O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi


Bitiruv  malakaviy  ishining    umumiy  tavsifi


Download 1.56 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/51
Sana05.01.2022
Hajmi1.56 Mb.
#225792
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51
Bitiruv  malakaviy  ishining    umumiy  tavsifi.    BMIning  kirish  qismi  quyidagi 

qismlardan iborat bo’ladi: 

a)  mavzuning dolzarbligi; 

b)  muammoning o’rganilganlik darajasi; 

c)  maqsadi va vazifalari; 

d)  obhekti va predmeti; 

e)  amaliy yangiligi va ahamiyati; 

f)  xulosalarni qo’llash bo’yicha tavsiyalar. 

 2.5. BMIning bo’limlari uchtadan kam bo’lmasligi kerak (3-ilova). Bo’limlarda 

ishning  asosiy  mazmuni  bayon  etiladi.  Odatda,  dissertatsiya  va  malakaviy  ishning 

birinchi  bo’limida  talabgor  ilmiy-texnik  muammo  doirasida  o’rganilayotgan 

masalaning  bugungi  holatiga  qisqa  baho  berib  o’tishi  kerak.  Bu  baho  va  tavsif 

dissertatsiya yoki malakaviy ishning kirish qismida ham berilishi mumkin. 

Bundan  tashqari,  bu  yerda  muammo  bayon  qilinishi,  tadqiqot  maqsadida 

belgilangan  natijalar  mazkur  fan  sohasida  mavjud  emasligini  ko’rsatib  berilishi  va 

tadqiqot vazifalari qo’yilishi kerak. Dissertatsiya va  malakaviy  ish asosiy qismining 

keyingi bo’limlari birinchi bo’limda ko’yilgan masalalarni yechishga bag’ishlanadi. 

2.6. 

Malakaviy  ish  har  qanday  ilmiy  ishga  qo’yiladigan  quyidagi  talablarga 

javob berishi lozim: 

1.  Materialni  bayon  qilishda  dissertatsiya  va  malakaviy  ish  bo’limlarining 

bir-biri  bilan  o’zaro  bog’liqligi,  bo’limlar  ichida  paragraflar  va  bandlar 

aloqadorligi  haqida  o’quvchiga  aniq  tushuncha  bera  oladigan  mantiqiy 

izchillik; 

2.  Dalillarning ishonchliligi; 

3.  Bayon 

qilingan 

fikrning 

boshqacha 

talqinini 

istisno 


qiladigan 

tarzda aniq va qisqa bo’lishi; 

4.  Tadqiqotning  har  bir  bo’limidagi  xususiy  masala  (masalalar)ni 

echimi natijalarini aniq bayon qilinishi. 



So’nggi  talabni  bajarish  uchun  talabgor  dissertatsiya  va  malakaviy  ish 

bo’limlarining oxirida paragraf tarzida bo’lim bo’yicha xulosalar berishi kerak. 

2.7. Xulosa 




Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling