O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta masus ta’lim vazirligi


-Mavzu: Antonimlar uslubiyati


Download 1 Mb.
bet168/203
Sana16.06.2023
Hajmi1 Mb.
#1492899
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   203
Bog'liq
GDFGDFGFDGDFG

12-Mavzu: Antonimlar uslubiyati

Reja:

1.Antonimlarning uslubiy xususiyatlari.
2.Zid ma’noli so’zlarning ma’nodoshlari.
3.Zid ma’noli so’zlarning uslubiy xoslanganligi.

Tayanch so'z va iboralar: antonim , zid ma’noli so’z, tazod san’ati.

Biz o’zimizni qurshab turgan olamni sezgi a’zolarimizning bosh miyamizga bergan axboroti yordamida bilib olamiz. Bilish jarayonida narsa va hodisalarni , harakat-holatlarni, belgi va xususiyatni bir-biriga zidlash, ularning o’zaro o’xshash va farqli tomonlarini aniqlash katta ahamiyatga ega. Bizning butun faoliyatimiz zidlashlarga asoslangan desak yanglishmaymiz. Jaloliddin Rumiyning ta’kidlashicha, har qanday ”ashyo”ning qimmati ziddi bilan ayon bo;ladi, ziddi bo’lmagan narsani ta’rif etish imkoniyatdan tashqaridadir.


Zid ma’noli so’zlar (antonimlar) qarama-qarshi ma’noli so’z va qo’shimchalardir. So’z maqomidagi antonimlar lug’aviy (leksik) antonimlar, qo’shimcha maqomidagi antonimlar antonimlar esa affiks antonimlar deyiladi.
Zid ma’noli so’zlar doimo ikki qarama –qarshi a’zodan iborat bo’ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan, achchiq deyishimiz bilan shirin esimizga keladi. Zid ma’noli so’zlar birgalikda qo’llanib yangi so’z hosil qilishi mumkin. Masalan: yosh-u qari – bari, achchiq-chuchuk – ovqat turi , uzoq-yaqindan – hammayoqdan kabi.
Antonimlar inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy, fanniy qarashlar umumlashmasini aynan ifodalashga qulay usul sanaladi.
Antonimlar ko’proq badiiy uslubda qo’llanilib , qarama-qarshi tushuncha ( tazod, antiteza, contrast) uslubini yaratish uchun xizmat qiladi: Meni kim ko’rsa farq etmas xazon birla bahorimdan.
Antonimlik hodisasi ham faqat bir turkum doirasida uchraydi. Antonimlar ko’proq sifat turkumida kuzatilib , olmosh, son va modal so’zlarda deyarli uchramaydi.
Antonimlarga misollar:

  1. Kattaga hurmat, kichika izzat.

  2. Yaxshilik nur keltirar , yomonlik zulmat.

  3. Yomonni tanqid qil, yaxshiga taqlid qil.

  4. Ko’p bilgan oz so’zlar, oz so’zlasa ham rost so’zlar.

  5. Mard o’zar, nomard to’zar.

Antonim so’zlarning har biri sinonimiga ega bo’lishi mumkin: aka (birodar) – uka (ini) kabi. Bu ularning turli uslubga xosligidan kelib chiqadi. Sinonimlar va antonimlar o’zaro zich bog’langan. Til birliklarining uslubiy xoslanganlik qonuniyati sinonimlar va antonimlarni o’zaro bog’lab turadi.
Mustahkamlash uchun savollar:



  1. Badiiy uslubda antonimlar qanday san’atni hosil qiladi?

  2. Xalq og’zakiijodining qaysi janrlarida antonimlar so’zlardan unumli foydalaniladi?

  3. Berilgan matndagi ajratib ko’rsatilgan so’zning antonimini o’z ma’nosida qo’llab ko’ring. Uslubiy bo’yoqdorlik xususiyati haqida fikringizni bildiring.

Luqmoni Hakimdan:

  • Xastaga nima yediraylik?- deb so’rabdilar


  • Download 1 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling