O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet43/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Divergensiya (tarqalish). Xilma-xil retseptorlar bilan bog’liq bo’lgan afferent neyronlar orqa miyaga kirib turli tarmoqlarga tarqaladi, ya’ni axborot yetkazuvchi yo’llarni hosil qiladi. Divergensiya tufayli afferent axborot bir vaqtning o’zida markaziy asab tizimining turli qismlariga yetib boradi. Nafaqat afferent neyronlarning aksoni, balki oraliq (assotsiativ) neyronlarning aksonlari ham kollateral hosil qiladi. Natijada markaziy asab tizimining jarayonlari - qo’zg’alish yoki tormozlanishning tarqaladigan yo’llari kengayadi. Bu holat markaziy asab tizimida tarqalishi (irradiatsiyasi) uchun asos yaratadi.
Efferent yo’llar ham divergensiyaga uchraydi. Masalan, bitta harakatlantiruvchi neyron aksoni 10-15 dan 1500-2000 gacha shoxchalar hosil qiladi, ana shu miqdordagi mushak tolalarini innervatsiya qiladi.
Konvergensiya (qo’shilish). Markaziy asab tizimiga turli afferent yo’llar bilan keluvchi qo’zg’alish va tormozlanish asab impulslari oraliq va efferent neyronlarga tushib yig’ilishini konvergensiya deyiladi. Ikki yoki undan ko’proq xilma-xil (polisensor) afferent yo’llaridan keluvchi axborotlar (eshitish, ko’rish, hidlash, harakat, ichki a’zolardan va h.k.z) larning bir afferent neyronga qo’shilishi natijasida konvergensiya kuzatiladi. Masalan, bosh miya yarim sharlari po’stlog’ida joylashgan teppa va harakat mintaqalari asosiy konvergent apparat hisoblanadi (Ch.S.Sherrington).
Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Divergensiya va konvergensiya nima?

  2. Okkluziya deb nimaga aytiladi?

  3. Nerv impulslarining irradiatsiyasi va konsentrasiyasi deganda nimani tushunasiz?



Mаvzu bo’yichа yеchimini kutаyоtgаn ilmiy muаmmоlаr.

  1. Nerv hujayralarining evolyutsion kelib chiqish mexanizmini aniqlash?

  2. Nobud bo’lgan nerv hujayralarini tiklash muammosi?



Mavzuga oid adabiyotlar:
Asosiy adabiyotlar

  1. Алматов К.Т., Алламуратов Ш.И. Одам ва ҳайвонлар физиологияси. Т.: «Университет» 2004 й, 580 б.

  2. Нуриддинов Э. Одам физиологияси. Тошкент: “Алоқачи”, 2005 й.

  3. Қодиров М.С. Одам физиолгияси. Тошкент, Ибн Сино, 1996 й.

  4. Ноздрачёв А.Д. и др. Общий курс физиологии человека и животных. М.: Высшая школа, 1991г., 1 кн. 512 с., 2 кн. 528 с.




Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling