20-Mavzu: Ish qog’ozlari (bayonnomadan ko’chirma, rasmiy va shaxsiy xatlar) ustida ishlash
Reja:
1. Bayonnomadan ko’chirma matni tuzilishi.
2. Rasmiy xatlar haqida.
3.Shaxsiy xatlar turi.
Tayanch so’z va iboralar: bayonnomadan ko’chirma, rasmiy xat, shaxsiy xat.
Bayonnomadan ko’chirma matnining tarkibiy qismlari:
Muassasa nomi
Sana (majlis sanasi)
Shartli raqami
Hujjatning nomi (Bayonnomadan ko’chirma)
Bayonnoma tuzilgan joy
Matn:
Kun tartibi;
“eshitildi”;
“qaror qilindi”.
Imzolar
Nusxa taqdiqlangani haqida belgi (muhr bilan)
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi pedagogik kengashi majlisining 5-sonli
Bayonnomasidan ko’chirma
24.03.2020 “Do’stlik” MFY
Kun tartibi:
3-masala. Dadaboyeva Shohistaga umumiy o’rta ta’lim to’g’risidagi shahodotnomaning dublikatini berish to’g’risida
Eshitildi:
№ 0045583 raqamli shahodatnoma Usmonqulova Laylo – maktab direktori, majlis raisi:
Dadaboyeva Shohista Anvarjon qizi bizning ta’lim muassasamizni 2016-2017-o’quv yilida bitirgan hamda unga U № 0045583 raqamli shahodatnoma berilgan. Sobiq o’quvchimiz shahodatnomani yo’qotib qo’ygani sababli mazkur hujjatning dublikatini tayyorlab berishda amaliy yordam ko’rsatishimizni so’rab murojaat qildi.
Qaror qilindi:
Navoiy viloyati Xatirchi tumani 24-umumiy o’rta ta’lim maktabi tomonidan Dadaboyeva Shohista Anvarjon qiziga 14.06.2017-yilda berilgan № 0045583 raqamli shahodatnoma yo’qolganligi sababli dublikatini tayyorlab berish tuman Xalq ta’limi bo’limidan so’ralsin.
Shahodatnoma dublikatini qabul qilib olish, uni aslidek to’ldirish va egasiga topshirish o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Yunusova Surayyo zimmasiga yuklatilsin.
Majlis raisi: (imzo) Usmonqulova Laylo
Kotiba: (imzo) Samadova Saida
Do'stlaringiz bilan baham: |