O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.65 Mb.
bet63/155
Sana22.04.2023
Hajmi1.65 Mb.
#1379155
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   155
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:
1. Retseptorlarning adaptatsiyasi deb nimaga aytiladi?
2. Retseptorlar adaptatsiyalanishiga ko’ra necha guruhga bo’linadi?
3. Retseptorlarning adaptatsiyasining ahamiyati nimadan iborat?


5-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga og’riqni sezuvchi reseptorlar hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Og’riqni sezuvchi retseptorlarni izohlab bera oladi.
1.2. Og’riq vaqtida odam organizmida ro’y beruvchi hodisalarni tushuntirib bera oladi.
Beshinchi sаvоl bаyоni
Teridagi og’riqni sezuvchi retseptorlarning qo’zg’alishi sezuvchi asab tolalari orqali orqa miyadagi quyi asab markazlariga, ulardan oraliq miyadagi po’stloq osti markaziga va nihoyat, neokorteksning orqa markaziy pushtasida joylashgan sezish markazlariga boradi. Ichki a’zolarda sodir bo’lgan og’riq, shu a’zolarning miyadagi markazlariga berilishi bilan birga, tananing mazkur a’zo joylashgan teri sohasida ham tarqaladi. Masalan, yurak sanchib og’riganida ko’krak qafasining chap tomonida va chap qo’1 sohasida og’riq seziladi.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, og’rituvchi taassurotni "og’riq" asab tolalarining erkin oxirlari sezadi. Masalan, analgeziya holatda og’riq sezilmaydi, lekin tegish sezgisi saqlanadi (har qantiyan narkozda, shuningdek orqa miyaning ba’zi kasalliklarida shunday holat kelib chiqadi), shundan keyin terining qirqilishi tegish va bosim sifatida seziladi-yu, lekin og’riq bo’lib sezilmaydi. Terida maxsus og’riq nuqtalar bor: terining turli qismlariga juda ingichka igna sanchilsa, igna sanchilishi bilan oldin tegish sezilmay, darrov og’riq seziladigan nuqtalarni topish mumkin. Asab tolalarning regeneratsiya jarayonida (asab qirqilib ulangan asab tolalarida) avvalo og’riq sezuvchanlik tiklanadi, keyinchalik sezuvchanlikning boshqa turlari tiklanadi. Og’riq sezuvchanlik tiklanganda terining har qanday ta’sirlanishi - unga tegish, uni silash, bosim ko’pincha chidab bo’lmaydigan og’riq sezgisini yuzaga chiqaradi.
Og’riq vaqtida odam organizmida bir qancha o’zgarishlar ro’y beradi: qonga adrenalin gormoni ko’proq chiqadi, qondagi qand miqdori ortadi, yurakning qisqarsh kuchi va tezligi oshadi, qonning ivish xossasi ortadi, nafas olish sekinlashib qoladi, qon bosimi ko’tariladi, qorachiq kengayadi, ter ajraladi. Bu o‘zgarishlarning aksariyati simpatik asab tizimi tonusi oshishi va ichki sekretsiya bezlari faoliyatiga bog’liq.

Download 1.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling