O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Download 1.63 Mb.
bet100/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Qalqonsimon oldi bezi qaysi gormonni ishlab chiqaradi?

  2. Paratgormonnig ta’sir etish mexanizmini tushuntirib bering.

  3. Qalqonsimon oldi bezi faoliyati qanday boshqariladi?



7-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga ayrisimon bez va uning ahamiyati hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Ayrisimon bezning anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Ayrisimon bez gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntira oladi.


Yettinchi sаvоl bаyоni.
Ayrisimon bez
Ayrisimon bez bo’sh suyagining orqa yuzasida joylashgan. Uning vazni chaqaloqlarda 12 g bo’lib, to balog’atga yetish davrigacha 14-15 yoshgacha kattalashib, 30-40 g ga yetadi. So’ngra bezning hajmi asta-sekin kichiklasha boshlaydi va u yog’ moddasiga aylanadi, 25 yoshda bezning vazni 25 g gacha kamayadi, 60 yoshda-15g, 70-yoshda-6 g bo’ladi.
Ayrisimon bez-juft, pallali a’zo bo’lib, ikki andozasi bir xil bo’lmagan pallalardaa iborat. Bu pallalar biriktiruvchi to’qima orqali o’zaro bog’langan. Ayrisimon bezning har bir pallasi yana pallachalarga bo’linib, ularda po’stloq va mag’iz qavatlari mavjud. Po’stloq qavati parenximalardan tashkil topgan, unda ko’p miqdorda limfotsitlar bo’ladi. Mag’iz qavatda esa epitelial va lipid hojayralari bor.
Bezning innervasiyasi parasimpatik (adashgan) va simpatik asablar orqali amalga oshadi. Bu tolalar pastki bo’yin va yuqori ko’krak simpatik tugunlaridan boshlanadi.
Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati
Oxirgi yillarda ayrisimon hez gormonlari va ularning fiziologik ahamiyati to’liq o’rganib chiqilgan. Bezda timozin, timopoetin, timus gormoni omili degan polipeptid tabiatli moddalar ishlanib chiqariladi.
Ayrisimon bezning immunitetiga katta ahamiyati o’rganilgan. U organizm immuniteti jarayonming boshqarilishida, antitelalarning hosil bo’lishida, limfotsitlarning rivojlanishi va taqsimlanishida hamda organizmning immun reaksiyalariga bevosita ishtirok etadi. Olimlarning fikricha suyak ko’migida hosil bo’luvchi birlamchi suyak hujayralari umumiy qon aylanish doirasi orqali ayrisimon bezga yetib boradi, bezda ular ko’payib, T-limfolsitlarga aylanadi. Bu limfositlar hujayra immunitetining rivojlanishi uchun javobgar ekanligi olimlar tomonidan taxmin qilmoqda.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling