O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Download 496.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/16
Sana02.01.2022
Hajmi496.13 Kb.
#194118
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
xix asr va xx asrning birinchi yarmida uygur xalqining ijtimoiy-siyosiy tarixi - копия

KIRISH 

 

Mavzuning  dolzarbligi.  Uyg’ur  xalqi  Markaziy  Osiyodagi  eng  qadimgi 

xalqlardan biri bo’lib, o’zining boy, madaniy o’tmishi va ming yillarni o’z ichiga 

olgan  tarixiga  egadir.  Uyg’urlarning  asosiy  qismi  Xitoy  Xalq  Respublikasining 

Sin’sziyan  –  Uyg’ur  muxtor  tumanida  yashaydi.  So’nggi  chorak  asr  davomida 

jahon miqyosida, uyg’ur xalqi va uning tarixi mavzusiga qiziqish birmuncha ortib 

bormoqda.  Shunisi  diqqatga  sazovorki,  uyg’ur  xalqi  Sharqiy  Turkistonda,  o’z 

obro’-  e’tiboriga  loyiq  xalq  sifatida  aholining  asosiy  qismini  tashkil  etadi. 

O’zbekistonda ham uyg’ur xalqi tarixi bilan shug’ullanib kelayotgan olimlar ulkan 

tadqiqot ishlari olib bormoqdalar. 

O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgandan beri uzoq va yaqin davlatlar 

bilan hamkorlik, tinchlik, teng huquqli, bir-birlarining ichki ishlariga aralashmaslik 

kabi  tamoyillarga  asoslangan  tashqi  siyosatni  bosqichma-bosqich  amalga  oshirib 

kelmoqda.  Hozirda  jahonning  150  dan  ortiq  davlatlari  bilan  O‘zbekiston 

diplomatik  munosabatlar  o‘rnatgan.  Shunday  davlatlardan  biri  hududi,  aholisi  va 

tarixi  bilan  jahonda  katta  mavqyeiga  ega  Xitoy  Xalq  Respublikasi  hisoblanadi. 

Hozirda  geografik  jihatdan  Markaziy  Osiyo  ning  bir  bo‘lagi  bo‘lgan  Xitoy  Xalq 

Respublikasi  tarkibidagi  Shinjon-Uyg‘ur  tumani  bilan  O‘zbekiston  o‘rtasidagi 

aloqalar  sifat  jihatidan  yangi  bosqichga  ko‘tarildi.  Bu  aloqalar  O‘zbekiston 

mustaqilligi  arafasida  boshlangan  bo‘lib,  1991  yil  26  iyulda  O‘zbekiston 

Respublikasi  hukumati  bilan  XXR  ning  Shinjon-Uyg‘ur  tumani  o‘rtasida  savdo 

bitimi imzolangan. Bu jarayonlarda Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida birodarlashgan 

Shinjon-Uyg‘ur  tumani  bilan  Andijon  viloyati  Asaka  shahrining  birodarlashgan 

shaharlar  sifatida  rasman  qayd  qilinishi,  2002  yilda  Shinjon-Uyg‘ur  tumani 

markazi  Urumchi  shahrida  Markaziy  Osiyo  davlatlari,  jumladan,  O‘zbekiston 

uchun “xalqaro bozor”ning ochilishi ikki mamlakat halqlari iqtisodiy aloqalarning 

mustahkamlanishiga  zamin  hozirladi.  Bu  aloqalarning  tarixiy  asoslari  qadimgi 

davrlarga borib taqaladi. Bu haqida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.Karimov 

ta'kidlaganidek,  “...  Xitoy  davlati  qadim-qadimdan  bizning  eng  yaqin qo‘shnimiz 

bo‘lib  kelgan.  Ota-bobolarimiz  asrlar,  ming  yillar  davomida  o‘zaro  bordi  -  keldi 



 

qilib,  tajriba  almashib  yashagan.  Halqimizda  “Yon  qo‘shni-jon  qo‘shni”,  degan 



gap  bor...”

1

.  Zero,  “...mintaqada  yashayotgan halqlarning geografik,  etnomadaniy 



va  ijtimoiy-diniy  yaqinligi  millatlararo  muloqot  va  davlatlararo  tashqi  siyosat  va 

savdo-iqtisodiy munosabatlarining ijobiy jihatlari sifatida maydonga chiqmoqda”

2



  Sobiq Ittifoq davrida ikki qo‘shni mamlakat halqlari o‘rtasidagi etnomadaniy 



va  iqtisodiy  aloqalar  tadqiqotchilar  diqqat-markazida  turmagan.  Ular  o‘z 

e'tiborlarini  asosan  ikki  davlat  hukmdorlari  olib  borgan  o‘zaro  kurashlar,  ular 

yuritgan  agressiv  siyosatning  mohiyati  va  uning  oqibatida  ikki  hududda  vujudga 

kelgan  qo‘zg‘olonlar  tarixini  yoritishga  qaratganlar.  Hozirda  taraqqiyotning  o‘z 

mustaqil  yo‘liga  ega  O‘zbekiston  jahon  hamjamiyatiga  faol  qo‘shilayotgan,  o‘z 

tashqi  siyosatini  tinchlik,  hamkorlik,  hamjihatlik  asosida  qurayotgan,  Markaziy 

Osiyoda  integratsion  va  globallashuv  jarayoni  kechayotgan  bugungi  kunda 

O‘zbekiston  va  Sharqiy  Turkiston  halqlarining  o‘tmishdagi  tarixini  o‘rganish 

muhim  ahamiyatga  ega.  Chunki  tarixiy  tajribaga  suyangan  holda  kelajakdagi 

vazifalarni belgilab olish va hal etish mumkin. Bu esa o‘rganilayotgan mavzuning 

dolzarbligini belgilaydi. 

O’zbekiston  davlat  mustaqilligini  qo’lga  kiritgach,  barcha  soxalar  kabi  tarix 

fani  soxasida  ham  ko’pgina  o’zgarishlar  yuz  berdi.  Bu  borada,  O’zbekiston 

Respublikasi  Prezidenti  I.A  Karimov  tashabbuslari

3

 va  O’zbekiston  Respublikasi 



Vazirlar  Mahkamasining  1998  yilda  27  iyul  “O’zbekiston  Respublikasi  Fanlar 

akademiyasi  Tarix  instituti  faoliyatini  takomilashtirish  to’g’risida”gi  qarori  tarix 

fani  rivojlanishini  asosiy  tamoyillari  belgilab  berildi

4

.  O’zbek  davlatchiligi  va 



uning  tashqi  siyasati,  o’zbek  xalqining  etnik  shakllanishiga  oid  turli  tarixiy 

masalalar  yuzasidan  ko’plab  tadqiqotlar  olib  borildi.  Ushbu  masalalar  qatorida 

o’zbek  xalqining  qardosh  va  qondosh  bolgan,  tili,  dini  va  urf-odatlari  o’xshash 

                                                 

1

Karimov I. O‘zbek halqi,  hech qachon hech  kimga qaram  bo‘lmaydi.  2005 yil 25  may  kuni  XXR davlat tashrifi 



bilan jo‘nab ketishi oldidan Toshkent ayeroportida  ommaviy axborot vositalari uchun berilgan intervyu. /  O‘zbek 

halqi, hech qachon hech kimga qaram bo‘lmaydi. - Toshkent: O‘zbekiston. 2005. T. 13. - B. 403.  

2

 Karimov  I.  A.  O‘zbekiston  XXI  asr  bo‘sag‘asida:  xavfsizlikka  tahdid,  barqarorlik  shartlari  va  taraqqiyot 



kafolatlari. - Toshkent, 1997. - B. 88. 

3

 Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz – kelajak yo’q. – Toshkent: Sharq, 1998. 



4

 O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Tarix institutni 

faoliyatini takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori // O’zbekiston tarixi. – 1999. №1. B. 15 – 17 



 

bo’lgan uyg’ur xalqi bilan o’zaro aloqalari tarixi ham tadqiq qilish muhmdr. Shu 



sababdan uyg’ur xalqi tarixini o`rganish muhim ahamiyat kasb etadi. 

 Hozirgi  kunda  Xitoy  hududida  joylashgan  Shinjon-uyg`ur  avtonom  rayoni 

bo`lgan Sharqiy Turkiston hududi qadimda bizning hududimiz bilan uyg`unlashib 

ketgan  va  bu  o`lka  tarixini,  bu  yerda  bo`lib  o`tgan  ijtimoiy-siyosiy  voqealarning 

bizning vatanimizga bo`lgan ta’sirini o`rganish juda ham dolzarb hisoblanadi. Bu 

yerda  turkiy  tilli  xalqlar  yashaganligi,  urf-odat,  an’analar  bizning  xalqimiz 

taomillariga  juda  yaqinligini  hisobga  olib,  o`lkaning  tarixiy  ahamiyati  bizda 

javobsiz qolayotgan savollarga yechimi bo’lishi tabiiy. 

Masalani  dolzarbligi  yana  shundaki,  XIX  asr  oxiri  -  XX  asr  birinchi  yarmi 

davomida  bir  tomondan  Rossiya  va  uning  mustamlaka  o’lkalarida,  ikkinchi 

tomonidan  Xitoyda  ulkan  siyosiy  -  ijtimoiy  o’zgarishlar  ro’y  bergan.  1912  yilda 

Xitoy Chin (manjur sulolasi) hukmronligidan ozod bo’ldi, inqilobiy jarayonlar ro’y 

berib, oqibatda 1949 yilda sotsiyalistik yo’ldan boruvchi Xitoy Xalq Respublikasi 

tashkl topdi. Rossiya imperiyasida esa podsholik tuzumi tugab sovet davlati tashkil 

topdi. Ushbu o’zgarishlar qanchalik chuqur ijtimoiy – siyosiy ma’no kasb etmasin, 

Sharqiy  Turkistonga  munosabatining  mohiyati  o’zgarishsiz  qolaverdi.  Xitoy 

Sharqiy  Turkistonni  o’z  ta’sir  doirasidan  chiqarmaslk  yo’lda  qat’iy  siyosatni 

davom ettirmoqda. Biroq ushbu murakkab jarayon tarixi va tarixshunosligi yetarli 

o’rganilgan  emas.  Buning  ustiga  Xitoy  tomoni  ilmiy  va  ommabop  targ’ibot 

ishlarida o’zining Sharqiy Turkistonga munosabatini mumkin qadar qonuniy qilib 

ko’rsatshiga harakat qilib kelmoqda. Uyg’ur xalqining o’z taqdirini o’zi belgilash 

huquqi  masalasi  Xitoy  siyosatiga  oppozitsiya  va  separatistik  harakatlar  deb 

hisoblanadi.  Bu  masala  ijtimoiy  siyosiy  jihatlari  bilan  chuqur  tadqiqotlarni  talab 

qiluvchi dolzarb muammo hisoblanadi. 

Dunyo  mamlakatlarining,  ayniqsa  ilg’or  mamlakatlarning  O’zbekistonga 

qiziqishlari juda katta. Bunga bir misol O’zbekiston Xitoy aloqalarini aytib o’tish 

o’rinli. Uyg’ur xalqi XIX-XX asrning 2 yarmida boshidan kechirgan, kunlari tarix 

fani  uchun  ham  katta  ahamiyatga  ega,  ularning  aksariyat  qismi  qiziqarli 

ma’lumotlar ilmiy muomalaga kiritildi. 



 

Uyg’ur  tarixi  xaqida  ko’plab  manbalar kutubxonalarga  taqdim  etildi.  Ammo 



nashr etilgan asarlarning ko’pchiligi xorijiy tillarda, xususan xitoy tilida yozilgan. 

Birgina Xitoy tilida nashr etilgan kitoblarni tilga oladigan bo’lsak, kamida 50-60 ta 

asarni  sanab  o’tish  mumkin.  Ulardagi  ma’lumotlar,  ayniqsa  bizga  etib  kelmagan 

ilmiy faktlar juda noyobdir. Albatta Xitoy Xalq Respublikasining Markaziy Osiyo 

hududidagi va Uyg’ur xalqiga bo’lgan katta qiziqishi bilan bevosita bog’liqdir. 

Uyg’ur  xalqining  ahamiyati  oshgani  sari  olimlar  va  mutaxasislar  mazkur 

yo’lning o’tmishiga, bugungi xolatiga va kelajagiga oid barcha masalalariga, qayta 

qayta  murojat  etmoqdalar.  O’zbekiston  olimlari  ham  Uyg’ur  xalq  mavzusiga 

ko’pdan  beri  qiziqib  kelmoqdalar,  bu  borada  bir  qancha  kitoblar  nashr  qilindi, 

lekin bu bilan Uyg’urlar mavzusi to’la to’kis yoritib bo’lindi deb aytolmaymiz. 

Shularni  inobatgan  olgan  holda  biz  tanlagan  mavzuning  ko’plab  qirallari 

manba  va  xujjatlar  bilan  yoritilgan.  Mavzuni  dolzarbligi  uning  ana  shu  ilmiy  va 

nazariy ahamiyati bilan belgilanadi. 


Download 496.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling