O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi o’quv-metodik birlashmalar faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi Kengash tomonidan 5340800 «Soliqlar va soliqqa tortish»


Moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari va tub farqlari


Download 0.51 Mb.
bet7/43
Sana06.12.2020
Hajmi0.51 Mb.
#161153
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi-fayllar.org

1.8. Moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari va tub farqlari


Хo’jalik yurituvchi su’yektlar o’z faoliyatlari to’g’risida moliyaviy hisobot tuzish bilan birgalikda davlat statistika qo’mitasining joylardagi organlariga belgilangan tartibda statistik hisobotlarni ham taqdim qiladilar. Statistika hisobotlarini tuzishdan ko’zlangan asosiy maqsad davlat boshqaruvi organlari uchun mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirish uchun zarur axborotlarni yig’ishdan iborat. Shuningdek, statistik hisobot ma’lumotlar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining barcha jihatlari to’g’rsidagi ma’lumotlarni to’plash imkonini beradi. Bu ma’lumotlar asosida mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga baho beriladi va uni asosiy yo’nalishlarini belgilashda asos bo’ladi.

Statistik hisobot va moliyaviy hisobotning ancha o’xshash va umumiy jihatlari mavjud. Eng avvalo har bir xo’jalik yurituvchi su’yektda zarurat bo’lganda statistik hisob va hisobot bilan shug’ullanuvchi bo’lim yoki shtatlar joriy qilinadi. Agar xo’jalik yurituvchi su’yekt kichik bo’lsa va bunga imkoniyat bo’lmasa, bu ishlar bilan buxgalterlar shug’ullanishadi. Shundan kelib chiqqan holda statistik va moliyaviy hisobotning birinchi umumiy jihati ularning boshlang’ich nuqtasi xo’jalik yurituvchi su’yektning hisob-kitob bo’limlarida ekanligidir.

Statistik va moliyaviy hisobotning umumiy jihati ikkala hisobotni tuzish jarayonida buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan keng foydalanilishi, shuningdek ularning ayrim ko’rsatkichlarining o’zaro bog’liqligidir.

Ushbu hisobot turlarining navbatdagi jihati ularni tuzish va taqdim qilishning davlat organlari tomonidan qat’iy belgilab qo’yilganligidir.

Navbatdagi umumiy jihat ularni tuzishga qo’yiladigan talablarning bir xilligi, ya’ni aniqlik, haqqoniylik, ob’yektivlik va boshqa umumiy talablar qo’yilgan.

Shu bilan birgalikda statistik va moliyaviy hisobotning bir-biridan tub farqlari ham mavjud. 1.8.1-jadval.



Moliyaviy va statistik hisobotni ayrim belgilari bo’yicha taqqoslash.

Т/r

Тaqqoslash belgilari

Moliyaviy hisobot


Statistik hisobot


1.

Huquqiy asosi

Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun


Statistika to’g’risidagi qonun


2.

Тayinlanishiga ko’ra

Тashqi va ichki foydalanuvchilar


Davlat organlari uchun


3.

Axborot manbai

Moliyaviy hisob ma’lumotlari


Buxgalteriya hisobi, statistik va operativ hisob


4.

Qo’laniladigan o’lchov birliklari

Pul o’lchovi


Pul, natura va mehnat o’lchov birliklari


5.

Hisobotni tuzish

BХMSga muvofiq


Statistik hiobotlarni tuzish bo’yicha me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalar


6.

Ma’lumotlarni shakllantirish jarayonida qo’llaniladigan alternativ variantlarning mavjudligi

Bir necha variant va usullardan birini tanlash huquqi mavjud


Тanlash huquqi mavjud emas



Eng avvalo moliyaviy va statistik hisobotlar huquqiy asoslari bo’yicha bir-biridan farq qiladi. Moliyaviy hisobot O’zbekiston Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi Qonuniga muvofiq tartibga solinsa, statistik hisobot O’zbekiston Respublikasining «Statistika to’g’risida»gi Qonuniga binoan tartibga solinadi.

Тayinlanishiga ko’ra moliyaviy hisobotlar asosan tashqi foydlanuvchilar uchun mo’ljallangan bo’lsa-da, undan ichki foydalanuvchilar ham foydalanadi. Statistik hisobot esa faqat davlat organlari uchun tayinlangan.

Moliyaviy hisobotning asosiy axborot manbai moliyaviy hisob ma’lumotlari bo’lsa, statistik hisobotni tuzishda buxgalteriya hisobi ma’lumotlari bilan birgalikda, statistik va operativ hisob ma’lumotlaridan ham foydalaniladi.

Moliyaviy hisobotda pul o’lchov birligi qo’llanilsa, statistik hisobotda pul, natura va mehnat o’lchov birliklari ham qo’llaniladi, ya’ni statistik hisobotda ko’rsatkichlar pulda ifodalanmasliklari ham mumkin.

Moliyaviy hisobot BHMAda belgilangan qoidalar asosida tuzilsa, statistik hisobotlarni tuzish bo’yicha me’yoriy hujjatlar va yo’riqnomalarga muvofiq tuziladi.

Statistik hisobotni tuzishda bir necha variant yoki usullar ko’zda tutilmagan, moliyaviy hisobotda esa hisob siyosatida tanlangan usul va variantlar qo’llaniladi.

Shunday qilib, moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari bilan birgalikda ularning tub farqlari ham mavjuddir.

Хulosa

Rivojlangan xorijiy mamlakatlar amaliyotida qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllarining tuzilishi bizning mamlakatimizda qo’llanilayotgan moliyaviy hisobot shakllaridan farq qiladi.

Mamlakatimizda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar ularning ishlab chiqarish jarayonida ishtirokidan kelib chiqqan holda, avvalo, uzoq muddatli aktivlar va keyin joriy aktivlar joylashtirilgan bo’lsa, rivojlangan xorijiy mamlakatlarda qo’llanilayotgan buxgalteriya balansida aktivlar likvidlilik darajasiga qarab joylashtirilgan. Shuningdek, balansning passiv qismida majburiyatlar muddatlarini hisobga olgan holda joylashtirilgan.
Nazorat va muhokama uchun savollar

1. Moliyaviy hisobot deganda nimani tushunasiz?

2. Moliyaviy hisobotning huquqiy asoslari sifatida qaysi me’yoriy hujjatlardan foydalaniladi?

3. Moliyaviy yil yoki hisobot yili deganda qaysi davr tushuniladi?

4. Kimlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilar hisoblanadi?

5. Moliyaviy hisobotning tarkibi va tuzilishini izohlab bering.

6. Moliyaviy hisobotni tuzish tamoyillarini sanab bering.

7. Moliyaviy hisobotni tuzish oldidan amalga oshiriladigan hisob-kitoblar qanday tartibda amalga oshiriladi?

8. Moliyaviy hisobotni taqdim qilish tartibini tushuntirib bering.

9. Хalqaro amaliyotda qo’llaniladigan moliyaviy hisobotlar tarkibi va tuzilishini izohlab bering.

10. Moliyaviy va statistik hisobotlarning umumiy jihatlari va tub farqlari nimalardan iborat?

Тavsiya etilayotgan adabiyotlar

1. Абдуллаев А.,Абдуллаев А. Қаюмов И. Бухгалтерия ҳисоби. 2-Қисм. -Т.: Минхож, 2002.

2. Астахов В.П. Теория бухгалтерского учёта Учеб. пос. -М.: ИКЦ Март Ростов н/Д, 2004

3. Байда Т.П. Теория бухгалтерского учёта задачи и ситуации. Учеб. пос. -М.:Ф и С, 2004

4. Гусева Т.М.,Шеина Г.Н Бух. учёт : 2000 тестов и ответов. Учеб. пос. -М.:ТК Велби, Проспект, 2004

5. http:// www. accounting. rut gars. Edu



Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling