O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet205/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Ko’rgazmali obrazli tafakkur - tafakkur turlaridan biri, bu tasavvur qilinayotgan narsa va hodisalar haqida fikrlashni xarakterlab beradi.
Ko’rgazmali harakat tafakkuri - tafakkur turlaridan biri, narsa va xodisalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda namoyon bo’ladi.
Nazariy tafakkur - tafakkur turlaridan biri, u ob'ektlarning xususiyatlarini, qonuniyatlarini ochishga qaratilgan bo’ladi.
Sintez - (yunon. sintbasis - birikish, qo’shilish) - tafakkurning yagona analitik - sintetik jarayonida yakka hodisalarni umumiylashtirishga qaratilgan fikr yuritish operasiyasi.
So’z - mantiqiy tafakkur - tafakkur turlaridan, bu mantiqiy operasiyalar, omillar yordamida tushunchalar orqali ifodalanadi.
Taqqoslash - narsa va hodisalar o’rtasidagi o’xshashlik va tafovutlarni aniqlashga asoslangan fikrlash operasiyasi.
Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo’lmaydigan narsa va hodisalar tafakkurda ongli ravishda aks etadi.
Tahlil - tafakkur qilish usuli, bunda murakkab ob'ektlar qismlarga bo’lib o’rganiladi.
Tushuncha - voqelikdagi narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlarini bitta so’z yoki so’zlar guruhi bilan ifodalashdan iborat tafakkurning mantiqiy shakli.
Umumlashtirish - voqelikdagi narsa va hodisalarni umumiy va muhim belgilariga qarab fikran birlashtirishdan iborat tafakkur jarayoni.
Xulosa chiqarish - tafakkurning mantiqiy shakllaridan, bunda bir qayta hukmlar asosida ma'lum xulosa chiqariladi.
Yaqqol harakatli tafakkur - tafakkur turlaridan, u narsalar bilan ishlash jarayonida ularni bevosita idrok qilishda ifodalanadi.
Hukm - tafakkur - usullaridan, u narsa va hodisalar o’rtasida o’zapo biron- bir bog’lanishlarning borligini tasdiqlash yoki inkor qilinishda ifodalanadi.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling