O‘zbekistоn respublikasi оliy va o‘rta maхsus ta’lim vazirligi z. T. Karabayeva
Kimyoviy moddalarning saratonga aloqasini tekshirish
Download 5.6 Mb. Pdf ko'rish
|
8.5. Kimyoviy moddalarning saratonga aloqasini tekshirish Saraton rivojlanishi davrida sodir bo‘ladigan murakkab jarayonlar ketma- ketligi sababli, hayvonlarda kanserogen kuchini aniqlash uchun olib boriladigan tekshiruvklar juda qimmat hisoblanadi va uzoq vaqtni talab qiladi, chunki ular hayvonlarning me’yordagi butun umri davomida kimyoviy moddalar ta’siri ostida bo‘lishini kuzatadi. Toksikologlar yillar davomida saraton chaqiruvchi 206 soxta kimyoviy moddalarni aniqlaydigan alternativ yondashuvlarni ishlab chiqish ustida ko‘p mehnat qilishdi. Eng samarali ishlar, model hujayralarda mutatsiyaga sabab bo‘ladigan kimyoviy moddalarni aniqlashga qaratiladi. 1. Probirkadagi testlar. Saratonning shakllanishi murakkab va ko‘p bos- qichli jarayon bo‘lganligi sababli, bu jarayonni to‘laligicha probirkada amalga oshirishning deyarli ilojisi yo‘q. Probirkada hujayra transfortatsiyasi analizi testlari tabiiy sharoitga yaqinlashtirib o‘tkazilib, yumshoq agarda mustaqil hujayralar o‘sishiga sabab bo‘ladigan ksenobiotiklar xususiyatlari aniqlanadi (8.7-a rasm). 8.7-rasm. Saraton keltirib chiqaruvchi kimyoviy moddalar potensialini baho- lashning umumiy usullari: hujayra transformatsiyasi analizi (rasm a) va Eyms Salmonel mutagenez analizi (rasm b). 207 Bu protseduralar faqatgina asosga birikish orqali o‘sadigan hujayra bosqichlari ustida olib boriladi: me’yordagidek o‘sish uchun birikma tashkil qilolmaganligi sabab, yumshoq agarga yopishgan holatda ular ko‘paymaydi. Saratonga olib keluvchi kimyoviy moddalar mavjud bo‘lgan holda, ular hujayra transformatsiyasini boshdan o‘tkazadi va bu bilan hech qanday nazoratsiz, mustaqil ravishda yumshoq agarda rivojlanadi. Hujayralar transformatsiyasi tajribalari morfologik transformatsiya va ortti- rilgan hujayra boqiyligi kabi saratonning tabiiy sharoitda o‘sishining bir nechta bosqichlarni yaratib beradi. Bu tizimda o‘zgartirilgan hujayralar ko‘p hollarda tajribadan o‘tkazilayotgan hayvonlarga qo‘yilganda o‘simtalarga aylanadi. Bu yana bir marta kanserogenezda tabiiy muhitning ahamiyati muhumligini isbotlaydi. Hujayra transformatsiyasi tekshiruvlari 50 yildan ortiqroq vaqt mobaynida olib borilgan bo‘lishiga qaramasdan, so‘nggi o‘n yilliklar ichida ular shartnoma asosida ilmiy-tekshirish institutlarida, boshqaruv tashkilotlarida, universitet laboratoriyalarida, kimyoviy, agrokimyoviy, kosmetik va dorishunoslik sanoatida keng qo‘llanilmoqda. 2. Tabiiy sharoitdagi testlar. Tabiiy sharoitlarda skrining usuli, kansero- genlar ta’sirida sichqonlarning bosh miyasidagi hujayralarda makroskopik genetik o‘zgarishlarni aniqlaydigan mikroyadro analizlari kabi an’anaviy testlarni o‘z ichiga oladi. Tabiiy sharoitda saraton testlarining “oltin standardi” - kemiruvchilar bioprobasi bo‘lib, u AQSh Milliy Toksikologiya Dasturi (MTD) va boshqa davlat tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladi. Oxirgi o‘n yilliklar ichida bu tadqiqotlarni ishlab chiqish va amalga oshirish uchun ko‘p izlanishlar va harakatlar qilindi. Bu tekshiruvlarning natijalari kanserogenlarning xavfini baholash jarayonida har doim ham ijobiy baholanmaydi. MTD ning saraton bioprobasi – ikki xil jinsli turli kemiruvchilar (odatda, Fischer 344 kalamushlari va B6K3F1 sichqonlari) ning kenserogen- larga umri davomida ta’sirini ko‘zda tutadi. Bu kabi testlarda qatnashadigan hayvonlar soniga ham alohida e’tibor beriladi, chunki har bir jinsiy aloqa turlar guruhi uchta ksenobiotik ta’sir guruhi (ya’ni, uch doza guruhi) va bitta nazorat 208 (o‘rganilmagan) guruhdan tashlik topadi, bitta o‘rganish guruhida umumiy olganda 50-60 ta hayvon ishtirok etadi. Tekshirilayotgan moddalar hayvonlarga ular iste’mol qiladigan ovqatlari yoki suv orqali yuboriladi, ammo ayrim moddalar uchun teri yoki nafas yo‘llari undan ham qulay va samaraliroq bo‘lishi mumkin. Ksenobiotiklar ta’siriga uchraydigan uchta guruhning har biriga tekshiriliyotgan moddaning miqdori ko‘paytirib boriladi. Bu moddalar miqdori yuzasidan fikrlar xilma-xilligi ko‘p tortishuvlarga sabab bo‘lmoqda: odatda, beriladigan eng katta doza – bardosh bera oladigan eng yuqori doza (BYD), bu tana og‘irligining 10% dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Boshqa ikki doza- BYD ning fraksiyalari (masalan, 0.1; 0.25; 0.5X BYD). Odatda kimyoviy moddalar- ning ta’siri hayvonlarning o‘rtacha umri davomida kuzatiladi (ya’ni 18-24 oy). Tajribalar so‘nggida hayvonlar qurbon qilinadi va ularning a’zolari hamda to‘qimalari yanada chuqurroq gistologik-patologik tekshiruvlarga olinadi. Kemiruvchilar ustidan o‘tkazilgan tajribalar ko‘p tanqidlarga uchragan bo‘lishiga qaramasdan, ular yordamida qator ijobiy natijalarga erishildi. Masalan, saraton biotesti tajribadagi moddaning kanserogenlik kuchini aniqlab beradi: kam dozalarda saraton keltirib chiqaruvchi birikmalarga, o‘simta paydo bo‘lishi uchun yuqori doza kerak bo‘ladigan moddalarga nisbatan jiddiyroq e’tibor qaratiladi. Bundan tashqari, kemiruvchilar ustida olib boriladigan tajribalar, ushbu birikma kanserogenligiga zaif qarshilik ko‘rsatadigan tana a’zolarini chuqurroq o‘rganishda hamda o‘simta turini aniqlashda katta rol o‘ynaydi: xavfsiz o‘simtalarni keltirib chiqaruvchi birikmalar xavfli o‘simtalarga sabab bo‘ladigan moddalarga nisbatan ancha bexavotir hisoblanadi. Yana, kemiruvchilarda kanse- rogen faollik insonlardagi aniq bir ksenobiotiklar ta’sirida saratonga chalinish xavfi shubhasini kuchaytiradi. Bu kabi ustunliklarga sha’ma qilgan holda, tanqidchilar kemiruvchilar ustida olib boriladigan tajribalarning kamchiliklarini ko‘rsatishadi. Download 5.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling