O’zbеkistоn Rеspublikаsi Оliy vа o’rtа mахsus


Download 7.21 Mb.
bet76/182
Sana14.09.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1678261
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   182
Bog'liq
portal.guldu.uz-ZOOLOGIYA (umurtqalalilar zoologiyasi)

MASHG’ULOT-10. AKULANING skeletiNI ЎРГАНИШ
Kerakli materiallar va jiќozlar: akulaning spirt yoki formalinda fiksatsiyalangan bosh skeleti (miya qutisi, yuz skeleti);yelka kamari ko’krak suzgich qanoti bilan, chanoq kamari qorin suzgich qanoti bilan, dum suzgichi; umurtqa pog’onasining bo’ylama kesimi (tana va dum bo’limlaridan bir necha umurtqasi). Tana va dum qismi umurtqalarining ko’ndalang kesimi; akulaning to’liq skeleti; vannacha, pintset, preparoval ninalar; akulaning to’liq skeleti, bosh skeleti, tana va dum umurtqalari, ko’krak va chanoq kamarlari bilan suzgich qanotlari skeletlari aks ettirilgan rangli jadvallar.
Ishning mazmuni:
Tog’ayli baliqlarning skeleti tog’ay to’qimadan hosil bo’lgan va u quyidagi bo’limlarga bo’linadi: o’q skeleti (umurtqa pog’onasi), bosh skeleti, juft suzgich qanotlari va ularning kamarlari skeleti hamda toq suzgich qanotlari skeleti (8-rasm).





8-rasm. Akula skeletining sxemasi: 1 - umurtqalari, 2 - umurtqalarining ustki yoylari, 3 – umurtqalarining pastki yoylari, 4 - qovurg’alari, 5 - miya qutisi, 6 - hidlov kapsulasi,
7 - eshituv kapsulasi, 8 - jabra yoyi, 9 - tilosti yoyi, 10 - tanglay-kvadrat tog’ayi, 11 - mekkel tog’ayi, 12 - radialiyalar, 13 –yelka kamari, 14 - chanoq kamari, 15 - bazaliyalar.

O’q skeleti bir qancha tog’ay umurtqalarning bir-biri bilan harakatchan birikishidan hosil bo’lgan umurtqa pog’onasidan iborat. Xorda deyarli reduktsiyalangan. Umurtqa pog’onasi tana va dum umurtqalariga bo’linadi.


Umurtqaning asosiy qismini umurtqa tanasi tashkil etadi. Umurtqa tanasi orqa va oldingi tomondan ichiga chuqur botib kirgan. Bunday umurtqalar qo’sh botiqli yoki amfitsel umurtqalar deb ataladi. Har qaysi umurtqa tanasining markazida teshik bor, bu teshikdan xorda o’tadi va har bir umurtqaning ikkinchi umurtqa bilan qo’shilgan yerida u kengayib, har qaysi umurtqa tanasidan o’tganda torayadi. Umurtqa tanasining ustki yon tomonlaridan bir juft o’simta – ustki yoy chiqadi, bu yoylarning orasida ustki oraliq plastinkalar bor. Ustki yoylar oraliq plastinkalar bilan birga orqa miya kanalini ikki yondan o’rab oladi. Umurtqa tanasining ostki tomonidan pastga qarab pastki yoylar chiqadi. Tana qismining pastki yoylari qisqa yon o’simtalardan iborat bo’ladi, bu yon o’simtalarga tog’ay qovurg’alar birikadi. Dum qismi pastki qisqa yoylarda pastki birlashtiruvchi plastinkalar yordami bilan juft-juft bo’lib birlashib, dum qismining asosiy qon tomirlari joylashgan va ularni muhofaza qiladigan gemal kanalni qosil qiladi.

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   182




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling