O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi. O’qituvchi


Download 1.65 Mb.
bet10/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

4.2. Eng faol talabalar (baholash mezoni asosida) baholanadi.

O’qituvchi
15minut

5

O’quv mashg’ulotini yakunlash bosqichi:
5.1. Talabalar bilimi taxlil qillinadi.
5.2. Mustaqil ish topshiriqlari beriladi.
5.3. O’qituvchi o’z faoliyatini taxlil qiladi va tegishli o’zgartirishar kiritadi.

O’qituvchi
10 minut

Аsоsiy sаvоllаr:

  1. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаnining prеdmеti.

  2. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаnining o’rgаnish usullаri.

  3. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаnining rivоjlаnish tаriхi.



Mаvzugа оid tаyanch tushunchаlаr vа ibоrаlаr: fiziоlоgiya, solishtinna fiziologiya, evolutsion fiziologiya, ekologik fiziologiya, me’yoriy fiziologiya, patologik fiziologiya ekstirpatsiya, denervatsiya, kaleterizatsiya.
Mаvzugа оid muаmmоlаr:
1. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаni muammolarini kelajakda yana qаndаy usullаr bilаn o’rgаnish mumkin?
2. Fiziologik jarayonlarni evolyutsion nuqtai nazardan o’rganish?


1- sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаnining prеdmеti vа vаzifаlаri hаqidа mа’lumоtlаr bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fаnining prеdmеtini аytib bеrа оlаdi.
1.2. Оdаm va hayvonlar fiziologiyasi fanining boshqa fanlar bilan aloqasini tushuntirib bera oladi.
Birinchi sаvоl bаyоni
Fiziologiya (yunon. fizis-tabiat, logos-ta’limot, fan) tirik organizmning funksiyalarini, unda sodir bo’ladigan jarayonlarni o’rganadi. Bu fan hujayra, to’qima, a’zo va tuzimalarning hayotiy faoliyatini yaxlit organizmga xos bo’lgan barcha murakkab va muhim jarayonlarning asosiy mexanizmlarini, ularning funksional aloqadorligini, ichki va tashqi muhit sharoitiga bog’langan holda o’rganadi.
Organizmni ta’minlaydigan moddalar almashinuvi, ovqatlanish, nafas olish, qon aylantsh, ayiruv, ichki sekreisiya bezlari, asab tizimi faoliyati va boshqa vazifalar fiziologiyaning asosiy o’rganish maqsadidir. Fiziologiya organizmda sodir bo’ladigan funksiyalari, ularning hamma xususiyatlarini, ko’rinishlarini o’zaro munosabatlarini organizmning turli funksional holatlarida va tashqi muhitning turli sharoitida aniqlashga intiladi. Fiziologiya funksiyalarining tarixiy (filogenetik) va individual (ontogenetik) rivojlanishini. ularning doimo o’zgaruvchi tashqi muhit sharoitiga moslashishini o’rganadi. Shunday qilib, fiziologiya organizm funksiyasini (lotincha «funksio»- ijro qilish, faoliyat ko’rsatish) har bir hujayra, to’qima, a’zo, tizimlarning bir butun organizmdagi bajaradigan vazifasi va faoliyatini o’rganadi.
Odam fiziologiyasi - tibbiyot nazariyasining poydevori hisoblanaidi, uning rivojlanishi pedagogika va psixologiya uchun juda katta ahamiyatga ega. Hamda uchrab turadigan ko’pgina kasalliklarni oldini olishda, me’yorida o’sish va rivojlanishini ta’minlashda, turli muhit sharoitlariga moslanishda, atrof-muhit tozaligini saqlab turishda, mehnat va sport mashqlarini ko’ngildagidek maqsadga muvofiq holda tashkil qilishda, kishi umrini uzaytirish muammolarini yechishda fiziologiya yutuqlariga tayaniladi.
Odam fiziologiyasi biologik fanlar orasida eng serqirra fan hisoblanadi. Bu tarmoqlardan solishtirma fiziologiya, evolutsion fiziologiya, ekologik fiziologiya, me’yoriy fiziologiya, patologik fiziologiya va boshqalarni qayd qilib o’tish mumkin. Biroq, fiziologiya o’z tekshirishlarida boshqa tabiiy faklar bilan yaqin aloqada bo`lib, o’z navbatida turli fanlarning rivojlanishiga poydevor bo’lib xizmat qiladi. Masalan, odam fiziologiyasi fizika bilan kimyo qonunlariga tayanadi va ularning tekshirish usullarida keng foydalanadi. Har bir hayotiy hodisalarni tekshirishning fizik va kimyoviy yo’nalishlari biofizika va biokimyo degan mustaqil fanlarning paydo bo’lishiga asos bo’ldi.
Fiziologiya morfologik fanlar anatomiya, gistologiya va sitologiya bilan yaqin aloqada bo’lib, rivojlanib kelmoqda, chunki morfologik va hodisalar bir-biri bilan chambarchas bog’langan, organizm va uning a’zolarining shakli, tuzilmasi va funksiyalarini bilmay turib yaxlit organizmning faoliyatini o’rganib bo’lmaydi.
Fiziologiya bilan tibbiyotni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Fiziologiya tibbiyotga nazariy oziqa beradi va uni poydevori bo’lib xizmat qiladi. Tibbiyotda fiziologiyaning qonuniyatlari, uning nazariy va amaliy ulkan yutuqlari muntazam ravishda keng tadbiq etiladi. Tibbiyot esa o’z navbatida fiziologiya uchun g’oyat ko’p qimmatli ma’lumot beradi. "Patologik hodisalar dunyosi fiziologik hodisalarning har xil favqulodda, ya’ni hayot mo’tadil o’tayotganda ro’y beradigan kombinatsiyalarining cheksiz qatoridir. Bular tabiatda va hayotda bo’ladigan fiziologik tajribalarning go’yo bir qatori ekanligi shubhasiz, bular ko’pincha hodisalarning shunday kombinalsiyalariki, zamonaviy fiziologlarning hali xayoliga ham kelmaydi va ba’zan ularni fiziologiyaning hozirgi texnikaviy vositalari bilan ataylab gavdalantirib bo’lmaydi. Shu tufayli fiziologiyaning alohida bo’limi sifatida klinik fiziologiya shakllangan.
Fiziologiya pedagogika va psixologiya fanlar bilan ham bog’liq. Oliy asab faoliyati haqidagi ta’limot zamonaviy psixologiya va pedagogikaning asosidir. Fiziologiyaning pedagogika uchun amaliy ahamiyati shundan iboratki, bolaning mehnati va (tumush sharoitini to’g’ri tashkil etish, to’g’ri tarbiya tadbirlarini o’kazish uchun pedagog va psixolog bola organizmida ro’y berayotgan fiziologik jarayonlarning yoshga aloqador xususiyatlarini bilishi kerak. Bu soha uchun ma’lumotlar beradigan fan yosh fiziologiyasidir.


Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling