O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim
Tadqiqotning manbaviy asoslari
Download 496.13 Kb. Pdf ko'rish
|
xix asr va xx asrning birinchi yarmida uygur xalqining ijtimoiy-siyosiy tarixi - копия
Tadqiqotning manbaviy asoslari. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida
Sharqiy Turkiston tarixi, yani uyg’urlar tarixiga jaxon ilmiy markazlarda qiziqish ortgan. Ko`plab uyg’urshunos olimlar o`z ilmiy tadqiqotlarini ishlarini boshlaganlar. Bu o`lka tarixini o`rganish uchun juda ko`plab ekspeditsiyalar uyshtirildi va ko`plab natijalarga erishildi. Bulardan eng ko`zga ko`rinarlilaridan biri bu Rossiya geografiya jamiyati tomonidan olib borilgan ekpeditsiyalardir. Ular quyidagilardan tashkil topgan: 1.
M.M. Berezovskiy rahbarligidagi Kucha shahriga qilingan ilmiy safar (1905 – 1907); 2. 1905 – 1907 yillarda A.I. Koxanovskiy rahbarligidagi Turfon shahriga uyushtirilgan ekpeditsiya; 3.
1909 – 1915 va 1913 – 1915 yillarda C.E. Malov tomonidan Sharqiy Turkiston o`lkasiga safar; 4. 1914 – 1915 yillarda S.F. Oldenburg boshchiligidagi ilmiy safar. Bu yerdagi ilmiy tadqiqot natijalari, jumladan, topilgan buyumlar, yozma manbalar Rossiya olib ketilgan va muzelarda saqlanadi. Bu o`lka tarixini o`rganishda faqat rus olimlari shijoat ko`rsatgan deb aytsak xato qilgan bo`lamiz. Chunki boshqa mamlakatlardan ham ko`plab ko`zga ko`ringan olimlar bu yerda o`z ilmiy tadqiqotlarini olib borganlar. Jumladan, 1906 yilda fransuz olimi P. Pelo Dunxuanda, 1906 – 1908 yillarda ingliz olimi A. Steynlar o`z tadqiqot ishlarini olib borganlar. Bundan tashqari nemis olimlar Gut, A. Gryuvedel, A. fon Lekoklar XX asr boshlarida Turfa, Qumul, Koshg`ar, 9 Kuchar, Moralboshi, Qizil, Qorashahar kabi shaharlarda ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borganlar 7 . Yuqorida nomlari tilga olingan olimlar olib borgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasida mazkur mintaqada qadim davrlardan beri yashab kelayotgan uyg`ur xalqining tarixi, madaniyati va san’atiga doir juda ham ko`plab qo`lyozma manbalari va boshqa shu kabi moddiy-madaniy buyumlar topib o`rganildi. Ayni vaqtda mazkur noyob madaniy yodgorliklar Rossiya, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya, Hindiston, Yaponiya va boshqa davlatlarning muzey va kutubxonlarida saqlanmoqda 8 . 2. Mazkur davrda son-sanoqsiz janglar, qo’shni mamlakatlar bilan o’zaro manfaatlarning to’qnashuvi, davlatchilik hayotidagi vaziyatlar bilan tavsiflanadi. Mazkur muomoli vaziyatda davlatning ichki va tashqi siyosati ta’sirini natijasi edi.
Download 496.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling