O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus tahlim vazirligi
Download 1.56 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ishi matni
- Bo’limlarning nomlanishi
va
takliflar butun
tadqiqot bo’yicha qisqa umumlashtirilgan natijalardan hamda
olingan natijalardan 6 foydalanish, ularni tatbiq
qilish bo’yicha tavsiyalardan iborat bo’lishi kerak. 2.8. Malakaviy ish mavzusi yuzasidan foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati (10 punktdan) 4-ilovaga muvofiq tarzda rasmiylashtirilishi tavsiya etiladi. Ro’yxatning tuzilishi tartibi muallifning o’zi tomonidan belgilanadi. Adabiyotlar ro’yxatida materiallarni joylashtirishning alifbo, sistematik va matnda havola ketma- ketligi tartibida berish keng tarqalgan usullaridan hisoblanadi. 2.9. Matnda adabiyotga havola tartib raqami bo’yicha satr osti eslatmalari shaklida beriladi. Malakaviy ish mavzusi bo’yicha asosan so’nggi 10-15 yil ichida nashr qilingan adabiyotlardan foydalanish tavsiya etiladi. 2.10. Ilovalar malakaviy ishning asosiy matni bilan birga bitta kitobga jamlangan bo’lishi lozim. Ilovalarga malakaviy ish matnini to’ldiruvchi va tasvirlovchi turli yordamchi materiallar kiritiladi: oraliq matematik isbotlar, formulalar, hisob-kitoblar; statistik mahlumotlar va ularni qayta ishlash metodlari; aniq tajribalar natijalari; dastlabki materiallar; yordamchi jadvallar; tajribalarda, o’lchash va sinovlarda qo’llanilgan apparatlar va uskunalar tahrifi; malakaviy ish tadqiqoti jarayonida ishlab chiqilgan kompyuterda yechilgan masalalar yordamchi algoritmlari va dasturlari, metodlari; yordamchi xarakterdagi illyustratsiyalar (tasvirlar); mukammal izohlar; malakaviy ish ishining natijalarini tatbiq etish bo’yicha dalolatnomalar va boshqalar. Ilovalar ketma-ketligi tartibi malakaviy ishda ularga murojat qilish tartibiga mos kelishi va foydalanish qulayligini tahminlashi kerak. 2.11. Bitiruv malakaviy ishi matni kompg’yuterda WORD dasturining Times New Roman shrifti 14 o’lchamda 1,5 intervalda A4 (21x29) formatli standart oq qogozning bir tomonida kompg’yuterda yozilgan bo’lishi kerak. Malakaviy ish betlarida matnning chap tomoni 30 mm, yuqori tomoni 25 mm, o’ng tomoni 15 mm, quyi tomoni 25 mm bo’sh bo’lishi kerak. Bitiruv malakaviy ishi hajmi 10-15 ming so’z hajmida belgilanadi. 2.12. Malakaviy ishning barcha betlari titul betidan oxirgi betgacha tartib bilan raqamlanadi. Birinchi bet titul varag’i hisoblanib, unga raqam qo’yilmaydi, keyingi betga "2" raqami qo’yiladi va hokazo. Tartib raqami betning pastki tomonining o’rtasiga qo’yiladi. Malakaviy ishning har bir bo’limi yangi betdan boshlanadi. Ushbu qoida ishning boshqa asosiy tuzilmaviy qismlari: kirish qismi, xulosalar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati, ilovalarga ham tegishli. Bo’lim ichidagi paragraflar oldingi paragraf tugagandan so’ng 3-4 interval tashlanib davom ettiriladi.
7 2.14. Bo’limlarning nomlanishi bosh harflar bilan yoziladi. Bo’lim ichidagi nomlanishlar xatboshidan kichik harflar bilan yoziladi. Sarlavhalarni yozishda bo’g’in ko’chirishga ruxsat berilmaydi. Sarlavha oxirida nuqta qo’yilmaydi. Sarlavha va matn orasida 3-4 interval bo’lishi tavsiya etiladi. Sarlavhani tagiga chizib yozishga ruxsat etilmaydi. 2.14. Malakaviy ishning bo’limlari, bo’lim ichida paragraflar butun ish bo’yicha arab raqamlari bilan belgilanadi. Kirish va xulosa qismlari raqamlanmaydi. Paragraf raqami nuqta
bilan ajratilgan bo’lim va paragraf raqamidan iborat bo’ladi. Paragraf raqami oxirida nuqta qo’yiladi, masalan,"2.3." 2.15. Matndagi formulalar puxta va aniq yozilgan bo’lishi shart. Katta va kichik harflar, yuqori va pastki indekslar formulada aniq berilishi kerak.
Formula uchun
belgilarning o’lchami quyidagicha belgilanadi: katta harflar va raqamlar 5-6 mm, kichik harflar 3 mm, daraja ko’rsatkichlari va indekslari 2 mm dan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. Simvollarning mahnolari bevosita formula ostida ularning formuladagi ketma- ketligi bo’yicha beriladi. Har bir simvolning mahnosini yangi qatordan berish lozim. Berilgan mahnolarning birinchi qatori "bunda" so’zi bilan ikki nuqtasiz boshlanadi. Tenglama va formulalar matndan alohida bo’sh qatorlar bilan ajratib yoziladi. Har bir formulaning yuqori va pastki tomonlarida kamida bir satrdan joy qoldirish kerak. Agar tenglama bitta qatorga sig’masa, sig’magan qism tenglik belgisi (=) dan yoki qo’shish (+), ayirish (-), ko’paytirish (x), bo’lish (:) belgilaridan keyin ko’chirilishi kerak. Malakaviy ishdagi formulalar (agar ular bittadan ko’p bo’lsa) bo’lim doirasida arab raqamlari bilan belgilanadi. Formula raqami bo’lim raqami va formulaning bo’limdagi tartib raqamidan tashkil topib, o’zaro nuqta bilan ajratiladi. Bu narsa betning o’ng tomonida formula bilan bir qatorda qavslar bilan ko’rsatiladi (5-ilovaga
Download 1.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling