O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi


Download 3.55 Mb.
bet272/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Nerv sistemasi tiplarining kelib chiqishi.


Nerv sistemasining umumiy tiplari kelib chiqishi yuzasidan mulohaza yuritilganda, albatta I.P.Pavlovning ta'limotini eslash maqsadga muvofiqdir, chunonchi irsiyat yo’li bilan shartlangan tip-bu genotip demakdir. Hozirgi davrda nerv sistemasining umumiy tipi (genotip) irsiyatga bog’liq ekanligi haqidagi ma'lumotlar, juda ko’p bo’lib, ular qiyosiy jihatdan hayvonlarni o’rganish natijasida topilgandir.
Temperamentning tipologiyasi mobodo insonlar temperamentlari bo’yicha qiyoslansa, u holda uning xususiyatlari jihatidan o’zaro o’xshash shaxslarning guruhi mavjudligi namoyon bo’ladi. Bu asnoda eramizdan oldingi davrda ham temperament tiplari to’g’risida materiallar to’plangan.
I.P. Pavlov ta'limoti bo’yicha nerv sistemasi tiplarining va Gippokrat ta'limoti bo’yicha temperamentning o’zaro munosabatlari



Temperament tiplari

Нерв системасининг
кучи

Nerv tizimining muvozanati

Nerv tizimining ildamligi

Xolerik

Kuchli jo'shqin

Muvozanatsiz qizg'in

Serharakat

Sangvinik

Kuchli serharakat

Muvozanatli

Serharakat

Flegmatik

Kuchli vazmin

Muvozanatli

Inert (sust)

Melanxolik

Kuchsiz

Muvozanatsiz tormozli

Serharakat yoki inert

Ularda temperament tipi deyilganda, insonlarning muayyan guruhlarini tavsiflovchi psixik xususiyatlarning yig’indisi (majmuasi) tushuniladi. Hozirgi davrda temperament tipi deganda, ma'lum insonlar guruhi uchun umumiy bo’lgan xususiyatlarning sodda majmuasi emas, balki mazkur xususiyatlarning qonuniy, zaruriy o’zaro bog’liqligi tushuniladi. Temperament tipini tavsiflovchi xususiyatlarning qonuniy tarzda o’zaro bog’liqligi quyidagicha aks etishi mumkin.
Nerv sistemasi va temperamentning bog'liqligi

Nerv tizimining turlari

Kuchli







Kuchsiz







Jonli

Inert




Nerv jarayonlari xususiyatlari

Kuch Vazminlik harakatlanish

Kuchli

Harakatlanish



Kuchli

Harakatlanish



Kuchli

Sust


Kuchsiz
Harakatchan yoki sust

Temperament




Xolerik

Sangvinik

Flegmatik

Melanxolik

Temperament va psixik reaksiyaning bog'liqlig




Reaktsiya




Temperament

Tezkorlik

Kuch

Sangvinik Xolerik Flegmatik
Melanxolik

Tez Tez Sekin

o'rta
haddan tashqari
kuchli




Sekin

kuchsiz

Temperament tiplarining psixologik tavsifi quyidagi muhim xususiyatlar yordami bilan aniqlanishi mumkin va ularning psixologik tavsifini quyidagi jadvalda ko’rishimiz mumkin.





Temperament tiplarining psixologik tavsifnomasi

























Senzitivlik




Reaktivlik




Faollik




Reaktivlik va faollikning o'zaro munosabati




Reaksiya tempi




Harakatlarning silliqligi (qotib qolganligi)




Ekstraverlik va intraventlik

  1. Senzitivlik (lotincha Sensus - sezish, his qilish degan ma'no anglatadi). Senzitivlik yuzasidan insonda birorta psixik reaksiyani hosil qilish uchun zarur bo’lgan o’ta kuchsiz tashqi taassurot kuchiga qarab mulohaza yuritiladi, jumladan, sezgilarning paydo bo’lishi uchun kerak qo’zg’ovchining ozgina kuchi (ularning quyi chegarasi), ehtiyojlar qondirilmasligining sezilar-sezilmas darajasi (shaxsga ruhiy azob beruvchi) mujassamlashadi.

  2. Reaktivlik. Bu to’g’rida aynan bir xil kuch bilan ta'sir etuvchi tashqi va ichki taassurotlarga shaxs qanday kuch bilan emosional reaksiya qilishiga qarab munosabat bildiriladi. Reaktivlikning yorqin ro’yobga chiqishi-emosionallik, ta'sirlanuvchanlikda ifodalanishidir.

  3. Faollik. Bu borada inson qanday faollik darajasi bilan tashqi olamga ta'sir etishi va maqsadlarni amalga oshirishda ob'ektiv hamda sub'ektiv qarama- qarshiliklarni faollik bilan engishga qarab fikr yuritiladi.

  4. Reaktivlik bilan faollikning o’zaro munosabati. Odamning faoliyati ko’p jihatdan nimaga bog’liqligiga binoan, chunonchi tasodifiy tarzdagi tashqi va ichki sharoitlarga (kayfiyatga, favquloddagi hodisalarga) yoki maqsadlarga, ezgu niyatlarga, xohish-intilishlariga ko’ra fikr bildirish nazarda tutiladi.

  5. Reaksiya tempi. Turli xususiyatli psixik reaksiyalar va jarayonlarning kechish tezligiga, nutq sur'atiga, farosatliligiga, aql tezligiga asoslanib xulosa chiqariladi.

  6. Harakatlarning silliqligi va unga qarama-qarshi sifat rigidlik (qotib qolganlik), shaxsning o’zgaruvchan tashqi taassurotlarga qanchalik engillik va chaqqonlik bilan muvofiqlashishiga (silliqlik bilan moslashishga), shuningdek, uning xatti-harakatlari qanchalik sust va zaifligiga (rigidligi qotib qolganligicha) nisbatan baho berishdan iboratdir.

  7. Ekstravertlik va introvertlik. Shaxsning faoliyati va reaksiyasi ko’p jihatdan

kechinmalarga bog’liq, chunonchi favqulotdagi tashqi taassurotlarga (ekstravertlik) yoki aksincha, timsollarga, tasavvurlarga (introvertlik) taalluqligiga asoslangan holda munosabat ifodasidir.

Temperament tiplarining tavsifnomasi


Turli temperament tipiga mansub insonlarda har xil xarakter xususiyatlari, shaxs sifatlari, holatlari ro’y beradi. Temperament tiplariga mos xususiyatlarni muhimlari quyidagi jadvalda aks ettiriladi.
BEQAROR


Download 3.55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   268   269   270   271   272   273   274   275   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling