlanuvchi algoritmlarni tahlil qilib ko’ring unga ta’luqli bo’lgan misol va masalalar echib ko’ring. Agar hisoblash jarayoni biror bir bеrilgan shartning bajarilishiga qarab turli tarmoqlar bo`yicha davom ettirilsa va hisoblash jarayonida har bir tarmoq faqat bir marta bajarilsa, bunday hisoblash jarayonlariga tarmoqlanuvchi hisoblash jarayonlari dеyiladi. Tarmoqlash uchun ayri strukturasi ishlatiladi. Ayri strukturasi bеrilgan shartning bajarilishiga qarab ko`rsatilgan tarmoqdan faqat bittasining bajarilishini ta'minlaydi. 4- Topshiriq. Takrorlanuvchi algoritmlarni tahlil qilib ko’ring unga ta’luqli bo’lgan misol va masalalar eching. Misol: Quyidagi yig‘indini hisoblash masalasini ko‘raylik. ! ... ! !
x x x x S n + + + + + = 3 2 1 3 2 Program sum2; Var
s, x : real; i, p : integer; Begin read(x, n); s:
=1; i: =1; p:
=1; While i<
=n do Begin p:
=p*x/i; s: =s+p; i: =i+1; End;
Write(s); End.
Misol. Turli ko’rinishdagi mahsulotlarni o’zaro solishtirib, tahlil qilib bajarilish foyizini hisoblash dasturini tuzishni ko’rsatib o’tamiz. Buning uchun bizga qo’yidagi ma’lumotlar kerak bo’ladi. Tartib raqami Mahsulotlar Foiz % A B C B/A C/A C/B 1
100 125 109
2 147 87 99 3
200 158 137
4 226 195 207 5
334 295 267
Dasturi Programm (Input, output); Const N=5 Var I: Integer; A,B,C: Array 1…..5 of real;
F1, F2, F3: real; Lp: text; Begin Rewrite (Lp); Writeln (A massivni kiriting); For I:= 1 to n do read (A[I]); Writeln (B massivni kiriting); For I:= 1 to n do read (B[I]); Writeln (C massivni kiriting); For I:= 1 to n do read (C[I]); Writeln (lp, ---,---,---,---,---,---,); Writeln (lp, “:A:B:C: B/A:C/A:C/B:”); Writeln (lp, ---,---,---,---,---,---,); For I:= 1 to n do Begin F1:= B[I]/ A[I]*100; F2:= C[I]/A[I]*100 F3:= C[I]/B[I]*100
1. Algoritm deganda nima tushuniladi? 2. Algoritm ijrochisi kim hisoblanadi? 3. Algoritmlar dasturda qanday amallarni bajaradi? 4. Algoritmlarning qanday turlari mavjud? 5. Algoritmlar necha hil usulda beriladi? 6 .
qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 8 Mavzu: Malumotlarning aralash toifasi Ishning maqsadi: Talabalarga murakkab toifali masalalarni echishda qo’llaniladigan algoritmlar haqida tushuncha berish, ularning mashina tilida bajarilishini o’rgatishdan iborat.Kompyutеr uchun tuzilgan algoritm ijrochisi –bu kompyutеrdir. Biror programma-lash tilida yozilgan algoritm kodlashtirilgan oddiy ko`rsatmalar kеtma-kеtligiga o`tadi va mashina tomonidan avtomatik ravishda bajariladi. Mеtodik nuqtai –nazardan qaraganda algoritmning birinchi ijrochisi sifatida o`quvchining o`zini olish muhim ahamiyatga ega O`quvchi tomonidan biror masalani еchish algoritmi tuzilganda bu algoritmni to`g`ri natija bеrishini tеkshirish juda muhimdir. Buning yagona usuli o`quvchi tomonidan algoritmni turli boshlang`ich bеrilganlarda qadamba-qadam bajarib (ijro etib) ko`rishdir.
Algoritmlar tahlil etilishi vaqtida bir necha guruhlarga bo’lingan holda tahlil etiladi, bu esa algoritmlarni murakkab toifaga kiruvchi masalalarni echiga qo’llash vaqtida oson amalga oshiriladi. Masalan: Muhandislik sohasiga oid bo’lgan jaronlarni tahlil etish vaqtida avvolam bor ularga turli algoritmlar tadbiq etib ko’riladi, natijada aralash toifali algoritmlar qo’llanilib qo’yilgan masala sharti tahlil etiladi. Algoritmni bajarish natijasida mazmuniy xatolar aniqlanadi va to`g`rilanadi. Ikkinchi tomondan, masalani еchishga qiynalayotgan o`quvchi uchun tayyor algoritmni bajarish –masalani еchish yo`llarini tushunishga xizmat qiladi. 1- Topshiriq. Algoritm ijrochisi qanday ishlarni amalga oshiradi, qo’yilgan masala shartini aniqlash uchun bir necha algoritmlar qatnashgan bo’lsa bunday algoritmlar qanday algoritmlar toifasiga kiradi. Masalan: Algoritm ijrosini quyidagi misollarda ko`raylik. Takrorlash algoritmi bo`limida kеltirilgan ikkita n va m natural sonning eng katta umumiy bo`luvchisini topish algoritmi (Еvklid algoritmi). Algoritmni ijrosi uchun n=15, m=9 qiymatlarini olaylik. Ijroni shartli ravishda qadamlarga bo`lamiz. Natija nima bilan tugaydi 2- Topshiriq. Qoyidagi keltirilgan algoritmni qanday tahlil etish mumkin.Bu misol sifatida to`rtburchakli kataklarga bo`lingan sohada chumolini harakati masalasini ko`raylik. Chumolining ko`rsatmalari tizimi, Yuqoriga, Pastga, Chapga, O`nga kabi buyruqlardan iborat bo`lib uning harakati faqat vеrtikal yoki gorizontal yo`nalish bo`yicha bo`ladi. Algoritmni davom ettiring. 1 2 3 4 5 6 7 8 1 ® ® ® ª 2 ® 3 4 5 ¬ ¬ ª Ü 6 7 8 SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Murakkab toifali algoritmlar deganda nimalar tushuniladi? 2. Masalaalrni echishda algoritmlar qanday tanlanadi? 3. Aralash toifalai algoritmlar deganda nimani tushunasiz 4. Yuqorida berilgan topshiriqlarga qanday algoritmlarni qo’llash mumkin? 5. Tarmoqlanuvchi algoritmlarning blok shemasi, takrorlanuvchi algoritmlarning blok shemasidan qaysi jihatlari bilan farq qiladimi yoki yo’q ? 6 . Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 8 Mavzu: Ma’lumotlarni muhofazalash va arhivlash Ishning maqsadi: Talabalarga kompyuterdagi ma’lumotlarni muhofazalash usullari, turli viruslardan saqlanishni, fayllarni arhivlash, arhiv fayllari haqida ma’lumotlar berib boriladi.
Virusli dasturlar yoki kompyuter viruslari- kompyuterning xotirasidagi ma’lumotlarni ishdan chiqarish maqsadida mahsus tuzilgan dasturiy vosita. Hozirgi vaqtda johonda minglab virus dasturlari ishlab chiqilgan bo’lib, ularning safiga kun sayin yangilari qo’shilmoqda.Fayllarning firus dasturlar bilan zararlanganligini qo’yidagi parametrlar orqali ko’rishimiz mumkin. Faylning hajmi sezilarli darajada kattalashadi, fayllar bilan ishlaganda kompyuterning tezligi pasayadi, ekranda turli belgilar paydo bo’ladi. 1- Topshiriq. Kompyuterlada virus dasturlarning paydo bo’lganligini qanday ko’rish mumkin, virus paydo bo’lgan kompyuterning ishlash holatlarini aniqlang va zararsizlantirish choralarin qo’llang.
fayllari kompyuter tehnologiyasida qanday ishlarni amalga oshiradi, arhivlangan fayllar qaysi belgi asosida ish olib boradi, arhiv fayllar qanday qilib ishga tushiriladi. 3- Topshiriq. Viruslarga qarshi kurashuvchi dasturlar qanday nomlanadi, ularning ish faoliyati nimalardan iborat bo’ladi, viruslarning zararsizlantirilganligini qanday bilish mumkin.
kompyuterlarning ishlash jarayonlariga tezda tasir etishi mumkinmi. Oddiuy viruslar asosan fayllar bilan ish olib boradi, fayllar yordamida kompyuterlarga o’tishi mumkin. 5- Topshiriq. Qo’yidagi oynada arhivlangan fayllar va kataloglar ko’satilgan, oynaning qaysi tomonda arhivlangan fayllar joylashgan, arhiv fayllarini tashkil qilib ko’ring.
1. Utilitlar nima? 2. Utilitlardan qanday maqsadlarda foydalanish mumkin? 3. Arhivlangan fayllar qanday qulayliklarga ega? 4. Arhiv fayllarining qanday turlari mavjud? 5. Virus dasturlar nima? 6. Rezedent faille viruslar deganda nimani tushinish mumkin? 7. Gibrit viruslar qanday viruslar? 8 .
qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 2-3 Mavzu: Word matn muharririda maxsulotlar yaratish Ishning maqsadi: Talabalarga matn muharrirlari bilan ishlash, turli hujjatlar tayyorlash, matn muharrirlari yordamida matn fayllari tashkil etish. Matn protsessori yordamida hosil qilingan hujjat faqatgina matn emas, balki uning tashqi ko’rinishi haqidagi, shrift turi, o’lchami, rangi haqidagi axborotlarni,turli jadvalli, grafikli ma’lumotlarni tshkil etish, ularni chop etish tehnologiyalarini o’rgatishdan iborat.
Matn muharrirlarining nomi, tashqi ko’rinishi turlicha bo’lgani bilan , ularda ishlash jarayoni deyarli farq qilmaydi, matn muharrirlarining asosiy elementlari qo’yidagilar hisoblanadi: ishchi maydoni, menyular majmuasi. Ishchi maydoni- matn muharriri kompyuter ekranida “ishchi maydoni” deb ataladigan mahsus joy hosil qiladi. Yurgich- Klaviaturadan kiritilayotgan belgi ishchi maydoning qaerida aks etishini ko’rsatib turadi. Menyu- Maxsus buyruqlar va amallar majmuyi menyu deb ataladi. 1. Topshiriq. Matn muharririni ishga tushiring va matn kiriting. Matn muharririning menyular satri bilan ishlashni amalga oshiring, har bir menyu buyrularini ishlatib ko’ring va yodda tuting.
hujjatlarning asosiy parametrlarini word matn muharrirlarida qanday o’rnatilishini tahlil etib ko’ring. Biror bir hujjat tayyorlashda avvolo u qanday o’lchamdagi qog’ozga chop etilishini aniqlab oling.
keladi shunday vaqtda buyruqlarning to’g’ri ishlatilishiga etibor bering. Word matn muharririda ishlatiladigan menyu buyruqlarini keltirib o’tamiz, siz bunga alohida etibor qaratishingiz talab etilad. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Matn muharrirlarining vazifalari nimalardan iborat bo’ladi? 2. Matn muharriri bilan, matn prosessorining farqini aniqlang? 3. Matn muharririda fayllarni foydalanuvchi qanday qilib hosil qiladi? 4. Matn muharrirlarida menyu qanday vazifani bajaradi? 5. Menyu buyruqlarining bajaradigan ishlarini aniqlab oling? 6. Matn muharrirlarining asosiy elementlarini aniqlang? 7. Word matn prosessorining uskunalar paneli qanday vazifani bajaradi? 8. Matn muharririda turli kompozitsiyalarni bajarish uchun qanday menyu buyruqlaridan foydalanadi? 9. Matnlar orasiga turli jadval va rasmlarni joylashtirishni amalga oshiring? 10. Ozingiz tashkil etgan fayllarni kompyuter hotirasiga saqlab, uni magnit disklari va fleshkalarga ko’chirishni amalga oshirib ko’ring? 11. Internetdan ma’lumotlar olib uni, o’zingiz tashkil etgan faylga ko’chirishni amalgam oshiring, so’ngra unga turli ishlovlar bering? 12
. Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling va belgilangan balni oling?
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 6-7 Mavzu: Prizentasiyalar tayyorlash dasturlari. Power Point Ishning maqsadi: Talabalarga kompyuter grafikasi dasturlaridan foydalanishni o’rgatish bilan birgalikda, grafik dasturlar asosida turli animasion jarayon bilan ishlash ko’nikmasini shakllantirishdan iborat. Qisqacha nazariy ma’lumotlar: Zamonaviy kompiyuterlarning grafik imkoniyatlaridan samarali foydalanish uchun ko’plab maxsus dasturlar ishlab chiqilgan . Bunday dasturlar jumlasiga grafik muharrirlar kiradi. Hozirgi kunda o’nlab grafik muharrirlar mavjud bo’lib, turli soha mutaxassislari ulardan o’zlarining ish faoliyatlarida keng foydalanishmoqda. Grafik muharrirlar ko’rinish imkoniyatlari jihatidan bir-biridan farq qiladi.Masalan, PAINT grafik muharriri, asosan, soddaroq shakil va rasimlar hosil qilish, PhotoSHop- fotosuratlarni tahrir qilish AutoCAD esa murakkab texnik chizmalar va arxitektura loyihalarini tayyorlash uchun ishlatiladi 1- Topshiriq. Grafik muharrirning fayl buyruqlar to’plami bilan tanishing. Ushbu buyruqlar blokida qo’yidagi buyruqchalar joylashgan:
quyidagi buyruqlarni ish faoliyati bilan tanishib ko’ring: Отминить-chizishni bekor qilish: Выразать-rasm qismini ajratib kesib olish: Копировать-rasm qismini boshqa kerakli joyga nusxalash: Ваставить-qirqib olingan shaklni boshqa joyga qo’yish: Копировать из-rasmni ko’chirib qo’yish: 3- Topshiriq. Prosmotir buyruqlar to’plamini o’rganing.Ushbu buyruqlar blokiga quyidagi buyruqlar kiradi.
kiradi:
Обычный-odatdagi belgilarni kiritish. Полужирный-yarim to’q belgilar bilan yozish Курсив-qo’l yozuvi belgilari. Подчеркнутый-belgilarning tagiga chizish. Контурный-sirt shakllaridan foydalanish Отененный-Soyalardan foydalanish Шрифты-shrift turlarini tanlash. Bu rasmda dasturning ishga tushirilgan holati ko’rsatilgan, siz ham shu asosda ishlaysiz.
SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Grafik dasturni qanday qilib ishga tushirish mumkin? 2. Prizentasiyalar qanday tanlanadi? 3. Power point daturining ish faoliyati nimadan iborat? 4. Matnlarga qanday qilib rasmlar joylashtirish mumkin? 5. Power point dastur menyusi qanday ishlarni amalga oshiradi? 6. Guruhingizdagi bolalar yoki oilangiz haqida ma’lumotlar kiritib, kiritgan ma’lumotingizga animasion ishlov bering? 7. Turli kompozitsion ko’rinishlarni turli grafik ko’rinshlarga qo’llab ko’ring? 8. Har bir tashkil qilgan animasion holatlar uchun menyu buyruqlarini qo’llab ko’ring? 9
. Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling va belgilangan balni oling?
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 4-5 Mavzu: Exsel dasturida iqtisodiy masalalarni tahlil etish Ishning maqsadi: Talabalarga Zamonaviy kompyutеrlarning dasturiy ta'minotining tarkibiy qismiga kiruvchi MICROSOFT OFFICE pakеtidagi asosiy vositalardan biri jadval protsеssori dеb ataluvchi EXCEL dasturi bilan ishlash tizimlarini o’rgatishdan iborat.
EXCEL WINDOWS opеratsion qobig’i boshqaruvida elеktron jadvallarni tayyorlash va ularga ishlov bеrishga mo`ljallangan dasturiy vosita hisoblanadi. Elеktron jadvallar asosan iqtisodiy masalalarni yеchishga mo`ljallangan bo'lsada, uning tarkibiga kiruvchi vositalar boshqa sohaga tеgishli masalalarni еchishga ham, masalan, formulalar bo’yicha hisoblash ishlarini olib borish, grafik va diagrammalar qurishga ham katta yordam bеradi. Shuning uchun EXCEL dasturini o’rganish muhim ahamiyat kasb etadi va har bir foydalanuv- chidan EXCEL bilan ishlay olish ko’nikmasiga ega bo`lish talab etiladi.
Exsel matn prossesori bilan ishlash ko’nikmasini hosil qiling. Buyruqlar bilan to’liq tanishib chiqqaningizdan song ishlashni amalga oshiring.
Dastur menyusida joylashgan barcha buyruqlarni diqqat bilan o’rganing va ozingiz hosil qilmoqchi bo’lgan jadvalingizda, buyruqlarning ishlatilish sohasini aniqlab olib, so’ngra uni ishlatib ko’ring. 3- Topshiriq. O’zingiz tomoningizdan tashkil etilgan jadvaldagi hisoblash ishlarining diogramma va funksional shemalarini tashkil qilib ko’ring. Yuqoridan topshiriqlarni bajarishda qiyinchiliklar poydo bo’lsa, u holda siz tajriba ishini bajarish uchun berilgan ko’rsatmani yahshilab o’qib ko’ring. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ishchi xujjat darchasining asosiy elеmеntlari nimalardan iborat? 2. Yachеyka yoki diapazonini ajratib ko’rsatish qanday amalga oshiriladi? 3. Ustunlar sarlavxasi qanday bеlgilanadi? 4. Varaq yorlig’i nima? 5. Yangi ishchi kitob qanday yaratiladi? 6. Ishchi varaq qanday faollashtiriladi? 7. Ishchi jadvaldagi varaqlar qanday qayta nomlanadi? 8. Ishchi kitobga yangi varaqlar kiritish qanday amalga oshiriladi? 9. Ishchi kitobdan varaqlar qanday olib tashlanadi? 10. Bosmaga jo’natish qanday amalga oshiriladi ? 11. Yacheykadagi ma`lumotlar qanday yoqotiladi? 12. Har bir talaba o’z sohasiga taluqli bo’lgan materiallar yigib kelib uni ish davomida foydalanish huquqiga ega. 13 .
qiling va belgilangan balni oling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 15 Mavzu: Ma’lumotlar bazasida QBE- tanlangan so’rovlar tashkil etish Ishning maqsadi: Talabalarga ma’lumotlar bazalarini yaratish vaqtida QBE tanlangan so’rovlarni tashkil etish bo’yicha ko’rsatmalar berishdan iborat.
Axborot texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi.Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda. Ma’lumotlar bazalarini yaratish uchun ko’plab dasturlar ishlab chiqilgan bo’lib, shu dasturlardan biri bu Access dasturi hisoblanadi. Dasturning imkoniyatlari shu darajada kengi, shunday kengaytmali dasturlardan biri bu QBE- tanlangan so’rov dasturidir. 1- Topshiriq. Malumki, Ma’lumotlar bazasi tushinchasi fanga kelgunaga qadar, ma’lumotlar- dan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin bo’lgan edi. Ma’lumotlar bazalari fanga kirib kelgandan so’ng qanday ishlar amalga oshirilgan. 2- Topshiriq. O’z guruhingiz to’g’risida ma’lumotlar bazalari tashkil eting, uning qaysi bazaga mansubligini aniqlab bering. Realison usulda amalga oshirsangiz bu usulni tanlshngiz sabablarini tushuntiring. 3- Topshiriq. Ma’lumotlar bazasini tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalar mavjudmi. Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri nima hisoblanadi. 4- Topshiriq. Bu shema qanday dasturni ishga tushirish ko’rsatilgan SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Ma’lumotlar bazalari nima sababdan tashkil etiladi? 2. Ma’lumotlar bazalarini tashkil etishning nech hil turi mavjud? 3. Ma’lumotlar bazalarini tashkil etishda maydonning vazifasini aniqlang? 4. Ma’lumotlar bazalarining arhitekturalari qanday tashkil etiladi? 5. Ma’lumotlar bazalarida modellashtirishning tutgan o’rni qanday? 6. Ma’lumotlar bazalarini tashkil etishda so’rovnimaning vazifasini aniqlang? 7
. Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling?
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 11 Mavzu: Lokal yoki global tarmoqlarda ishlash Ishning maqsadi: Talabalarga Zamonaviy kompyutеrlarning tarmoqlari bilan ishlash, ulardagi dasturiy ta'minotining tarkibiy qismi, local tarmoqlri va uning ishlash jarayonlari, shuningdek xozirgi vaqtda juda dolzarb masalalardan biri Internet tarmog’ini orgatishdan iborat.
Internet WWW- bu ommaviy axborot vositasi sifatida, juda tez tarqalayotgan va ommalashayotgan global tarmoqdir. Bundan tashqari tarmoq yangi tehnologiyalar takliflar, tehnik echimlar bilan to’ldirilib boriladi, bundan tashqari bu tarmoqda electron pochtaning o’rnatilishi, tarmoqning nufizining oshishiga olib keldi.
Internet tarmog’i bilan yaqindan tanishib chiqing, tarmoqning ishlash jarayonlari, unga ulangan kabellarning ulanganligiga to’liq ishonch xosil qiling va tarmoqqa ulanish uchun o’z kompyuteriningizni ishga tushiring. Bu ishni amalga oshirishingiz uchun siz Internet Eksplerga ulanganligingizni tekshirisingiz kerak bo’ladi. 2-Topshiriq. Internet tizimi o’z qaramog’idagi kompyuter to’rlari orqali foydalanuvchiga turli axborot xizmatlarini ko’rsatishi mumkin. Shunday axborot hizmatlariga nimalar kiradi va ularning nomlarini aniqlab ishlatib ko’ring.
3-Topshiriq. Internetda electron pochta barcha pochta aloqasi hizmatini qog’ozsiz amalga oshiruvchi texnologiyadir. Shu tehnologiyaga ega bo’lgan electron pochtalardan foydalanish qanday amalga oshiriladi.O’zingiz ham electron pochta tashkil eting va axborotlar jo’natib qabul qilishni o’rganing. 4-Topshiriq. Jadvalda qaysi tizim bilan ishlash oynasi ko’rsatilgan, shunga o’hshash oynani o’zingizning kompyuteringizda ishga tushirib ko’ring SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Internet tarmog’i nima? 2. Internet tarmog’ida qanday qilib saytlar yaratish mumkin? 3. Internetda saytlarni bir-biridan qanday qilib ajratish mumkin? 4. Gopher tizimi foydalanuvchiga qanday hizmatlarni amalga oshiradi? 5. FTP fayllarni uzatish xizmatini qanday usulda amalga oshiradi? 6 .
qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 12 Mavzu: Elektron pochtadan foydalanish Ishning maqsadi: Internet tizimi foydalanuvchiga ma’lumotlarni qo’yidagi usullar bo’yicha etkazib bermoqda, electron pochta, telekonferensiya, videotekst. Talabalarga Internet tarmog’ining, Elektron pochtadan foydalanish tizimini o’rgatishdan iborat.
Elektron pochta – barcha pochta aloqasi xizmatini qog’ozsiz amalga oshiruvchi texnologiyadir, ya’ni ma’lumotlarni yig’uvchi, saralovchi, qayta ishlovchi va aloqa kanallari orqali istemolchilarga etkazib beruvchi tizimdir. Xozirda faoliyat ko’rsatayotgan eng yirik electron pochta tizimlari qo’yidagilardir. E-COM (AQSH), ADONIS (G’arbiy Evropa), PRESTEL (Angliya), TELEDON (Kanada), CAPTAIN (Yaponiya), ANTIOPE va TELETEL (Fransiya), BILDSCHIRMTEXT (Germaniya), TELESET (Finlandiya) 1- Topshiriq. 1. Elektron pochta tashkil qiluvchi tizimga qanday qilib ulanish mumkin. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Elektron pochta tashkil etish qanday amalga oshiriladi? 2. Ellektron pochtaning oddiy pochtadan farqi nimada? 3. Elektron pochtadan qanday ma’lumotlarni yuborish mumkin? 4 .
qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 11-12 Mavzu: Ma’lumotlar bazasini realision nazariyasi Ishning maqsadi: Talabalarga ma’lumotlar bazalari bilan ishlaydigan dasturlar haqida ma’lumotlar berish va ularning ish faoliyati bilan yaqindan tanishishdan iborat.
Axborat texnalogiyasi sohasida eng tez rivojlanayotgan jarayon bu ma’lumotlar bazasi hisoblanadi, bunda axborotlarning umumiy sonini, berilganlar bazasidagi axboratlarning hajmini million betga oshirish imkonini beradi. Bugungi kunda bir necha yuz minglab tashkilotlar ma’lumotlar bazasi tizimidan foydalanishadi, bu shunday jarayonki kompyuterlashtirish tizimida ma’lumotlarni yozish va saqlash demakdir. Bu o’zi bilan quyidagi amallarni bajaradi, korhona va tashkilot, shaxsiy ma’lumotlarni saqlash ularni o’zaro bir-biri bilan bog’lash demakdir. Ma’lumotlar bazasining alohida bo’limlaridan turli foydalanuvchilar qismlarga ajratib foydalanishlari mumkin, ma’lumotlar bazasining asosiy kompanent tizimi bu ma’lumotlardir .
shulardan biri bu loyihalash usuli hisoblanadi. Siz shu rejimni ishga tushirasiz va uning kombinasiyalarini o’rganib chiqasiz.
bilan to’ldiring. 3- Topshiriq. Qo’yidagi jadvalni to’ldiring tb1 Talaba Maydon nomi So’zli maydon Ma’lumotlar turi O’lchami Maydon
ro’yxati Gurux nomeri Ha Matnli 3
Gurux Talabalar nomeri Ha Matnli 2
Guruxdagi talablar nomi Familyasi va ismi Matnli 20
Familyasi va ismi
Tug’ilgan yili .. Sana \Vaqt Tug’ilgan yili
Dasturni ishga tushirish uchun ПУСК (Pusk) tugmachasi tanlanib, so’ngra Программы (Programmi) bandi tanlab olinadi, shunda navbatdagi oyna ish faoliyatini amalga oshirish uchun ochiladi va shu oyna buyruqlari ichidan Microsoft Access bandi tanlaniv, sichqoncha tugmachasi bosilishi evaziga dastur ishga tushiriladi va dasturning ishchi oynasi ma’lumotlar qabul qilish uchun tayyor holatga keltiriladi. Bu oynadan foydalanuvchi o’ziga kerakli bo’lgan bo’limni tanlab o’zi uchun yangi berilganlar bazalarini yaritish imkoniyatiga ega bo’ladi. Har bir bo’lim mahsus buyruqlarga va menyularga ega bo’lib turli kombinasiyalarni amalga oshirish imkoniyatiga egadir. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Dasturni ishga tushirishni mashq qilib ko’ring? 2. Dastur menyulari bilan atroflicha tanishib chiqing? 3. Dastur menyu buyruqlarini ishlatib ish faoliyatini tahlil eting? 4. O’zingiz uchun berilganlar bazasini tashkil etib ko’ring? 5. Qo’yidagi jadvallarni to’ldirib kompyuterda natijalar oling? 6. O’qituvchi tomonidan ishlab chiqilgan tarqatma materillarni to’liq o’rganib chiqib natijada hisobat tayyorlang? 7. Barcha ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng hisobat tayorlang va uni himoya qiling va o’zingizga kerakli balni yig’ing?
“INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 13-14 Mavzu: Access dasturi yordamida bazalar tashkil etish Ishning maqsadi: Talabalarga Access dasturining imkoniyatlari va shu dastur asosida olib boriladigan ishlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.
Ma’lumotlar bazasi katta axborot massiviga ega bo’lgan jarayon hisoblanadi, bu jarayonlarni hisoblash va ularni tartibga solish uchun mahsus Access dasturi ish olib boradi. Bu dasturning imkoniyatlari shu darajada kengki foydalanuvchining har qanday bazalari ustida erkin ish olib borish hususiytiga egadir.
kerakli ma’lumotlarni tahlab oling va shu asosda ishlashni amalgam oshiring. 3- Topshiriq. Dasturdan biror bir rejimni tanlang va shu rejim asosida kerakli bazani tashkil eting. Tashkil etilgan bazani saqlab qo’yib boshqa rejim bilan ishlab ko’ring va ikkalasini o’zaro solishtiring.
asosida amalgam oshirib ko’ring. Yuqoridagi jadvaldan yangi baza tshkil etuchi (Новая база данных) bandini tanlab ishchi maydonning parametr buyruqlarini tanlashga o’ting. Tanlangan obekt asosida o’zingiz obekt rejimini ham tanlab olasiz. Shu rejim asosida birinchi ishchi maydoni yuzaga keladi va shu maydon uchun nom berasiz. Ikkinchi, uchunchi obektlar bilan ishlash uchun avvalo siz birinchi obekt bilan ishni to’liq tugallagan bo’lishingiz talab etiladi.
Rejimlarni tanlash va ishga tushirish uchun yuqoridagi jadvaldan foydalanishingiz mumkin bo’ladi. SAVOL VA TOPSHIRIQLAR 1. Barcha buyruqlar bilan batafsil tanishib chiqing? 2. Dastur bilan ishlash vaqtida buyruqlarining bajarilishini diqqat bilan organib oling, aks holda ishlash vaqtida ko’plab qiyinchiliklarga to’g’ri kelasiz? 3. Mavjud fayllardan foydalanish davrida, yaratilgan bazalarni buzmaslikka harakat qiling? 4. Yangi nomdagi berilganlar bazasini tashkil eting va unga nom bering? 5. Shablonlardan foydalanish usullarini o’rganing? 6. Barcha ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng hisobat tayorlang va uni ximoya qiling va kerakli balni yig’ib oling? Accessda formalar bilan ishlash Access dasturida formalar tashkil etish alohida o’rinni egallaydi, buning uchun avvalo formatlar tashkil etadigan dasturni ishga tushirish talab etiladi, buning uchun fayllar to’plamidan adp1.adp ko’rinishidagi fayllarning birontasi tanlansa yuqoridagi rasmdagi kabi oyna hosil bo’ladi, oyna hosil bo’lgandan so’ng biror bir rejimni tanlab berilganlar bazasiga asos solinadi, ko’pincha birinchi rejim tanlanadi. Shundan so’ng kompyuter ekranida qo’yidagi oyna hosil bo’ladi bu oyna forma oynasi bo’lib foydalanuvchi o’zining ma’lumotlarini
kiritish bilan to’ldirib boradi, natijada foydalanuvchi uchun navbatdagi forma oynalarini tag’dim etadi. Eslatma. Agar foydalanuvchi birinchi formani to’g’ri to’ldirmasa ikkinchi formani tag’dim etmaydi, natijada ish bajarish amalga oshmaydi.
1. Forma rejimini ishga tushirishni o’rganing va uni ishga tushiring? 2. Konstruktor rejimini tanlang va yangi forma tashkil eting? 3. Turli maydonlarda formalar tashkil qilib ko’ring?
4. Master rejimi yordamida formalar tashkil eting? 5. Barcha ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng hisobat tayorlang va uni himoya qiling? Accessda hisobotlar tashkil etish Berilganlar bazasi Accessda hisobotlar tayyorlash uchun avvalom bor foydalanuvchi kerakli ma’lumotlar yig’indisiga ega bo’lishi kerak, buning uchun avvalom bor qo’yidagi ketma ketlik bajarilishi kerak bo’ladi. 1. PUSK (ПУСК)- tugmachsidan programmi (Программы) bandi tanlanib MS Access dasturini ishga tushirish kerak. 2. Ko’rsatkich (Успеваемость) berilganlar bazasini ochib (shuning ichida boshqa bir berilganlar baza qatorini ochish kerak, ochilgan oynadan kerakli papkada joylashgan berilganalr bazasini tanlab olib so’ngra otkrit (открыть) tugmachasini bosing) 3. Ko’rsatkich oynasidan (Успеваемость), hisobot nomli berilganlar bazasini tanlab oling. 4. Tashkil etish (Создать) tugmachasini bosib. Yangi hisobot oynasidan avtoohisobot (Автоотчёт) ni tanlang: 5. Menyudagi Vid (Вид) bo’limiga kirish kerak bu esa konstruktor (Конструктор) rejimiga o’tishni taminlaydi bunda qo’yidagi amallar bajariladi. a) Maydon o’lchamlarini va yozuvlarni muharrirlarga ajratish. b) Hisobot rangini va belgilar rangini o’zgartirish. c) Yozuvlar o’lchamini o’zgartirish. d) Hisobotning nomini matnlarda o’zgartirish, shuningdek o’qituvchi matnidagini ham. e) Hisobotni saqlab qo’yish.
1. Hisobot rejimini ishga tushirishni o’rganing va uni ishga tushiring? 2. Maydon rejimini tanlang va yangi maydon tashkil eting? 3. Turli maydonlarda hisobotlar tashkil qilib ko’ring? 4. Hisobat rejimi yordamida formalar tashkil eting? 5. Barcha ishlarni bajarib bo’lgandan so’ng hisobat tayorlang va uni himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 5 Mavzu: Windowsning mul’timedia tizimi Ishning maqsadi: Talabalarni kompyuterning mul’timedia tizimi bilan tanishtirishdan iborat Tovushlar va videoelementlar bilan ishlash mulitimedia vositalari deb atalgan mahsus texnik va uskunaviy qurilmalar bilan amalga oshiriladi.Bunday texnik vositalar bilan jixozlangan kompyuter –multimedia-kompyuter deb ataladi.
“Multimedia” atamasining lug’aviy ma’nosi multimuhitni anglatadi.Ammo “multimedia”tushunchasining aniq ta’rifi mavjud emas.Odatda multimedia deganda turli shakldagi ma’lumotlarni qayta ishlovchi vositalar majmuasi tushiniladi.Ayni vaqtda bu, avvalo, tovushlar, videoelementlarni qayta ishlovchi vositalardir. 1-Topshiriq. CD Player dasturi bosh menyudan bevosita ishga tushirish Программы/Стандартниые/мультимеда/Лазерний проигрываль/ [Accessories/ Multimedia/ CD Player] buyruqlar ketma-ketligi bilan amalga oshiriladi. Shu jarayonni amalga oshirib ko’ring. 2- Topshiriq. Kompakt disklarni tinglash uchun amalda har qanday CD ifodalovchida mavjud tugmalar mazmunini aniqlab olishimiz zarur: Buning uchun qo’yidagi buyruqlarni ishlatib ko’ring ü Воспроизведение- kompakt diskning boshidan yoki Пауза tugmasini bosishdan to’htatilgan joyidan boshlab tinglash; ü Пауза- kompakt diskni ifodalashda rejali uzilish.Rejani davom etlirish uchun shu tugmani qayta bosishkerak yoki Воспроизведение tugmasini ham bossa bo’ladi; ü Стоп- ifodalashni to’htatish.Bu holda Воспроизведение tugmasi bosilsa , disk boshidan ifodalanadi; ü Извлечь- kompakt diskni CD-ROM jamlovchida chiqarish yoki teskarisini joylashtirish; ü Предыдущая запись- avvalgi asarga o’tish; ü Следующая запись- keyingi asarga o’tish; ü Перемотка назад- kompakt diskni teskariga aylantirish; ü Перемотка вперед- kompakt diskni oldinga o’rash; 3- Topshiriq. CD Player dasturining qo’shimcha imkoniyatlarini ishlatib ko’ring: ü Производъный порядок (Random Track Order)- asarlarni tasodifiy tarzda ifodalash (eshittirish) ü Непрерывное воспроизведение (Continuous Play)-kompakt disklarni uzluksiz eshittirish; ü Режим ознакомления (Into Play)-asarlarning bosh qismlarini eshittirish;
ko’ring:
ü -Завершитъ воспрозведение при выходе (Stop CD Playing on Exit) dasturdan chiqish bilan kompakt diskni eshittirish to’xtatilsin. Agar “bayroqcha” yo’q bo’lsa, kompakt disk dasturdan chiqilsa ham oxirigacha eshittiriladi. ü Сохранитъ параметры при выходе- seanislarning takrorlanishi ü -Выводитъ всплывающие подсказки- uskuna ilovalarini ifodalash; ü Ознакомителъное воспроизведение- har bir asar uchun ketadigan vaqt; ü Шрифт- shriftlarni kattalashtirish va kichiraytirish; TOPSHIRIQLAR 1.Windows dasturida multimediya tizimi qanday ish olib boradi? 2.Ta’lim sohasida multimedianing tutgan o’rni qanday bo’ladi? 3. Dasturlash tehnologiasida multimedianing tutgan o’rni qanday? 4.CD Player dasturini bosh menyudan bevosita ishga tushirish qanday bo’ladi ? 5 . Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 9 Mavzu: Wordda grafik obektlar bilan ishlash Ishning maqsadi: Talabalarga word matn muharririda turli grafik obektlar bilan ishlash tehnologiyalarini o’rgatishdan iborat.
Matn muharrirlarida turli ko’rinishdagi grafik obektlar mavjud bo’lib, ular turli ko’rinishdagi operasiyalarni bajaradi, bu obektlar menyular satrida joylashgan bo’lib foydalanuvchilar zarurat vaqtida ulardan foydalanishni amalga oshirishlari mumkin. Bular Avtofiguralar (Автофигуры), turli yuo’nalishli tugmalar, bloklarning ichiga yozuvchi (надпись), shrift ranglari (цвет шрифта) va boshqalar.
chiqing va ularni ishga tushiring. 2- Topshiriq. O’zingiz tashkil etgan matnlar orasiga turli obektlarni joylashtirib ko’ring va ularning ishlatilishini tahlil eting. 3- Topshiriq. Menyular bo’limidan Servis (сервис) menyusini topib undan nastroyka (ностройка) buyrug’i orqali ob’ektlarni o’rnating va ishlatib ko’ring. 4- Topshiriq. Qo’yuidagi oynada joylashgan obektlarni tahlil eting va ishlatilish sohalarini aniqlang. TOPSHIRIQLAR 1. Word ob’ektlari deganda nimalarni tushunasiz? 2. Matnlar orasiga qanday qilib ob’ektlarni joylashtirish mumkin? 3. Ob’ektlar o’lchamlari qanday qilib o’zgartiriladi? 4. Ob’ekt menyulari ishchi oynaning qaysi joyida joylashadi? 5 . Barcha topshiriqlarni bajarganingizdan so’ng, hisobat tayyorlang va himoya qiling? “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 12 Mavzu: Avtomatlshtirilgan ish joylari va shahsiy baza tizimlarini yaratish Ishning maqsadi: “INFORMATIKA VA AXBOROT TEHNOLOGIYALARI” FANI BO’YICHA TAJRIBA MASHG’ULOTLARI TAJRIBA MASHG’ULOTI № 13 Mavzu: Mutahassislik hususiyatlarini inobatga olib turli dasturlar tuzish Ishning maqsadi: Talabalarga mutakassisliklariga oid bo’lgan iqtisodiy masalalrni kompyuterlar yordamida hisoblashni o’rgatishdan iborat.
Hozirgi vaqtda iqtisodiy va moliyaviy hisob ishlari shu darajada ko’pgi ularni faqat kompyuterlar yordamida tahlil etish mumkin. Mahsus ishlab chiqilgan dasturlar va shunga o’hshash dasturlarni yaratish, ishlatish jarayonlarini bilish foydalanuvchilardan chuqur bilim ta’lab etadi.
Paskal tilida tuzing. Qo'yidagi buyumlar xili ishlab chiqariladi. T/N
Buyum nomlari Soliqning Qo’yilishi %
Vedomost bo’yicha soliqlar stafkasidan tushadigan foyda pullar yig’indisi Oborotdan tushadigan soliq
yig’indisi Xisobot
oyi uchun O’tgan oy uchun jami
1 Taqinchoqlar 60 8000
1500 2 Tugmachalar 58 16000
4000 3 iplar
20 9100
1800 4 Ruchkalar (metalli) 40 9600
3500 5 aftaruchkalar 45 12400
6800 6 Ko’ylak enggi uchun zaponkalar 40 7600 1600 Jami:
Qo’yidagi malumotlardan foydalanib jadvalda keltirilgan maxsulotlarga to’lanadigan xarajatlar yig’ndisi xisoblang. Tovar nomi O’lchov birliklari soni baxosi jami ruchka dona 3000 0,45 qalam -“- 3050 0,8 Chizg’ich -“- 2200 0,35 albom -“- 4550 1,25 kley -“- 2500 0,55 Xamasi:
Savdo skidkasi 2,1% To’lanadigan xarajatlarning Xammasi:
t/n
Ko’rsatkichlar O’tganyil i 1
normativi sof ming so’m
2 1 ishlovchiga to’g’ri keladigan o’rtacha yillk ish xaqi sof maxsulot normativi bo’yicha. 3 O’rtacha odam soni 4 O’zgarishsizulgurji baxolardagi tavar maxsuloti ming so’m Document Outline
Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling