O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Inson va hayvonlardagi emotsiyalar


Download 3.55 Mb.
bet228/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Inson va hayvonlardagi emotsiyalar


Odam his-tuyg’ulari bilan hayvon hissiyotlari o’rtasida juda katta farq bo’ladi. Odamda juda ko’p miqdorda his-tuyg’ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda uchramaydi. Shuning uchun ham odam ham xayvon uchun umumiy bo’lgan g’azablanish, qo’rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g’amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi. Shu o’rinda S.Shexterning emosional faktorlarning paydo bo’lishi kognitiv-fiziologik konsepsiyasini keltirib o’tish joiz.

Fizik faktorlar (ta'sir etuvchi stimullar)


Psixologik (kognitiv) faktorlar: xotira, aktual qiziqish) va extiyojlar nuqtai nazaridan vaziyatni baholash





Emosional kechinma (fizik, fiziologik va psixologik omillar asosida)




Insoniy emotsiyalar "insoniylashtirilgan" ijtimoiy sharoit bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi. Emotsiyalarning "insoniylashuvi" shunday namoyon bo’ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni, juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyati, oilaviy hayot o’rtasida paydo bo’lgan munosabatlarning ko’pligi, sof insoniy hissiyotlarning paydo bo’lishiga olib keladi. Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshiga ochiq ko’ngillik bilan jilmayish, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy berishni o’rgatdi. Odam o’z hissiyotlarini o’zi boshqaradi. Ba'zi kishilar emotsiyalarini yashirish niyatida qarama-qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar. Masalan, qayg’urish yoki qattiq og’riq paytida kulimsirash, kulgilari kelgan paytda yuzlarini jiddiy, o’ychan holga keltira oladilar. Lekin o’zining imo- ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish, qon aylanish va ovqat hazm qilish tizimidagi o’zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo’ladi. Odam xayajonlangan paytda bir maromda nafas ola biladi, ko’z yoshlarini ushlab qola oladi, lekin rangini o’zgartirish yoki qizartirishga qodir emas. Ammo emotsiyalarni paydo qiluvchi narsalardan o’zini chalg’itishi mumkin.

Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   224   225   226   227   228   229   230   231   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling