Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim


Download 56.09 Kb.
bet2/8
Sana16.02.2023
Hajmi56.09 Kb.
#1203387
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Marketing prinsplari sirtqi uchun qo\'llanma

KIRISH


Kadrlar tayyorlash milliy dasturida chuqur nazariy va amaliy bilimlar bilan bir qatorda tanlagan sohasi bo‘yicha mustaqil faoliyat ko‘rsata oladigan, o‘z bilimi va malakasini mustaqil ravishda oshirib boradigan, masalaga ijodiy yondoshgan holda muammoli vaziyatlarni to‘g‘ri aniqlab, tahlil qilib, sharoitga tez moslasha oladigan mutaxassisllarni tayyorlash asosiy vazifalardan biri sifatida belgilangan.
“Marketing prinsiplari” fani talabalarni makroiqtisodiy kategoriyalar, makroiqtisodiy muammolarning namoyon bo’lishi shakllari va sabablari, iqtisodiy jarayonlarni tahlil etish, marketing maqsadlari va vositalari, ochiq iqtisodiyot sharoitida marketing yuritish xususiyatlari to’g’risida ilmiy tasavvurlarni shakllantirish hamda marketing ko’rsatkichlarni hisoblash, marketing konsepsiya va modellardan foydalangan holda iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilish, marketinga oid siyosat natijalarini aniqlash usullarini o’rgatish vazifalarini bajaradi.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi. Talaba:

  • Marketing prinsiplari fanining predmetini, ob’ekti hamda makroiqtisodiy agentlar;

  • marketing ko‘rsatkichlarning mohiyati va ularni hisoblash shartlari;

  • asosiy marketingdagi modellar va ularda iqtisodiy jarayonlarning kechishi hamda marketing siyosat natijalarini aks ettirish;

  • tovarlar va xizmatlar bozorida marketing jarayonining muvozanatga erishish mexanizmining mohiyati;

  • sotish muammolariga ta’sir etuvchi omillar;

  • bozorni o‘rganishning maqsadlari, vositalari, ko’rinishlari;

  • iqtisodiy o‘sishning mohiyati, o‘lchanishi, omillari va modellari;

  • tashqi savdo siyosatining nazariy asoslari va vositalari;

  • mamlakat to‘lov balansining tuzilishi, makroiqtisodiy ahamiyati va uni tartibga solish usullari;

  • valyuta kursining mohiyati, makroiqtisodiy ahamiyati, uni belgilovchi omillar va barqarorligini ta’minlash shartlari;

  • iqtisodiy jarayonlarni tahlil qilishda makroiqtisodiy modellarni qo‘llashni;

  • marketing ko‘rsatkichlarni tahlil qilishni;

  • marketinga oid siyosatning ijobiy va salbiy oqibatlariga baho berishni;

  • marketinga oid siyosatning natijalarini prognoz qilishni bilishi va ulardan foydalana olish;

  • marketing ko‘rsatkichlarni hisoblash;

  • tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa va uzoq muddatli muvozanatni ta’minlash mexanizmini tushuntirib berish;

  • pul bozorida muvozanat yuzaga kelishining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash;

  • marketinga oid siyosatning iqtisodiy jarayonlar va alohida ko‘rsatkichlarga ta’sir ko‘rsatishi qonuniyatlari aniqlash;

  • tashqi savdo siyosati va valyuta kursini tartibga solish orqali to‘lov balansi holatiga, yalpi talab va yalpi taklif hajmlariga ta’sir ko‘rsatish usullarini tavsiflab berish;

  • ochiq iqtisodiyot sharoitida marketing jarayonlarning kechishi hamda marketinga oid siyosatning o’ziga xos xususiyatlarini, milliy va jahon iqtisodiyoti darajasida bozor mexanizmi qanday amal qilishini izohlab berish konikmalariga ega bolishi kerak.

Ma’lumki, axborot va bilimlar doirasi tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan hozirgi sharoitda barcha ma’lumotlarni faqat dars mashg‘ulotlari paytida talabalarga yetkazish qiyin.
Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, talaba mustaqil ravishda shug‘ullansa va o‘z ustida tinimsiz ishlasagina bilimlarni chuqur o‘zlashtirishi mumkin. Talabalarning asosiy bilim, ko‘nikma va malakalari mustaqil o’zlashtirish jarayonidagina shakllanadi, mustaqil faoliyat ko‘rsatish qobiliyati rivojlanadi va ularda ijodiy ishlashga qiziqish paydo bo‘ladi.
Shuning uchun talabalarning nazorat ishlarini bajarish bo‘yicha mustaqil ta’lim olishlarini rejalashtirish, tashkil qilish va buning uchun barcha zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, dars mashg‘ulotlarida talabalarni o‘qitish bilan bir qatorda ularni ko‘proq o‘qishga o‘rgatish, bilim olish yo‘llarini ko‘rsatish, nazorat ishlarini yozish hamda o’zlashtirish uchun yo’l yo’riq berish oliy ta’lim muassasasining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Download 56.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling