O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Gatteriya-Tumshuqboshlilar turkumiga mansub eng qadimgi sudralib yuruvchi turi. Faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan. Germafrodit-


Download 7.21 Mb.
bet131/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

Gatteriya-Tumshuqboshlilar turkumiga mansub eng qadimgi sudralib yuruvchi turi. Faqat Yangi Zelandiyada tarqalgan.
Germafrodit-bir organizmda ham erkaklik va ham urg‘ochilik jinsiy organlarining bo‘lishi.
Gerpetologiya-sudralib yuruvchi bilan suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinflariga kiruvchi umurtqali hayvonlarni o‘rganadigan fan. Zoologiyaning bir tarmog‘i.
Gesperornis-qirilib ketgan qadimgi tishli qushlar katta turkumining vakili.
Goatsin-tovuqsimonlar turkumiga mansub goatsinlar oilasining turi.
Gomoyoterm hayvonlar-issiqqonli (tana harorati nisbatan doimiy bo‘lgan) hayvonlar. Gomoyoterm hayvonlarga qushlar va sutemizuvchilar kiradi.
Gonadalar-odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlar hosil qiladigan organ.
Damanlar-sutemizuvchilar sinfiga kiruvchi turkum. Osiyo va Afrikada keng tarqalgan. Ko‘rinishi kemiruvchilarga o‘xshaydi, yerda va daraxtlarda yashaydi.
Detrit-suv havzasi tubiga cho‘kadigan, suv yoki tuproqdagi mayda organik zarrachalar. Detritlar tarkibiga o‘simlik, zamburug‘ va hayvonlarning chirigan qoldiqlari bilan birga bakteriyalar ham kiradi. Detrit suv hayvonlari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi.
Diafragma-odam va hayvonlarning ko‘krak qafasini qorin bo‘shlig‘idan ajratib turuvchi muskul - paydan iborat to‘siq parda.
Dimorfizm-bir turga mansub bo‘lgan organizmlarda morfo-fiziologik belgilari bilan bir-biridan keskin farq qiladigan shaklarning mavjud bo‘lishi. Jinsiy dimorfizm hayvonlar orasida keng tarqalgan.
Yevstaxiy nayi-quruqlikda yashaydigan umurtqali hayvonlarda halqumini (yutqinni) o‘rta quloq bo‘shlig‘iga tutashtiradigan kanal. O‘rta quloqdagi havo bosimini tevarak muhitdagiga baravarlash uchun xizmat qiladi.
Yon chiziqlar-to‘garak og‘izlilar, baliqlar va suvda hamda quruqlikda yashovchilarning itbaliqlaridagi sezgi organlari sistemasi. Tananing har ikki yoni va bosh qismida joylashgan.
Jerlyankalar-dumsizlar turkumining yumoloq tillilar oilasiga mansub suvda hamda quruqlikda yashovchilar sinfining avlodi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling