O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta'lim


Download 3.55 Mb.
bet302/314
Sana14.11.2023
Hajmi3.55 Mb.
#1773244
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   314
Bog'liq
хайдаров, халилова. umumiy psixologiya (1)

Matematik qobiliyat matematik materiallarni umumlashtirish, mulohaza yuritish jarayonini qisqartirish, matematik ish amallarini kamaytirish, masalani

idrok qilish bilan natijasi o’rtasida aloqa o’rnatish, to’g’ri va teskari fikr yuritishdagi yengillik, unumlilik, masala yechishda fikr yuritishni epchilligi kabilar.

  1. Adabiy qobiliyat nafosat hislarining yuksak taraqqiyoti darajasi xotirada yorqin ko’rgazmali obrazlarning jonligini, "til zehni", behisob xayolan ruhiyatga qiziquvchanlik, intiluvchanlik va boshqalar. Ajratib ko’rsatilgan qobiliyatlar tarkibidan ko’rinib turibdiki, matematik va adabiy qobiliyatlar o’zaro bir-biriga o’xshamagan manbalari bilan tafovutga egadir. Bundan shunday xulosa chiqarish mumkinki, pedagogik, musiqaviy, texnik, konstruktorlik, tibbiy qobiliyatlar va shunga o’xshash qobiliyatlar tuzilishi maxsus xususiyatga ega bo’lib kasbiy ahamiyat kasb etishi mumkin.

Rus olimi I.P.Pavlov o’z ta'limotida "badiiy", "fikrlovchi", "o’rta" tiplarga ajratilgan shaxslarning ana shu uchta tipdan bittasiga taallu?li ekanligini tavsiflab beradi. Muallif ushbu tipologiyani yaratishda oliy nerv faoliyatining birinchi va ikkinchi signal tizimidan iboratligi to’g’risidagi ta'limotga asoslanadi. Birinchi signallar tizimi obrazlar, emosiyalardan va ikkinchi signallar tizimi esa obrazlar
?a?ida so’zlar orqali signal berishdan iboratdir. Ikkinchi signal tizimi I.P.Pavlov tomonidan "signallarning signali" deb nomlangan edi. Ushbu tipologiyani osonroq qilib quyidagicha tushuntirish mumkin:

  1. shaxs faoliyatida birinchi signallar tizimining signallari nisbatan ustunlik qilsa, bu inson "badiiy" tipga taaluqlidir;

  2. mabodo "signallarning signali" nisbatan ustuvor bo’lsa, bu shaxs "fikrlovchi" tipga mansubdir;

  3. agarda har ikkala signallar aralashib ketgan bo’lsa (birortasining ustunligi sezilmasa) bu inson "aralash" tipga mansub odamdir.

Tipologiyaning o’ziga xos tomonlari qisqacha ifodalanganda yoki tavsif qilinganida quyidagilar namoyon bo’ladi:

  1. "Badiiy tip" uchun bevosita u taassurotlar jonli tasavvur, yorqin idrok, qis-tuyg’ular (emosiyalar) natijasida vujudga keladigan obrazlarning yorqinligi xosdir.


  2. Download 3.55 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   298   299   300   301   302   303   304   305   ...   314




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling