O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
7.4-rasm. A rasm: atrof-muhitni ifloslantiruvchilar endokrin tizimiga zarar
yetkazuvchilar sifatida; B rasm: estrogen retseptorining ligandasi sifatida qaralgan estradiolning turli atrof-muhitni ifloslantiruvchi potensiyalarga solishtirilishi. Muayyan estradiol [3 H] birikmaning raqobatbardoshligi umurtqali jonzodlar 45 Meeker JD. Exposure to environmental endocrine disruptors and child development. Arch Pediatr Adoleck Med. 2012;166:952–8. 177 jigaridan olingan sitazol ekstraktida o‘rganilgan. C rasm: Rivojlanayotgan homilada ostrogen retseptorlariga choralar zaharlanishni kamaytiradi. Bu kabi turli-tuman birikmalarning toksikologiyasi manbasi kandan-kam holatda bitta bo‘ladi va ularning endokrin to‘qimalariga ta’sirini ligandlar sifatida samarali faolligidan bashorat qilish oson. Ular steroid garmonlariga ta’sir qiladi, bular esa o‘z o‘rnida endokrin tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan kimyoviy moddalar uchun asosiy maqsad hujayrasidir (7.4-b,c rasm). BFA va u bilan bog‘liq ekologik birikmalarning endokrin zaharlovchisi shuni ko‘rsatdiki, zaif estrogenli bir nechta birikmalarning birlashuvi qo‘shimcha zaharlanishni keltirib chiqaradi. Bu g‘oya hayvonlar ustida tajribalar olib boruv- chi mutaxassislar tomonidan qo‘llab-quvvatlanishiga qaramasdan, ularni odam- larda sinab ko‘rish bir qator qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi sabab qarshiliklarga uchradi. b) Pestitsidlar. Sintetik pestitsidlarning qishloq xojaligida keng qo’llani- lishi bu birikmalarga toksikologiya jihatidan ko‘proq e’tibor qaratishni taqozo qiladi. Turli harakat mexanizmlari va har-xil kimyoviy jihatlariga ega bo‘lgan pestitsidlarning sog‘liq uchun zararli jihatlari haqida umumiy to‘xtamga kelish qiyin. Masalan, ko‘plab organoxlorin pestitsidlarining yuqori lipofillik va metabolizmga bardoshlilik xususiyatlari ularni fosforogen pedtitsidlarining zaharlanish farqlari spektinidan boshqacha ekanligining yaqqol dalilidir. Ayni paytda dunyo miqyosida 40 dan ortiq fosforogen pestitsidlari zararkunanda hashorotlarga qarshi qo‘llanilmoqda, va bu guruhga kiruvchi pestitsidlar eng ko‘p ishlatiladigan samarali moddalar hisoblanadi. Xloroorganik moddalarning qo‘llanilishi qator mamlakatlarda ancha kamaytirilganiga qaramasdan, ular qishloq va shaharoldi regionlarida zararkunandalarga qarshi eng yaxshi vosita bo‘lib qolmoqda. Kaliforniya bog‘dorchiligida ishlaydigan bir guruh muhojirlarning farzand- lari tekshiruvdan o‘tkazilganda, pestitsidlarning qurbonlari ijtimoiy jihatdan farq qilishi aniqlandi. Odamlarga tog‘ridan-tog‘ri ta’siridan tashqari, pestitsidlar uzoq 178 vaqt atrof-muhitga ham ta’sir o‘tkazadi, bu esa birinchi marta boqqa yoki dalaga bordandagi ta’sirdan ancha yuqoridir: ular yer osti qatlamida va suvda saqlanib qoladi, uzoq yillar davomida yerni zaharlaydi, bundan tashqari o‘simliklar, hashorotlar, sudralib yuruvchilar va sut emizuvchilar ham bevosita zaharlanadi. Pestitsidlarning turli mavsum va turli maydonlarda har xil ko‘rinishda va maqsadlarda ishlatilganligi sababli ularning inson sog‘ligiga zarari miqdorini aniqlash murakkab jarayon. Ikkinchi tomondan esa, ayrim pestitsidlar bir turdagi hosillarni katta miqdorda yetishtirish jarayonida uzoq vaqt mobaynida ishlatiladi. Toksikologlar hamda aholi sog‘lig‘ining himoyasiga javobgar, kimyoviy moddalarning salbiy ta’sirini baholovchi mutaxassislar turli sharoitlarda inson- larga ta’siri va natijalarni hisobga olishlari zarur. Doimiy ravishda katta miqdor- dagi dorilar bilan ishlaydigan qishloq xo‘jaligi mehnatkashlaridan tortib, to qishloqlardagi zaharlangan suv va havo iste’molchilari va tarkibida kimyoviy moddalar bo‘lgan tuproqni og‘ziga solgan bolalargacha pestitisidlar qurbonlari- dir. Bu zanjirning oxiri qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining shahardagi iste’mol- chilaridir. Pestitsidlar saraton kasali sababchisi sifatida uzoq vaqt davomida mutaxassislar tomonidan o‘rganilayotgan bir paytda, rivojlanayotgan miyaga ularning ta’siri masalasi ko‘tarildi. Bu esa texnologiyalarning tirik organizmlarda aniq vaqt kesimida miya funktsiyasini o‘rganish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi. Bu texnologiyalar miya strukturasidagi o‘rganilayotgan sub’yekt va pestitsid ta’siri natijasi orasidagi nozik farqlarni ko‘rsatib beradi. Keng qo‘llaniladigan fosfororganik insektitsid xlorpirifosmitil miyaning rivojlanishiga salbiy ta’siri sababli mutaxassislar diqqatini tortadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling