O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari
|
Bolalar jismoniy tarbiya fanining asoslari haqida bilib oladi;
Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan badantarbiyani tashkil etishni va o‘tkazishni o‘rganadi;
Jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Sayr, harakatli o‘yinlar tashkil etadi va o’tkazadi;
Ochiq havodagi jismoniy mashqlarni tashkil etad va o’tkazadi;
Ish beruvchining taklif va talablari asosida fanning o‘qitilishini inobatga oladi;
Kasbiy ko‘nikmalarni egallash va pedagogik amaliyotda qo‘llaydi;
O‘zlashtirilgan bilimlar bo‘yicha tajribalar o‘tkaza oladi, mustaqil ijodiy fikrlashga o‘rgatadi.
|
Bilimlar
|
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalashning maqsad va vazifalarini;
“O‘zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qoyiladigan Davlat talablari”ni;
“Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturidagi jismoniy rivojlanish va sog‘lom turmush tarzini shakllanishi soha kompetensiyalarini;
Turli yosh guruhlarda jismoniy rivojlanishva sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo’yicha ta’limiy tarbiyaviy faoliyatni rejalashtirish va tashkil etishni;
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘tkaziladigan saflanish qayta saflanish, asosiy harakat mashqlari-sakrash, emaklash, tirmashib chiqish, uloqtirish va muvozanatni saqlash mashqlarini;
Buyumlar va buyumlarsiz o‘tkaziladigan umurivojlntiruvchi mashqlarni;
Harakatli o‘yinlarni rejalashtirish va o‘tkazish, o‘zbek milliy va sport elementi bo‘lgan o‘yinlarni;
Jismoniy tarbiya mashg’ulotlarini o‘tkazishni;
Sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etishni;
Jismoniy tarbiya ishlarini hisobga olishva rejalashtirishni;
|
Ko’nikmalar
|
Yozgi sog‘lomlashtirish ishlarini tashkil etish;
Ertalabki badantarbiya mashqlarini rejalashtirish va o‘tkazish, sport musobaqalarini tashkil etish;
Ta’limiy – tarbiyaviy faoliyt jarayonida jismoniy daqiqalarni tashkil etishni;
Musiqa ostida jismoniy tarbiya mashg‘ulotlarini o‘tkazish;
Mavzuga mos ko‘rgazmali qurollar va vositalarni tayyorlash;
Bolalarni jismoniy rivojlantirishda sog‘lomlashtiruvchi tadbirlarni tashkil etishni;
Jismoniy rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha turli yosh guruhlarda bolalarni rivojlanish xaritasini mustaqil talil qilish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |