Bitiruv malakaviy ishlarini baholash. Bajarilgan BMI DAK raisi va ahzolari
tomonidan O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligining 2010
yil 25 avgustdagi 333-sonli buyrug’i bilan amalga kiritilgan “Oliy tahlim
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholashning reyting tizimi
to’g’risida Nizom” asosida 100 ballik tizimda baholanadi. Baholash mezonlari
quyidagicha amalga oshiriladi:
№
Nomlanishi
Maksimal to’plashi
mumkin bo’lgan ball
1.
BMIlarning
qo’yilgan
talablar
doirasida
mazmunining
yoritilganligiga
20 ball
2.
BMIning
rasmiylashtirish
holati
va
tegishli
hujjatlarning
mavjudligiga (bayonnomadan ko’chirma, dalolatnoma, topshiriq,
annotatsiya, rahbar xulosasi, tashqi taqriz)
20 ball
3.
Talabaning tayyorlagan taqdimot va tarqatma materiallari uchun
10 ball
4.
Mavzu asosida tayyorlangan mahruzaning ravon tilda yoritilish
holati va belgilangan vaqtda tugatganligi uchun
20 ball
5.
Talabaning mavzu doirasida qo’yilgan savollarga bergan javobi va
munozaralarda o’z bilim saviyasini namoyon etganligiga
30 ball
Jami
100 ball
Umumiy ballning 55 foizi saralash bali hisoblanadi va himoya qiluvchi 55
balldan yuqori to’plaganda, bitiruv malakaviy ish himoyasi ijobiy baholanadi.
II. BITIRUV MALAKAVIY ISHINI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI
2.1.
Bitiruv malakaviy ishi, odatda, mundarija, kirish qismi, asosiy qism
(dissertatsiya bo’limlari), xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovadan
iborat bo’lib, o’rnatilgan tartibda rasmiylashtiriladi.
Titul varag’i namuna (1,2-ilovalarga qarang) bo’yicha rasmiylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |