O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Zaharlanishning o‘sishini o‘rganish
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.6. Zaharlanishning o‘sishini o‘rganish Talidomid ofati 1960-yillarning boshqa teratogenik zararlari qatorida asosiy diqqatni hali dunyoga kelmagan insonlarni zaharli ksenobiotiklardan xalos qilish maqsadida o‘tkaziladigan tekshirishlarni mukammallashtirishga qaratadi. Ilk teratogen tekshiruvlarida laboratoriyalarda hayvonlar ishtirok etgan bo‘lsa, 168 keyingi o‘n yilliklarda bu tekshirishlar yangi usullar bilan boyitilib, biotibbiy soha taraqqiylasha bordi. Bundan tashqari, hayvonlar, ularning hayoti haqida qayg‘uradigan jamiyat vakillari urinishlari natijasida kemiruvchilar ustida olib boriladigan an’anaviy tajribalar turli boshqa tajribalar bilan almashtirildi. Bu esa o‘z o‘rnida iqtisodiy va ilmiy yo‘nalishlar tazyiqiga uchramoqda. 1. Homilador hayvonlar ustida tajribalar. O‘tmishga nazar tashlasak, toksikologiyaning ilk taraqqiyot yillarida talidomid qora bulut singari soha ustida osilib turgan. Masalan, Davlat Sog‘liqni Saqlash tashkilotlari tomonidan yangi dori-darmon va ksenobiotiklarni tajribadan o‘tkazish talablari qo‘yilgan, bunda hayvonlar ustida olib borilgan tajribalar bu talablarga katta ta’sir o‘tkazdi. Tabiatning mojizasini qarangki, sichqon, kalamush hamda uy sichqonlarining nasllari talidomidga to‘liq bardoshliligini, tovuq va quyonlar esa dorilarning katta miqdoriga ijobiy natija ko‘rsatgan. Shu bilimlarga tayangan holda, ko‘p boshqaruv organlari tomonidan dorilar, pestitsidlar, gerbisidlar, erituvchi va boshqa kimyoviy moddalarni tekshirish uchun chuqur perenatal tekshiruv vaqtida quyon va kemiruvchilarning bir turini ishlatish yo‘lga qo‘yildi. Tadqiqotchilar tezda tushunib yetishdiki, bu kabi tajribalarni rejalashtirish jarayonida toksikantlarni yuborish muddatlari, ayrim turlar rivojlanishidagi muhim muddat va voqealar chuqur e’tiborni talab qiladi. Homilador hayvonlarni tajribadan o‘tkazish jarayoni murakkab, chunki, kimyoviy moddalar ta’sirini baholash uchun nafaqat homila davri, balki reproduktiv zaharlanishni aniqlash sut emizuvchilar rivojlanishining keyingi davrida ham o‘z ta’siriga ega. 41 Shunday qilib, jinsiy hujayraga zararli ta’sirini aniqlash uchun kimyoviy moddalar erkak va urg‘ochi hayvonlarga chatishtirishdan 2-6 hafta oldin yubo- riladi. Chatishtirilgandan va homiladorlik aniqlanganidan so‘ng, bu ta’sir homila- dorlikning butun davrida, tug‘ilgandan keyin va laktatsiya (emizish) davrida ham davom etadi. Darhaqiqat, zaharlanish rivojlanishi kalamushlarning uchta avlodiga 41 Jergil M et al. Short-time gene expression response to valproic acid and valproic acid analogs in mouse embryonic stem cells. Toxicol Sci. 2011;121:328–42. 169 doimiy ravishda kimyoviy moddalar ta’sirini tekshiruvlari natijalari bayon- nomalarda aniq qayd qilib boriladi. Bu nozik toksikantlarning tana vazni oziq-ovqat mahsulotlarni iste’mol qilishi, fiziologik so‘nggi nuqtalarga, bundan tashqari homiladorlik, tug‘ish muddati, axlat o‘lchami, naslning vazni oshishi va jinsiy balog‘atga yetish yoshiga bo‘lgan ta’sirini aniqlanish imkonini yaratadi. So‘nggi yillarda, bu kabi izlanishlar rivojlanayotgan embrionda lipid metabolizmiga salbiy ta’sir o‘tkazuvchi va butun hayoti davomida semizlikka olib keladigan “obesogens” moddasi kabi turli sinfga oid kimyoviy moddalarning ta’sirini ochib berdi. Bu natijalar bisfenol A kabi endokrin buzilishlari kimyoviy moddalari uchun muhim. Bu kabi hayvonlar ustida tajribalar o‘tkazish qimmat hisoblanadi, chunki tajribalar bayonnomalari hayvonlarning yashash joyi, iqlim mosligi, oziq-ovqat va suv sifati, toksikantlarni yuborish, ularning holatlari va homiladorlik davrini nazorat qilishni o‘z ichiga oladi. Tajriba so‘nggida ona va naslda to‘liq gistopotologik tahlil amalga oshiriladi. Naslning jag‘-yuz hajmini o‘lchash maqsadida tana og‘irligi, dumg‘aza uzunligi va boshqa morfologik so‘nggi nuqtalar aniqlanadi. Skelet ham to‘liq tekshiruvdan o‘tkaziladi, chunki suyak shakllanishining intensiv buzilishi juda nozik teratogen ko‘rsatkich hisobla- nadi. Nevrologik jarayonlarga ta’sir o‘tkazishi mumkin bo‘lgan dorilar, pestitsid- lar va boshqa kimyoviy moddalarni tekshirish maqsadida, markaziy asab tizimiga har qanday nozik o‘zgarishlarni aniqlash uchun nasllar to‘liq va murakkab tekshirishdan o‘tkaziladi. Tekshirish jarayonida bironta shubha tug‘ilsa, uning toksikokinetik jihati yoki metabolizmi alohida tajriba ostiga olinadi. Bunda embrion, homila yoki onaning qo‘l-oyoqlariga mikrochiplar o‘rnatib mexanistik tadqiqot ham o‘tkaziladi. Ko‘plab yo‘ldosh faktorlar tadqiqot natijalariga ta’sir qilgani sababli, kemiruvchilarda prenatal zaharlanish kuzatuvlaridan olingan ma’lumotlar aniqlikni talab qiladi. Nazorat ostidagi va toksikantlar yuborilgan naslning gender muvozanati ham alohida e’tibor ostiga olinadi. Ayrim hollarda toksikant, naslning yengil vazn bilan tug‘ilishiga sabab 170 bo‘ladi, bu esa naslning o‘sishiga to‘sqinlik qiladi. Lekin, chuqurroq o‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, ona hamda axlat vazni ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Homilaning o‘sishi ham doimiy nazorat qilib boriladi, chunki, o‘sishga ta’sir qiladigan achchiq ozuqa yoki suv ham o‘z vaqtida tekshiruvdan o‘tkaziladi (hayvonga tajribadan o‘tkazilayotgan kimyoviy moddaning ta’mi yoqmasligi holati esa katta qiyinchilikni keltirib chiqaradi). 2. Muqobil testlar. Toksikologlar hayvonlar ustida o‘tkaziladigan testlar- ning minglab muqobillarini sinab ko‘rishgan. Ko‘plab osonlashtirilgan test tizimining o‘ziga xosligi ona organizmida yo‘ldosh va jigar kabi a’zolarning yo‘qligidir. Bu esa tadqiqotchilar orasida fikrlar xilma-xilligiga sabab bo‘ladi: ayrimlar buni ijobiy baholashsa, boshqalari esa testlar o‘tkazish uchun bu, albatta, salbiy jarayon, deb qarashadi. Bir tomondan, yo‘ldoshning yo‘qligi toksikantlarga ta’sirchanligini oshiradi, ayniqsa, yo‘ldosh membrana tashuvchilari tekshiri- layotgan moddaning embrionga yetib borishiga tosqinlik qiladi. Tanqidchilar esa, probirkalarda o‘tkaziladigan testlarga qarshi fikr bildirib, toksikantlar keragidan ziyod ishlatilayotganini aytishadi. Bu kabi muqobil test tizimiga ketadigan mablaglar ham tadqiqotchilarning tortishuvlariga sabab bo‘ladi: bir guruh mutaxassislar uchun rivojlantirish toksikantlarini onadagi ikkilamchi toksikantlarga qo‘llash - homilador hayvon- larda an’anaviy testlarning asosi bo‘lsa, boshqa guruh vakillari bu omilni chetlab o‘tish probirkalardagi tajribalarda yaxshi natijalar sababchisi bo‘ladi, degan fikrni ilg‘or surishadi 42 . Oxirgi o‘n yilliklar davomida kemiruvchilar embrioni ustida ko‘p sonli tekshiruvlar o‘tkazildi. 1950-yillarda birinchi marta qo‘llanilgan to‘liq embrion yetishtirilishi tez orada biologiya va toksikologiya sohalarida ham keng qo‘llanila boshladi. Embrionning to‘liq rivojlanishi uchun yo‘ldosh va onaning boshqa a’zolari muhim. Sun’iy yetishtirilgan sichqon va kalamushlarning embrionlari yetilish davrining o‘rtasida toksikantlarning ta’sirini o‘rganish uchun qo‘llaniladi. 42 Christian MS. Test methods for assessing female reproductive and developmental toxicology. Chapter 29. In: Hayes WA, editor. Principles & methods of toxicology. 4th ed. Philadelphia: Taylor & Frankis; 2001. 171 Yetishtirish usullarining doimiy ravishda mukammal-lashtirilib borishi, kemiruvchilar embrionini o‘rganish imkonlarini ham kengay-tirdi. Bu usullar mikrochip hamda boshqa ilgor “omiks” texnologiyalarni ishlatish orqali toksikantlarni o‘rganishda undan ham yuqori natijalarga erishadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling