O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet78/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Juft suzgich qanotlar skeleti suzgich qanotlar kamari bilan erkin suzgich qanot skeletidan tashkil topgan. Oldingi suzgich qanotlar kamari yoki yelka kamari (25-rasm) akula gavdasining ikki yonidan va ostki tomonidan o’rab oladigan yarim halqa shaklidagi tog’aydan iborat. Har qaysi yarim halqa o’rtasining yon tomonida birikish bo’rtmasi bor, erkin suzgich qanot shu bo’rtmaga birikadi. Kamarning shu bo’rtmadan yuqori qismi kurak, pastki qismi esa korakoid bo’lim deb ataladi.
Erkin suzgich qanotlar skeleti xuddi toq suzgich qanotlar skeleti singari ichki tog’ay skeletidan va teridan qosil bo’lgan tashqi skeletdan tuzilgan.
Erkin suzgich qanotlar skeletining asosida biriktiruvchi o’simtaga birikkan uchta yapaloq asosiy-bazal tog’aylar joylashgan. Bazal tog’aylardan pastda uch qator tayoqchasimon radialiyalar bo’ladi. Suzgich pallasining qolgan qismini bir qancha elastik iplar ushlab turadi.
Chanoq kamari kloaka teshigi oldidagi muskul qatlamida ko’ndalang joylashgan toq tog’ay plastinkadan iborat. Uning uchlariga qorin suzgichining skeletlari birikadi. Qorin suzgichida yolg’iz ikkita juft bazal elementi bor. Bulardan bittasi juda uzun bo’lib, unga bir qator radial tog’aylar birikadi. Suzgich qanotining qolgan qismlarini elastik iplar tutib turadi. Erkak akulalarning bazaliyasi yanada uzayib otalantirish-kopulyativ organga aylangan.
Topshiriqlar:
Akulaning to’liq skeleti, bosh skeleti, umurtqa pog’onasi,yelka va chanoq kamarlari skeleti, toq va juft suzgich qanotlari skeletining tuzilish xususiyatlari bilan tanishib bo’lgach, quyidagi rasmlarni albomga chizib oling:
1. Akulaning to’liq skeleti;
2. Tana va dum umurtqalari;
3. Bosh skeletining yon tomondan ko’rinishi;
4.Yelka kamari (suzgich qanoti bilan);
5. Chanoq kamari (suzgich qanoti bilan).


mashG’ulot-11-12. Suyakli baliQlarning tashQi va ichki tuzilishi
Ob’ektning sistematik ќolati
Tip. Xordalilar – Chordata
Kenja tip. Umurtqalilar – Vertebrata yoki
Bosh skeletlilar – Craniata
Bo’lim. Jag’og’izlilar – Gnathostomata
Katta sinf. Baliqlar - Pisces
Sinf. Suyakli baliqlar – Osteichthyes
Kenja sinf. Shu’la qanotlilar – Actinopterygii
Katta turkum. Suyakdor baliqlar - Teleostei
Turkum. Karpsimonlar – Cypriniformes
Vakil. Zog’ora baliq – Cyprinus carpio



Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling