1. Bitiruv malakaviy ishini bajarish (keyingi satrlarda malakaviy ish) – oliy
o’quv yurti bakalavriatida talabalarni o’qitishning yakuniy bosqichidir.
Malakaviy ishni bajarish maqsadi:
Tahlim bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni mustahkamlash va
kengaytirish, olingan bilimlarni ilmiy, texnikaviy, ishlab chiqarish,
iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy vazifalarni hal etishda qo’llash;
Ijodiy ishlash, ishlab chiqilayotgan masalaning (muammoning) qo’yilish
jarayonidan boshlab, uni to’la nihoyasiga yetkazish bo’yicha qaror qabul
qilishda bo’lgan mashuliyatni his etishga o’rgatish;
Tahlil qilishga, o’z ustida mustaqil ishlashga, muammoni qo’yilishi va uni
hal etish bo’yicha asoslangan taklif va tavsiya ishlab chiqishga o’rgatish;
Zamonaviy asbobsozlik, ishlab chiqarish, texnika va texnologiyaning
rivojlanishi sharoitida talabalarni mustaqil ishlashga tayyorgarligini
tahminlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |