O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziligi


Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli


Download 142.71 Kb.
bet3/4
Sana26.03.2023
Hajmi142.71 Kb.
#1298008
1   2   3   4
Bog'liq
Toshmirzayeva Shaxnoza. Kurs ishi

1.2. Tarbiya jarayonining jamiyat taraqqiyotidagi roli

Jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin egallagan insonni tarbiyalash, uni bilim olishga, mehnat qilishga undash va bu hatti harakatini sekin - asta ko‘nikmaga aylantirib borish lozim. Insonning mushohada qilishi qobiliyatni tarbiyalaydi va aqlni peshlaydi. Aql ongni saqlaydi. Ong esa moddiy va ma’naviy manbaga aylanadi. Shu tarzda inson asta - sekin takomillashib, komillikka erishib boradi. ammo buning uchun tarbiyachi va tarbiyalanuvchilardan uzoq davom etadigan mas’uliyat, sharafli mehnat va qunt, irodani talab etadi. Bunda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatini e’tiborga olishi zarur.


Ma’naviy va insoniy sifatlarning shakllanishida oiladagi, atrofdagi, jamiyatdagi muhit va munosabat muhim o‘rin egallaydi. Bolalarni taqlidchanlik xususiyati mavjudligi tufayli ularni tarbiyalashda ota - onaning ongi, ma’naviyati, bilimi, tarbiyalanganligi muhim ahamiyatga egadir.
Aniq bir maqsadga qaratilgan tarbiyaning samaradorligi tarbiyachining qanday metoddan foydalanishiga bog‘liq.
Metod, ya’ni usul axborotni uzatish va qabul qilish xarakteriga qarab:
1. So‘z orqali ifodalash usuli.
2. Ko‘rgazmalilik usuli.
3. Amaliy namuna usuli.
4. Rag‘batlantirish va jazo usullariga bo‘linadi.
Bu metodlar o‘z navbatida quyidagi guruhlarga bo‘linadi.
Birinchi guruh - so‘z orqali uzatish, maslahat berish, ma’lumotlarni eshitish orqali qabul qilish, hikoya, ma’ruza, suhbat va boshqa usullarga.
Ikkinchi guruh - kinofilmlar, tasviriy san’at, badiiy san’at va boshqa ko‘rish orqali tarbiyalash usullariga.
Uchinchi guruh - tarbiya jihatlarini amaliy mehnat harakatlari orqali berish, o‘rnak ko‘rsatish, boshqalar mehnatini misol tariqasida ko‘rsatish.
To‘rtinchi guruh - yaxshi bajarilgan ishlarni o‘rtoqlari oldida ma’qullash, minnatdorchilik bildirish, iqtisodiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Jazo - bu bolaning noto‘g‘ri qilgan ishiga o‘zini iqror qildirish.
Tarbiya jarayoniga, milliy ma’naviyatimizga, mafkuraga oid tushunchalarni ko‘rib chiqaylik:
Tarbiya - har bir insonning hayotida, yashashi mobaynida orttirgan saboqlari va intellektual salohiyatlarining ijobiy ko‘nikmasini o‘zgalarga berish jarayoni.
Tarbiyalanganlik - jamiyatda qabul qilingan axloqiy normalarga bo‘ysunish va o‘zgalarning nafratini qo‘zg‘atadigan hatti harakatlardan o‘zini tiya bilish.
Beruniy insonning kamolatga yetishishida ilmu ma’rifat, san’at va amaliyot asosiy rol o‘ynasada, nasl - nasab, ijtimoiy muhit va turmush qonuniyatlari ham katta ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi. Uning fikricha inson kamolga yetishuvining eng muhim omillari ilm ma’rifatli bo‘lish va yuksak axloqlilikdir. Axloqlilikning belgilari yaxshilik, to‘g‘rilik, adolat, kamtarlik, saxovat, oliyjanoblik, do‘stlik va hamkorlik, mehnat, poklik, go‘zallikka intilish kabilardir4.
Adolat - hayotiy masalalarni axloqiy va huquqiy normalarni rioya etgan holda hal etishdir.
Adolat tushunchasi bilan bog‘liq jihatlar juda keng qamrovli bo‘lib, adolatli inson, adolatli jamiyat kabi tushunchalar shunday jihatlar jumlasiga kiradi. Adolatparvarlik tushunchasi esa adolat tamoyili amal qilgan holda ish olib borish, yo‘l tutish, faoliyat yuritish demakdir. Prezidentimiz I.A.Karimov "O‘z kelajagimizni o‘z qo‘limiz bilan qurmoqdamiz" (1999 yil, 13 fevral) mavzusidagi "Turkiston" gazetasi muxbirining savollariga javoblari biz uchun dasturilamal bo‘ldi.
Vatan, millat taqdiri hal bo‘ladigan qaltis vaziyatda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun avvalo tarixni yaxshi bilish, hayotning achchiq- chuchugini bilish kerak.
Adolat biz qurayotgan jamiyatning mezoni bo‘lmog‘i darkor.
Endi, eski jamiyatni inkor qilish yoki ma’qullash kayfiyatidan voz kechib, bunyodkorlik kayfiyatiga o‘tish kerak.
Millat, davlat, jamiyat taqdiri hal bo‘layotgan pallada o‘zligimizni anglash, ma’naviy ildizlarimizni unutmaslik.
Insonlar tafakkurini boyitish, uni yangi ma’no va mazmun bilan to‘ldirish lozim.
Mamlakatimizning huquqiy demokratik davlat qurish jarayonida o‘tmishimizning hali o‘rganilmagan sahifalarini tadqiq etish, davlat va siyosiy arboblarimiz nomlarini xalqimizga qaytarish, huquqiy qadriyatlarimizni tiklashga alohida e’tibor berilmoqda. « Biz uchun mustaqillik-eng avvalo, o‘z taqdirimizni qo‘limizga olish, o‘zligimizni anglash, milliy qadriyatlarni, urf-odatlarni tiklash, mu’tabar shu zaminda, tinchlik-osoyishtalikni, barqarorlikni saqlashdir».
Shu nuqtai nazardan, yoshlarda ijtimoiy adolat haqidagi tushunchalarni shakllantirish ijtimoiy adolat mavzui doirasida muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, «adolat» keng qamrovli tushuncha sifatida ijtimoiy munosabatlarning barcha jabhalarini qamrab oladi. « Adolat, axloq va huquq kategoriyasi sifatida axloqiy-huquqiy munosabatlarni nazorat qilib turuvchi, odamlarning faoliyatiga baho beruvchi zaruriy o‘lchovdir»,-deb yozadi F. Nizomov.
Har qanday jamiyat ijtimoiy adolat normalariga rioya qilishi bilan yuksalish darajasi belgilanadi. Tarixga nazar tashlasak, turli jamiyatlarda adolat nizomi yaratishda xilma-xil yondashuvlarga amal qilib kelinganligining guvohi bo‘lamiz.
Istiqlol sharofati bilan ko‘plab ajdodlarimizning ilmiy merosi va ularda ilgari surilgan adolat to‘g‘risidagi g‘oyalar atroflicha o‘rganish zamon talabi bo‘lib qolmoqda. Ayniqsa , O‘zbekiston Respublikasida chuqur huquqiy bilimlarga ega, sotsiomadaniy darajasi rivojlangan, amaliy ko‘nikma-malakalarni egallagan, raqobatbardosh kadrlar talab qilinadi. Shu sababli yoshlarda ijtimoiy adolat to‘g‘risidagi tushunchalarni kamol toptirish uchun zamin yaratish lozim. Kelajakda mutaxassis bo‘lib yetishuvchi kadrlar, bugungi kun uzluksiz ta’lim qatnashchilari huquqiy davlat muammolarini to‘g‘ri baholay oladigan, chuqur huquqiy bilimlarga ega, ijtimoiy hayot sohalari ichki qonuniyatlari to‘g‘risidagi tushunchalarni egallab borishlari zarur. Hozirgi zamon talablaridan kelib chiqqan holda yoshlar rivojlanayotgan huquqiy demokratik davlatdagi ijtimoiy sohadagi islohatlar, ahloqiy-huquqiy munosabatlar kabi masalalarga alohida e’tibor berishlari lozim5.
Mazkur tushunchalarni shakllantirishda uzluksiz ta’lim tizimi shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirishishida asosiy bo‘g‘in bo‘lib hisoblanadi. Hayotda adolat me’yorlariga rioya etish ijtimoiy-axloqiy, ma’naviy-ruhiy jarayondir.
Huquqiy tarbiya muammolari va ularni ta’lim-tarbiya jarayoniga tadbiq qilish muammolariga bag‘ishlab ilmiy izlanish olib borgan olimlar: A. Saidov, B. Karimov, I. Ergashev, A. Begmatov qarashlari qimmatli ahamiyatga molikdir.
Ma’lumki, inson jamiyatda erishishi mumkin bo‘lgan narsalar-mulk, daromad, ijtimoiy maqom, hokimiyat, huquqlar insonlararo munosabatlaridagi adolatga bog‘liq. Moddiy ne’matlar va xizmat turlari, ijtimoiy (obro‘, hurmat-ehtirom),siyosiy ne’matlar ( siyosiy erkinliklar, shaxs huquqi), sog‘liqni saqlash kishilarning ijtimoiy ahvoli kabi sohalarda odamlar adolat muammolariga katta e’tibor beradilar. Mutafakkir Shahobiddin Am’aqi odil shoh g‘oyasini ilgari surar ekan, ayni paytda hukmdorga adolat me’yorlariga rioya qilish lozimligini o‘qtiradi. Jamiyatdagi mavjud sotsial guruhlar, sinflar, tabaqalarga nisbatan moddiy ma’naviy ne’matlarni ulashishiga «chun xurshed meboyat zist», ya’ni quyosh singari barchaga baravar, barchani birday ko‘rib, adolat yuzasidan taqsimlash lozimligini ta’kidlaydi. Alloma o‘z madhiyalarida ilm ahli, ziyolilar dehqon, hunarmand xizmatchilariga alohida ahamiyat qaratish, jamiyat barqarorligi va taraqqiyot yo‘lida qilayotgan mehnatlarini qadrlash kerakligini aytib, o‘z faoliyatida ham shunga erishishga intiladi.
«Mutafakkir Am’aqi Buxoriy adolat-Ollohning benazir inoyatidir, undan barchani bahramand qiling-degan g‘oyani ilgari surgan. Bu borada mashvarat (kengash)ga alohida ahamiyat berib, jamiyatni adolatli bojarishda uning vazifasi muhim ekanligiga e’tibor qaratadi». Bu bilan davlatning kuch qudrati faqatgina iqtisodiy imkoniyatlar, kuchli qushin, mirshab va qozilarga emas, balki adolat tamoyilining amal qilishga hamda uning amaliy faoliyatiga ham bog‘liqligini ko‘rsatib beradi6.
Tarbiya jarayonida o‘qituvchi, tarbiyachilarning asosiy vazifasi ta’lim - tarbiya berish, o‘kuvchilar bilim, ko‘nikma malakalarini muttasil oshirib borish, ularda tafakkur, ilmiy dunyoqarash va mafkuraviy tushunchalarni shakllantirishdan iboratdir.
Mafkura - inson ruhiyati, tafakkur va dunyoqarashini o‘zgartiradigan kuchli vositadir. Uning g‘oyalari xalqning ishonch - e’tiqodi, intilish va manfaatlari ifodasiga aylansa yetarlicha samara beradi. Shuning uchun ham mafkura sohasidagi targ‘ibot va tashviqot ishlarini, o‘quvchilarning tushunchasi, aql - idroki va tafakkur darajasini inobatga olgan holda marifiy yo‘l va usullar orqali amalga oshirish taqoza etiladi.


II BOB. TARBIYANING HOZIRGI ZAMON TARAQQIYOTIDAGI AHAMIYATI.

2.1. Tarbiya qoidalari va ularning mohiyati

Tarbiya qoidasi - pedagogik ta’lim va tarbiya jarayonini yaxshiroq tashkil etish maqsadida foydalanadigan boshlang‘ich holat, rahbarlik asosidir. Tarbiya qoidalari - o‘qituvchi va tarbiyachilarga yo‘l - yo‘riq ko‘rsatuvchi qoidalar hisoblanadi. Tarbiya qoidalariga quyidagilar kiradi:


Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganlik qoidasi. Tarbiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad har tomonlama ma’naviy rivojlangan aqliy va axloqiy barkamol shaxsni shakllantirishdan iborat. Tarbiyaviy ish ma’lum maqsadni ko‘zlovchi va uzluksiz davom etadigan jarayondir. Tarbiyaning ma’lum maqsadga qaratilganligi qoidasi bolalar jamoasining rivojlanish istiqbollarini ko‘ra bilishga yordam beradi.
Tarbiyada insonparvarlik va demokratiya qoidasi. O‘qituvchining bilim saviyasi ma’naviyati jamiyatni harakatga keltiruvchi, taraqqiyotgga eltuvchi yetakchi omillardan biridir. Yoshlarni insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalashda Qur’oni Karim, Hadisi shariflardan foydalanish juda muhim. Tarbiyada inson shaxsini oliy ijtimoiy qadriyat deb tan olish, har bir bola, o‘smirning betakror va o‘ziga xosligini hurmatlash, uning ijtimoiy huquqi va erkinligini hisobga olish lozim. Tarbiyani demokratiyalash - bu tarbiyani ma’muriy ehtiyoj va qiziqishlardan yuqori qo‘yish, tarbiyachi va tarbiyalanuvchilar o‘rtasida o‘zaro ishonch, hamkorlik asosida pedagogik munosabatlar mohiyatini o‘zgartirish demakdir. O‘qituvchi o‘quvchiga avvalgidek tarbiya ob’ekti emas, xuddi o‘zi kabi sub’ekt deb qarashi darkor. Tarbiyaviy faoliyatni demokratiyalash va insonparvarlashtirish uning mohiyatini va mazmunini qayta tafakkur etishni ko‘zda tutadi. Shaxsning rivojlanishi va o‘zligini anglashni ta’minlaydi.
Tarbiyada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligi qoidasi. O‘quvchilarni Vatanimiz qadriyatlari, boy madaniyati bilan tanishtirish, madaniy va diniy bilimlarini egallashga bo‘lgan talablarini shakllantirish malakalarini oshirib, tobora boyitish, estetik tushunchalarni shakllantirish juda muhim. Xalqimizning ko‘p asrlik qadriyatlarini ulkan boy va madaniy merosini chuqur bilmasdan, milliy o‘zlikni anglash, milliy g‘urur tuyg‘usini qaror toptirish mumkin emas. U yaratgan madaniy boyliklar yoshlar tarbiyasida muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Buyuk mutafakkirlarning asarlari orqali o‘kuvchilar go‘zal axloq, baxt, insof, poklik, mehr - shavqat, ota - onani hurmat qilish qoidalari haqida keng tasavvurga ega bo‘ladilar. Insoniylik - o‘z tarkibiga insonning eng yaxshi axloqiy xususiyatlarini, do‘stlik, ota - onaga sadoqatlilik, mehnatsevarlik, diyonatlilik kabi fazilatlarni qamrab oladi. Shu sababli insondagi eng yaxshi fazilatlar avloddan - avlodga ko‘chib kelgan7.
Tarbiyada izchillik, tizimlilik, tarbiyaviy ta’sirlarning uyg‘unligi va uzluksizlik qoidasi. Tarbiya ishida izchillik juda muhim. Tarbiyachi avvaliga bolalardan biror narsani talab qilib, so‘ngra o‘zi bu talabni unutib qo‘ysa, bu hol tarbiyaga yomon ta’sir qiladi. O‘qituvchi subutli, o‘z lafziga sobit bo‘lmog‘i kerak. O‘quvchilarga tarbiyaviy ta’sir ko‘rsatishda izchillikka rioya qilish va bir xil talab qo‘yish muvaffaqiyat qozonishning eng muhim shartlaridan biridir. Tarbiya uzoq davom etadigan jarayon, unda ota - ona, o‘qituvchi, jamoatchilik qatnashadilar. Shu sababli ularning ishida izchillik va davomiylik bo‘lishiga rioya qilish kerak. Bu qoida tarbiyani amalga oshiradigan barcha bo‘g‘inlarni (oila, maktab, o‘quvchilar jamoasi, maktabdan tashqari tarbiya muassasalari, keng jamoatchilikni) birgalikda ish ko‘rinishlarini nazarda tutadi. Chunki tizimlilik faqat yoshlarni emas, balki aholining barcha qatlamlarini qamrab olishi kerak.
Bola o‘qishni, tarbiya olishni ulg‘ayib jamiyat hayotida faol ishtirok etishni xohlaydi. Pedagog uni qay usulda, qanday munosabatlar sharoitida, qanday pedagogik jarayonda tarbiyalash lozimligini bilishi kerak, shu bilan birga bola o‘zini o‘zgartirishda faol ishtirokchi ekanligini ham unutmasligi lozim.

2.2. Hozirgi zamon taraqqiyotida tarbiyaning tutgan o‘rni

Yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, oʻz taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat koʻrsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda.


Jahonda boʻlayotgan voqea-hodisalar har birimizdan yangicha fikrlashni talab qilmoqdaki, bu falsafiy tafakkurning uzluksiz yangilanib borishi negizida amalga oshadigan jarayondir.
Yangicha fikrlash dunyo manzarasini ongu tafakkurimizda qaytadan kashf qilish emas, aksincha, bilim va tafakkur kuchi bilan oʻz dunyoqarashimizda uni ilmiy-ijodiy aks ettirish demakdir. Tafakkur – inson aql-zakovati, uning voqea-hodisalar ichida adashib ketmasligi uchun yoʻl koʻrsatuvchi mashʼala. Shuning uchun ham yurtimizdagi har bir insonning, ayniqsa yoshlar ongu tafakkurini shakllantirishga alohida eʼtibor berilmoqda. Tafakkurni shakllantirish orqali esa inson oʻzini anglaydi.
Bu jarayonda mustaqillik tafakkurini shakllantirish, dunyoga yangicha yondoshuv, teran aql va tafakkur kuchi bilan voqea va hodisalarni baholay oladigan, masʼuliyat hissini chuqur anglab, loqaydlik va befarqlikka qarshi tura oladigan yosh avlod tarbiyasi masalasi ushbu muammoni hal etishning muhim omilidir. Shubhasiz, bugungi kunda ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan maʼnaviy-mafkuraviy, axloqiy-tarbiyaviy ishlarimiz oʻz samarasini bermoqda. Ayniqsa, bugungi kunda keng jamoatchilik orasida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ilk bor “Yangi Oʻzbekiston” gazetasi bosh muharririning savollariga javoblarini aniq-ravshan bayon qilish orqali gʻoyaviy eʼtiqodni va mafkuraviy sobitlikni shakllantirish muhim vazifa oʻtayotganini koʻrishimiz mumkin. Davlatimiz rahbari intervyuda taʼkidlaganidek, barcha islohotlar xalqimiz farovonligi va ularga munosib turmush sharoitini yaratish uchun xizmat qilayotganini alohida taʼkidlash lozim.
Aytish mumkinki, mazkur suhbatda “Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – bu shunchaki xohish-istak, subyektiv hodisa emas, balki tub tarixiy asoslarga ega boʻlgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, maʼnaviy-maʼrifiy vaziyatning oʻzi taqozo etayotgan, xalqimizning asriy intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga toʻla javob beradigan obyektiv zaruratdir”, deb taʼkidlashi bugungi va yaqin kelajakdagi maʼnaviy-maʼrifiy sohadagi islohotlarimiz yoʻnalishlarini belgilab bermoqda8.
Shu oʻrinda aytish kerakki, yoshlarimizning maʼnaviy – axloqiy turmush tarzining kamolot darajasi bevosita ajdodlar madaniy merosini chuqur oʻrganish, falsafiy mushohada qilish va undan ijodiy foydalana olish qobiliyati bilan aniqlanadi. Suhbat mobaynida bildirilgan “...oʻtgan asrning boshlarida yurtparvar, millatparvar bobolarimiz “jadidchilik”, yaʼni, yangilanish va erkinlik, adolat va tenglik, ilm-maʼrifat va milliy oʻzlikni anglash gʻoyalarini bayroq qilib, kurash maydoniga mardona chiqqanlarini barchamiz yaxshi bilamiz. Bu ulugʻ zotlarning maqsadi – jaholat va qoloqlik girdobida qolib kelayotgan Turkiston xalqini dunyoviy ilm-fan, ilgʻor kasb-hunarlar bilan qurollantirib, umumbashariy rivojlanish yoʻliga olib chiqishdan iborat edi”, degan fikrlari mustaqillik yoʻlida ezgu maqsadlarimiz ifodasi hamda tayanchi boʻlgan yosh avlod tarbiyasida ibrat maktabi boʻladi.
Qaysiki, Yangi Oʻzbekistonni barpo etish – yaqin va olis tariximiz, betakror va noyob madaniy boyliklarimizni yanada chuqur oʻrganib, ularga tayanib, milliy taraqqiyot yoʻlimizni yangi bosqichda davom ettirish kerakligi Prezidentimiz tomonidan ustuvor vazifa etib belgilanmoqda. Suhbatda taʼkidlaganidek, “...har qaysi xalq hayotidagi maʼnaviy uygʻonish jarayonlari milliy oʻzlikni anglashga olib keladi hamda mamlakatning iqtisodiy, madaniy taraqqiyotini yangi bosqichga koʻtaradi...”.
Dunyoning chegarasi boʻlmagani singari, inson bilimi va imkoniyatlariga xam chegara qoʻyib boʻlmaydi. Shu maʼnoda suhbatda taʼkidlanganidek, “... farzandlari doimo izlanish va intilishda boʻlgan, yuksak marralarni koʻzlab, oldinga qarab intiladigan xalq va davlat oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga albatta yetadi. Chunki bunday harakatlar ertaga qudratli toʻlqinga aylanib, hayotimizni bugun kechagidan, ertaga bugungidan yaxshi va obod qilish, ongu tafakkurimizni yuksaltirishga olib keladi”. Bugun zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʻz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʻayrat yoshlarni tarbiyalash nihoyatda dolzarb masalalardan biridir.
Darhaqiqat, yurtimizda dunyoni yangicha idrok etadigan, millat gʻururi va haq-huquqi uchun kurashadigan, oʻz taqdirini xalqi, Vatani taqdiri bilan bir deb bilib faoliyat koʻrsatayotgan yangi avlod shakllanmoqda. Ular ham ajdodlar maʼnaviy merosini ham umumbashariy qadriyatlarni barobar oʻzlashtirmoqda. Maʼnaviyat insonning maʼlum darajadagi jismoniy, aqliy, axloqiy va ruhiy balogʻati va dunyoqarashini ifodalovchi tushunchadir. Shu nuqtayi nazardan, yoshlarni vatanparvarlik, milliy iftixor ruhida tarbiyalash, yurtimizda milliy madaniyatni yanada rivojlantirish yoʻlida barcha birdek masʼul boʻlishi lozim.
Salohiyatli mutaxassis kadrlar Oʻzbekistonning ertangi kunini, millat kelajagini belgilaydi. Shu bois, zamon talablariga javob beradigan yuksak madaniyatli, bilimdon yoshlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishi sifatida belgilanishi, oʻz navbatida “Uchinchi Renessans” poydevorini qurish yoʻlida bel bogʻlagan Yangi Oʻzbekiston uchun bu juda muhimdir.
Bu jarayon uzluksiz milliy taʼlim-tarbiya tizimining barcha bosqichlarini uygʻun va mutanosib rivojlantirishga alohida eʼtibor berishni taqoza etmoqda. “...Hozirgi vaqtda yurtimizda “Yangi Oʻzbekiston maktab ostonasidan boshlanadi” degan gʻoya asosida maktab taʼlimi tizimida ham katta oʻzgarishlar amalga oshirilmoqda. Toshkent shahrida va hududlarimizda Prezident maktablari, ijod va ixtisoslashgan maktablar soni koʻpayib bormoqda” degan fikrlari yoshlarga har tomonlama keng yoʻl ochib berish, ehtiyoj va manfaatlarini taʼminlash, qobiliyat va isteʼdodini roʻyobga chiqarish, hayotda oʻz oʻrnini topishiga yordam berish Prezidentimiz diqqat markazida ekanligi eʼtiborimizni tortmoqda. Bu yoʻlda katta hayotga ulkan orzular bilan kirib kelayotgan yoshlarga tobora koʻproq imkoniyatlar yaratish, ularning oliy taʼlimga qamrovini kengaytirish, oʻqishi, maʼnaviyatini toʻgʻri shakllanishi, tadbirkorlik koʻnikmalarini rivojlantirish uchun zarur boʻlgan ishlar amalga oshirilyapti.
Jumladan, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlarni Samarqand davlat chet tillar instituti miqyosidagi oddiy bir misol bilan ifodalasak. Hozirda Samarqand viloyati xalq taʼlimi tizimidagi 49 ta tayanch va 9 ta tajriba-sinov maktablarida tabiiy fanlarni chet tilida oʻqitish, uzluksiz taʼlim tizimining keyingi uzviy bosqichi boʻlgan kasb-hunar kollejlarida chet tili taʼlimini yangi sifat bosqichiga koʻtarish borasida institutimiz tomonidan keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, Oqdaryo Pedagogika kollejida va Narpay tumanidagi 32-oʻrta maktabda hamda qator boshqa taʼlim markazlarida institutimiz tashabbusi bilan tashkil etilgan seminar va konferensiyalarda oʻrta maktab va kasb-hunar kollejlari oʻqituvchilariga chet tillarini oʻqitishda amaliy-uslubiy koʻmak berish, oʻqitish uslublari va mazmuniga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni jadal va samarali tatbiq etish, yangi, xalqaro standartlarga mos oʻquv adabiyotlarini yaratish va amaliyotda qoʻllash, oʻrta maxsus taʼlim tizimi subyektlari uchun nofilologik fanlarni chet tillarda olib boradigan yetuk mutaxassislarni tayyorlash kabi dolzarb masalalar muhokama etilib, tavsiyalar ishlab chiqildi. Bu borada institutda tashkil etilgan Til oʻrgatish markazi, yosh mutaxassislarga metodik yordam koʻrsatuvchi Kasbiy mahorat maktabi, Kompetensiya maktabi, Ota-onalar uchun chet tili kurslari kabi ilmiy-oʻquv markazlarning tajribasi, ayniqsa, kollej va oʻrta maktab oʻqituvchilari uchun tom maʼnoda tajriba maktabi boʻlib xizmat qiladi. Albatta, taʼlim muassasalarida darslarni samarali tashkil etishda yetuk kadrlar bilan bir qatorda taʼlimga doir meʼyoriy hujjatlar, oʻquv-metodik taʼminotning oʻrni ham benihoyat ahamiyatlidir. Oʻqitishning zamonaviy metodologiyasini yaratish va amaliyotga joriy etish, oʻquvchilarning ongli ravishda kasb-hunar tanlash ishtiyoqini kuchaytirish, darsliklarni yaratishga butunlay yangicha yondashish kabi dolzarb vazifalar aynan shu maqsaddan kelib chiqilgan holda qoʻyilmoqda. Haqiqatan ham globallashuv jarayonining jadallashuvi oʻquv dasturlarimizni tubdan qayta koʻrib chiqishni, keng bilimga ega boʻlgan, mantiqiy fikrlay oladigan yoshlarni voyaga yetkazishga xizmat qiladigan, takomillashgan meʼyoriy hujjatlar, yangi pedagogik texnologiyalarni yaratishni taqozo etmoqda9.
Xalq ishonchi va eʼtiqodini mustahkamlamoq yoʻlida yangilanish, tafakkur erkinligi va fikr mustaqilligiga alohida eʼtiborni qaratishimiz zarur. Chunki tanlagan yoʻlimizning xaqligiga ishonch hosil qilib, odamlarimiz ongu shuuriga ana shu qatʼiyat va ishonchni olib kira olmas ekanmiz, boshqa sohalarda olib borayotgan ishlarimiz, erishayotgan muvaffaqiyatlarimiz oʻzining mustahkam zaminiga ega boʻla olmaydi. Bu yoʻlda “...biz jonajon Vatanimizga boʻlgan cheksiz mehrimiz va sadoqatimizni muqaddas bayroq qilib, bor bilim va tajribamiz, aql-zakovatimizni ishga solib, yagona xalq, yagona millat boʻlib, koʻzlagan ezgu maqsadlarimizga albatta yetamiz”. Biz jahon taraqqiyoti bilan birga odim tashlashni maqsad qilgan ekanmiz, mamlakat oldida turgan amaliy vazifalarni hal etishda koʻp millatli jamiyatimizning xususiyatlarini eʼtiborga olishimiz zarur. Boshqacha qilib aytganda, olgʻa harakatning belgilovchi omili boʻlmish millatlararo inoqlik tajribasini doimo nazarda tutib, shunga amal qilmoq lozim boʻladi.
Shu oʻrinda taʼkidlashimiz kerakki, Prezidentimizni “Necha-necha ajdodlarimiz orzu-niyat qilib oʻtgan mana shunday buyuk ishlarni amalga oshirish bugun bizga nasib etgan ekan, bu oʻzligini anglagan har bir vatandoshimiz uchun chinakam baxt va sharaf emasmi?”, degan fikrlari bugungi kunda islohotlar shiddat bilan ketayotgan yurtda ishlash va yashash yanada yoqimli va totli ekanligini his etasan kishi. Qaysiki, xalq manfaatlari ustuvor boʻlgan mamlakatda amalga oshirilayotgan yangiliklar, oʻzgarishlar kishi qalbiga katta kuch, gʻurur va iftixor bagʻishlaydi. Insonni maʼnaviy yuksalishiga, har oʻtayotgan daqiqalarimizdan hikmat qidirishga daʼvat etadi10.
Xulosa qiladigan boʻlsak, Prezidentimizning “Yangi Oʻzbekiston demokratik oʻzgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda” mavzuidagi javoblari barcha yurtdoshlarimizni oʻz Vatani uchun nima qilishi kerakligini anglashiga, Yangi Oʻzbekistonni har tomonlama obod va farovon mamlakatga aylanishiga oʻz hissalarini qoʻshishiga xizmat qiladi.

Xulosa

Xulosa shuki, tug‘ilgandan boshlab uch yilda olgan asosiy ta’lim-tarbiyasi uning kelajagi uchun ajralmas poydevor hisoblanadi. Bolaning qay darajada bilimli bo‘lishi, o‘sha davrdagi o‘qitish usuliga bog‘liq bo‘ladi. Bu davr erta ta’lim deb nomlanadi. Erta ta’limning yagona maqsadi bolani aqilli va sog‘lom, o‘tkir zexnli va gapga quloq soladigan qilib tarbiyalashdir. Barcha bolalar, agarda ularda tug‘ma, jismoniy nosog‘lomlik va aqli zaiflik bo‘lmasa, ular bir xilda ong bilan tug‘iladi, hech bir bola ona qornidan biron bir bilimni bilib tug‘ilgan emas albatta. Bolalarning qay darajada kamol topishi ota-onalarga bog‘liq.


Bolalarga bu davrda kerakli bo‘lgan ta’lim-tarbiyaning berishning asosiy sabablaridan biri bu inson miyyasi, taxminan 1,4 milliard hujayradan iborat bo‘lishi, biroq yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda uning aksariyati hali shakllanmaganligidir. Miyya hujayralari alohida-alohida tarqoq holda ishlamaydi. Miyyaning mikro sur’atiga qaraydigan bo‘lsak, tug‘ilgandan so‘ng vaqt o‘tib ongi rivolangan sari uning hujayralari orasida shoxlar paydo bo‘ladi. SHu jarayonlarda biz bolalarga ta’lim-tarbiya bersak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Zero bu shoxlar shunchaki shox emas, balki meva beradigan shoxlar bo‘lib yetishsa. Tug‘ilgandan keyin birinchi olti oy davomida miyyaning salohiyati 50%, uch yoshgacha esa 80%ga yetadi. Ana ko‘rdingizmi bu darajadagi rivojlanish shuncvhaki rivojlanish emas, balki natija beradigan qilib tarbiyalash lozimligini ko‘rsatib turibdi.
Demak biz "bolaga tarbiya qachondan boshlab berilishi kerak?" degan savolga anniq javob oldik. Bola tug‘ilgandan boshlab unga tarbiya berish lozim. Bu haqida buyuk shaxslar ham o‘z fikrlarini bildirganlar. Xususan, Yusuf Xos Xojibning uqtirishlaricha har bir kishi jamiyatga munosib bo‘lib kamol topmog‘i kerak. Buning uchun u tug‘ilgan kundan boshlab zarur tarbiyani olmog‘i lozim. Farzandlar tarbiyasi nixoyatda erta boshlanmog‘i shart. Shundagina ularning noo‘rin xatti-harakatlariga berilishining oldi olinadi. Alisher Navoiy bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida e’tibor beriladi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk bo‘lib o‘sishiga ishonadi. Yosh bolani juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur deb uqtiradi.
Allomalarimizning fikrlari yuqorida keltirilgan ma’lumotlarga to‘laqonli mos ekanligi biz va sizga yaqqol ko‘rinib turibdi. Endi bu yosh davrida bolaga qanday qilib ta’lim va tarbiya berish mumkun degan savol tug‘iladi albatta. Bu savolning javobini quyida berilgan ma’lumotlar orqali topamiz. Bola tug‘ilgandan so‘ng, u gapirishni, o‘qishni, yozishni bilmasa ham unda sezgi a’zolari juda kuchli rivojlangan bo‘ladi. Hozirgi zamon onalaridan farzandlariga bo‘lgan juda kata e’tibor talab qilinadi. To‘g‘ri, endi tug‘ilgan go‘dakka bu narsa bunday, u narsa unday deb yoki qilayotgan ishing to‘g‘ri, aksincha noto‘g‘ri deb tarbiya berib bo‘lmaydi. Lekin onalar va otalr ular uchun tarbiya manbai hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, avvalo ota-ona birinchi navbatda oliy darajada tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Shundagina ular farzandalari uchun o‘zlari hohlagandek tarbiyani bera oladilar. Go‘dak hali yosh bo‘lishiga qaramay ota va ona munosabatlarini kuzatuvchisi va ularning bir-biriga bo‘lgan muomalasidan asosiy tarbiyani oluvchi hisoblanadi.
Chaqaloq ularning bir-birlariga qanday munosabat bidirayotganini ularning yuz tuzilishidan bemalol bilib turadi. Shuning uchun bolalarga tarbiya berayotganlarida nihoyatda ehtiyotkoronalik bilan munosabt bildirishlari lozim. Bolalarda birinchi uch yilliklarida olgan bilimlari ularning kelajakda o‘z faoloyatlarini bemalol yurita olishlari uchun asosiy poydevor hisoblanadi. Bu davirda xalqimizning ongiga singib qolgan bir tushuncha "Hali yoshda" deb nomlangan tushuncha bularning o‘z farzandlariga bo‘lgan mehribonchiliklarini emas, balki jabr qilayotganliklaridan dalolatdir. Bu davrda bolaga nimani o‘rgatsa shuni to‘laqonli qabul qiladigan yosh hisoblanadi. Bolalar bilan ko‘proq muloqotda bo‘lish ham ularning tarbiyalanishi uchun asos bo‘lib hizmat qiladi. Bolalar hali yosh bo‘lishlariga qaramay, ular yuqoridagi fikirlarimizda ta’kidlaganimizdek hamma narsani tushunadi.
Suhbatlashishdan mahrum qilingan go‘dak aqliy qobilyati zaif va xulq-atvori og‘ir bo‘lib ulg‘ayadi. "Inson jamiyat mahsuli va undan ayro yashay olmaydi" deyishadi. Bolalar bilan suhbatlashish, ularning dunyo qarashlarini har taraflama rivojlantrib boradi. Bolalarda bu davrda ularga o‘z hayot yo‘llarini qurishida asosiy bo‘lgan sohalarga boy davr hisoblanadi. Bu yoshdan ota-onalar bolalarga kerakli ko‘nikmalarni berib borsalar, kelajakda ota-onalar ham bolalar ham qiynalmaydilar. Ota-onalar bolalarga ular uch yoshgacha bo‘lgan davrda ma’sul bo‘lsalar, o‘z vazifalarini to‘laqonli amalga oshirsalar keying bosqich bu tarbiyachilar bilan birga hamkorlikdagi bosqich hisoblanadi. Bu davr ham bolalar hayotida o‘ta muhim davrlardan biri hisoblanadi.
Bola bu yoshida Maktabgacha ta’lim tashkilotlariga borish orqali boshqa bolalar bilan munosabat, o‘zaro aloqa o‘rnatishni o‘rganadi. Tarbiyachi tomonidan beriladigan har qanday bilim bolalar ongida tez tasavvurlarni hosil qiladi. Har bir tarbiyachi, bolalarga ularning yoshidan kelib chiqib mashg‘ulotlar olib boradilar. Mashg‘ulotlar bolalarni har tomonlama rivojlantrishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Tarbiyachining yurish-turishi, kiyinishi, so‘zlashi va barcha amalga oshiriladigan ishlari bolalar uchun istasa istamasa o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmaydi. Shuning uchun avvalo, tarbiyachining o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Bundan tashqari Anton Semenovich Makarenkoning "Tarbiyaviy ta’sirning g‘oyat qudratli ta’sir ko‘rsata olishiga ishonchim komil. Agar odam yomon tarbiyalangan bo‘lsa, bunda faqat tarbiyachilar aybdorligiga aminman. Agar bola yaxshi bo‘lsa, buning uchun u tarbiyadan, o‘z bolaligidan qarzdordir" - degan so‘zlari orqali hozirgi zamon tarbiyachisiga qo‘yiladigan vazifalarning nihoyatda murakkabligiga e’tibor berishimiz lozim.

Download 142.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling