O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 2.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/141
Sana03.12.2023
Hajmi2.13 Mb.
#1797011
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI



 
 
O’ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI ОLIY VА O’RTА MАХSUS
TА’LIM VАZIRLIGI 
 
GULISTОN DАVLАT UNIVЕRSITЕTI 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI 
fаnidаn ma’ruzalar matni 
 
АЛЛАМУРАТОВ М.
ЮНУСОВ О. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
GULISTОN-2017 



So’z boshi 
Fiziologiya so‘zi yunoncha physis - tabiat va logos - ta‘limot so‘zlaridan 
tashkil topgan. Fiziologiya fani tirik organizmlarni, ularning alohida tizimlari, 
a‘zolari, to‘qimalari va hujayralari faoliyatining qonuniyatlarini urganadi. Ushbu, 
alohida funksiyalarni o‘rganish, organizm atrof-muhit bilan o‘zaro ta‘siri 
qonuniyatlari, mexanizmlari, sabablarini to‘laligicha tushunishga, uni evolyutsiya 
hamda individual rivojlanish davridagi turli sharoitlarda yashashi, kelib chiqishi va 
shakllanishi paytidagi xulq - atvorini o‘rganishga qaratilgan. 
Uzoq vaqtlar davomida (XVI asrdan boshlab), fiziologiyaga jonivor va 
o‘simliklarni o‘rganuvchi fan sifatida qaralgan. Keyinchalik esa, undan anatomiya, 
zoologiya, botanika va boshqa fanlar ajralib chiqqan. Ayni paytda, fiziologiyaga 
anatomiya fanining bir qismi sifatida qaralgan. XIX asrga kelib, organizm faoliyati 
bilan shug‘ullanadigan fiziologiya, mustaqil fan sifatida ajralib chiqqan. Albatta, 
fiziologik mexanizmlarni tushunib etish to‘g‘ridan-to‘g‘ri anatomiya, gistologiya, 
tsitologiya, bionika va biologik fanlarni boshqa yo‘nalishlarining ma‘lumotlariga 
asoslanadi hamda ularni yagona bilimlar tizimiga birlashtiradi. Shu bilan birga 
fiziologiyada fizika, kimyo, kibernetika, matematik apparat usullari ham keng 
foydalaniladi. 
Fiziologik bilimlar majmuasi uchta alohida, lekin bir-biri bilan uzviy bog‘liq 
bo‘lgan umumiy, xususiy va amaliy fiziologiya kabi yo‘nalishlarga bo‘linadi. 
Umumiy fiziologiyaga quyidagi ma‘lumotlar: asosiy hiyotiy jarayonlarni kelib 
chiqish tabiati; hayot faoliyatlarini umumiy ko‘rinishlari, ya‘ni masalan, a‘zolar va 
to‘qimalar metabolizmi; biologik membranalar va alohida hujayralar xususiyatlari
organizm va uning tarkibiy qismlarini muhit ta‘siriga (ta‘sirchanlik, 
quzg‘aluvchanlik, qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari) javob reaktsiyasining 
umumiy qonuniyatlari kiradi. 
Xususiy fiziologiya alohida to‘qimalarning (mushak, asab va boshqalar), 
a‘zolarning (jigar, buyrak, yurak va boshqalar) xususiyatlarini, ularning tizim (ovqat 
hazm qilish, qon aylanish, nafas tizimi) hamda alohida sinflari, guruhlari va 
turlarining (masalan, hasharotlar, qushlar, xo‘jalikda foydali hayvonlardan - sigir, 
quyon va boshqalar) fiziologiyasini o‘rganadi. 
Amaliy fiziologiya organizmni, ayniqsa inson organizmini, maxsus vazifalar va 
sharoitlar bilan bog‘liq faoliyatini namoyon bo‘lish qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Bularga mehnat, sport, ovqatlanish, suv osti va kosmos, qishloq xo‘jalik hayvonlari 
fiziologiyasi kiradi. 
Bundan tashqari fiziologiya shartli ravishda normal va patologik 
fiziologiyalarga bo‘linadi. Normal fiziologiya, deyarli barcha tibbiy va veterinariya 
fanlarining nazariy asosi hisoblanadi. U, sog‘lom organizm hayoti qonuniyatlarini, 
faoliyatlarni turli omillar ta‘siriga moslashish mexanizmlarini, hamda organizmning 
turg‘unligini o‘rganadi. Organizmdagi normal fiziologik jarayonlarni va faoliyat 
yo‘nalishlarini bilmasdan turib, patologik holatlarning oldini olish va davolashning 
iloji yo‘q. Patologik fiziologiya kasal organizm faoliyatining o‘zgarishlarini, 



organizmdagi patologik jarayonlarni paydo bo‘lishi, rivojlanishi va o‘sishining 
umumiy 
qonuniyatlarini, 
kasallik 
paytidagi 
faoliyatni 
adaptatsiyasi 
va 
kompensatsiyasi jarayonlarini hamda sog‘ayish va reabilitatsiya mexanizmlarini 
o‘rganadi. 
Fiziologiya fani - eksperimental fan bo‘lib, unda mexanizm va qonuniyatlarni 
o‘rganishning asosiy usuli - eksperimentdir. Eksperiment, organizmda qanday 
hodisalar ro‘y berayotganligiga, u yoki bu fiziologik jarayon qanday va nima 
sababdan sodir bo‘layotganligiga, u qanday paydo bo‘ladi, qaysi mexanizmlar 
tomonidan boshqariladi va qo‘llab-quvvatlaniladi kabi savollarga javob topish 
imkoniyatini yaratadi. Quyilgan maqsadta qarab, eksperiment utkazishning ham 
o‘ziga mos uslubiy yo‘nalishlari farqlanadi. 

Download 2.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling