O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
6 1-BOB ZAMONAVIY TOKSIKOLOGIYANING PAYDO BO‘LISHI Bir qator qadimiy jamiyatlar zaharli moddalardan ongli ravishda xabardor bo‘lganliklarini namoyish etdilar: ularning ibtidoiy “toksikologiya bilan bog‘liq bo‘lgan jamoalari”, ya’ni mahoratli shifokorlar ehtimol zaharli o‘simliklar va metallardan davolash maqsadida foydalangan, shuningdek, siyosiy yetakchilarga istalmagan raqiblarni bartaraf etishda o‘z xizmatlarini taklif etgan. Oxir-oqibatda, zamonaviy kimyoning yuzaga kelishi bilan kimyoviy moddalarning iqtisodiy va ilmiy salohiyati o‘z yechimini topa bordi, shuningdek, uzoq vaqt mobaynida to‘plangan ularning zararli ta’siri hususidagi dalillar oshkor bo‘la boshladi. Toksikologiya sohasida Paraselsus, Pott va Rehn kabi zehnli shifokorlarning kasbiy kasalliklarga tegishli bo‘lgan salmoqli tushuntirish ishlari katta ahamiyat kasb etdi. Ko‘p fursat o‘tmay, Fontana, Orfila va Christison kabi ilk yetakchi shifokorlar toksikologiya sohasida kimyoviy zaharli moddalarni hayvonlarda tajriba o‘tkazish o‘rqali poydevor yaratdilar. Hali hech qanday voqea ilk 1960- yillarning talidomid ofatidan o‘laroq toksikologiya sohasini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmagan edi. Izchil faoliyat butun dunyo bo‘ylab tashkil etilgan toksikologiyaga fikrini jamlagan jamiyat, jurnal, nazorat organlari va ilmiy- tadqiqot muassasalariga guvoh bo‘ldi. Bugungi kunda toksikologiya rivojlangan ko‘p tarmoqli harakat hisoblanib, o‘z kontseptual asoslarini tibbiy, kimyoviy va biologik fanlar yutuqlariga yondoshgan holda rivojlantirib bormoqda. Tarixchilar 2-jaxon urushidan keyingi davrni “Yangi kimyo asri” deb, qayd etishlariga sabab global ravishda kimyoviy moddalarni ishlab chiqarishning dramatik tarzda o‘sishi bo‘ldi. 2012-yilning boshlariga kelib kimyoviy modda- larning soni shu qadar keskin oshib ketdiki, oqibatda Kimyo Nazorat Xizmati vujudga keldi, kimyoshunoslar tomonidan foydalanish uchun elektron reestr yaratilib, 60 million noyob (organik va noorganik) molekulalar nazorat etila 7 boshladi. Bu moddalarning ko‘pchiligi eng kichik miqdorda ishlatiladi va shu sababli faqatgina tajribali kimyogarlargina bunga nisbatan qiziqish bildiradilar. Shu bilan birga shuni ta’kidlash kerakki, «har kun» jihatidan olib qaralganda ko‘pgina rivojlangan mamlakatlarda odatda taxminan 50000-100000 sintetik kimyoviy moddalardan tegishli sohadagi kasb egalari va ishchilar foydalanadilar. Kimyoviy moddalardan foydalanish jamiyat uchun muhim bo‘lib, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash tizimlarida anchagina foyda keltiradi, lekin ehtiyotkorlikka bo‘lgan talab zamonaviy kundalik hayotga bog‘liq bo‘lgan xatarning mavjudligini anglatib, hushyorlikka chaqiradi. Zamonaviy toksikologiya so‘nggi yillarda paydo bo‘la boshlagan bo‘lsada, ajdodlar zaharli moddalar sabab yuzaga keluvchi muammolardan xabardor edi. Yer sayyorasining yirtqich hayvonlar va zararkunandalarga qarshi zaharli moddalarni ishlab chiqaruvchi o‘simlik va hayvonlar bilan faolligi va sayyoraviy qobiqning zaharli metallar va minerallarga boyligi toksikologiya sohasini uzoq va qiziqarli tarix bilan ta'minlaydi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling