O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva


Download 5.6 Mb.
Pdf ko'rish
bet64/127
Sana26.10.2023
Hajmi5.6 Mb.
#1723086
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127
 
6.4. Nefrotoksinlar 
 
Kimyoviy ta’sir o‘tkazilgan nefrotoksinlar gepatotoksiklik bilan cham-
barchas bog‘liq, chunki bu ikkita peshob chiqarish a’zolari bir xil toksikantlardan 
bir paytda zaharlanadi. Masalan, inson batareyalar, bo‘yoq va plastikning metall 
tarkibi bo‘lgan kadmiydan zaharlanganda – nefrotoksinlar va gepatotoksinlar 
orasidagi muvozanat ta’sirning kuchi va davomiyligiga qarab farq qiladi: jigar, 
odatda, kadmiyning katta va o‘tkir dozasidan zaharlansa, buyrak esa uzoq vaqt 
kichik dozaga ta’sirchanligini ko‘rsatadi. Buyrakda jigarning regenerativ, ya’ni 
qayta tiklanish xususiyati bo‘lmaganligi sabab, funksional nefronlar miqdorini 
kamaytiradigan nefrotoksik jarayonlar o‘z qurbonlarini uzoq muddatli buyrak 
dializi yoki buyrak transplantlarda mahkum qiladi.
36
Ayrim fiziologik hodisalar ham buyrakning kimyoviy zararlanishiga sabab 
bo‘ladi. Ksenobiotik tashuvchilarning jigar nefroni membranasidagi faoliyati 
buyrakni nefrotoksinlarga zaif qilib qo‘yadi, bu degani – mahalliy toksikant 
konsentratsiyalarining tanada aylanayotgan qondagi miqdori baland. Proksimal 
tomirlardagi ksenobiotiklar ta’siriga uchragan fermentlarning yaqqol namoyon 
bo‘lishi va membranalarning ulkan yuza qismi yanada chuqurroq omil bo‘lib 
xizmat qiladi. Buyrak qon tomirlarining vazoatkiv birikmalarga zaifligi ham 
buyrakning har xil ta’sirlardan lat yeyishiga olib keladi, chunki tomirdagi qon 
36
Swain A et al. Nephrotoxicity of hexachloro-1:3-butadiene in the male Hanover Wistar rat; korrelation of minimal 
histopathological changes with biomarkers of renal injury. J Appl Toxicol. 2012;32:417–28. 


151 
oqimi o‘zgarishlari ham buyrak to‘qimalaridagi ksenobiotiklar konsentratsiya-
sining ko‘payishiga olib keladi. Bu omillar katta ahamiyatga ega bo‘lgan 
nefrotoksik moddalarning insonga ta’sirini ham ko‘rsatib beradi. Darhaqiqat, 
ksenobiotiklardan zaharlanish o‘tkir va surunkali buyrak kasalligining taxminan 
50 foiziga sabab deb topilgan, shu bilan birga, tez yordam ko‘rsatilishi kerak bo‘lib 
zudlik bilan kasalxonaga yetkaziladigan bemorlarning 10-15% ham o‘tkir buyrak 
kasalligiga chalinganlar deb qayd qilingan.
So‘nggi 50 yil ichida o‘tkir buyrak kasalligi sababli o‘lim ko‘rsatkichida 
deyarli hech qanday o‘zgarishlar bo‘lmaganligi sababli, bu sohada asosiy va klinik 
tadqiqotlarga bo‘lgan talab dolzarbligicha qolmoqda. Jigarda bo‘lgani singari, 
buyrakdagi normal faoliyat ham boshqa a’zolarning yaxshi ishlashida katta 
ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, organizmdagi butun suyuqliklar ion tarkibini va 
miqdorini nazorat qilish orqali elektrolit gomeostazini qo‘llab-quvvatlab turishda 
uning roli beqiyos (masalan, suv, natriy, kaliy va vodorodlarning ion tarkibi). 
Bundan tashqari buyrak, qon bosimini (masalan, renin), qizil qon hujayralarini 
(eritropoetin) hamda qondagi kaltsiy darajasi (kalsitrol) ni tartibga solib turadigan 
garmonlarni ishlab chiqaradi. Buyrakning tashqi kimyoviy moddalarni hamda 
modda almashinuvi chiqindilari (masalan, siydik, ammiak va siydik kislotasi) ni 
ajratib chiqarish xususiyati ham organizm sog‘lig‘i uchun juda ahamiyatlidir. 

Download 5.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling