O’zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o’rtа mахsus


Ayrisimon bezning boshqarilishi


Download 1.63 Mb.
bet101/124
Sana19.06.2023
Hajmi1.63 Mb.
#1615172
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124
Bog'liq
portal.guldu.uz-ОDАM VA HAYVONLAR FIZIOLOGIYASI

Ayrisimon bezning boshqarilishi
Ayrisimon bez gormonlarining hosil bolishi va ajralishi gipotalamo-gipofizar tizimi tomonidan boshqariladi. Gipofiz oldidagi bolagining somatotropin gormoni ayrisimon bez gormonlarining qonga o’tishida ishtirok etadi.
Yuqorida aytib o’tganimizdek, ayrisimon bez bolalik davrida yaxshi rivojlangan bo’ladi. Balog’atga yetganda bezning rivojlanishi to’xtatiladi va atrofiya bo’laveradi. Shu sababli bolsa kerak, bez organizm o’sishini rag’batlantirib, jinsiy tizim rivojlanishini to’xtatadi, degan ilmiy g’oyatar kam emas. Boshqa bir guruh olimlar tomonidan ayrisimon bez faoliyatiga boshqacha baho berilgan. Masalan, bez kalsiy va nuklein kislotalar almashinuvida faol ishtirok etadi degan g’oyalar juda ko’p.
Bezning yana bir asosiy fiziologik ahamiyati shundaki, bu yerda juda ko’p miqdorda vitamin C sintezlanadi. Bu ko’rsatkich bo’yicha timus buyrak usti bezidan keyin organizmda ikkinchi o’rinni egallaydi.


Muhоkаmа uchun sаvоllаr:

  1. Ayrisimon bezda qanday gormonlar ishlab chiqariladi?

  2. Ayrisimon bezning fiziologik ahamiyati nimadan iborat?



8-sаvоl bo’yichа dаrs mаqsаdi: talabalarga me’da osti bezi va uning gormonlari hаqidа mа’lumоt bеrish.
Idеntiv o’quv mаqsаdlаri.
1.1. Me’da osti bezining anatomik xususiyatlarini izohlab bera oladi.
1.2. Me’da osti bezi gormonlarining ta’sir etish mexanizmini tushuntira oladi.


Sakkizinchi sаvоl bаyоni.
Me’da osti bezi
Bu bez me’daning pastki va orqa sohasida birinchi bel umurtqasi ro’parasida joyiashgan bo’lib, uzunligi 16-20 sm, vazni 70-80 g. Me’da osti bezi aralash bez bo’lib, to’qimasining 98-99% tashqi sekretslya funksiyasini bajarib, ovqat hazm qilishda ishlirok etuvchi fermentlarni ishlab chiqaradi. Bez to’qimasining 1-2%, ya’ni Langergans orolchasi deb ataluvchi qismi ichki sekretslya funksiyasini bajaradi.
Bez orolchalari uch tipdagi hujayralardan lashkil topgan: alfa, beta va gamma hujayralar. Ularning asosiy qismini beta-hujayralardan tuzilgan Langergans orolchalari tashkil qiladi. Hujayralarning 1/5 umumiy qismini alfa-hujayralardan tashkil topib bezning periferiyasida joylashgan. Odam bezining 1 massasida 2700 -25500 pankreatik orolchalari to’g’ri ketadi.

Download 1.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling