O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Sistema, struktura, element falsafaning muxim kategoriyalaridan bo‘lib 
xisoblanadi. Sistema – grekcha so‘z bo‘lib, mantiqiy ma’nosi butunlik, yaxlitlik, 
elementlardan tashkil topgan birikma, degan ma’nolarni anglatadi. 
Sistema kategoriyasining mazmuni, uni tashkil qilgan elementlarning 
strukturaviy munosabatlariga mos keladi. SHu nuqtai nazardan, bilish jarayonidagi 
sistemalashtirish, nazariy faoliyat sifatida, ularning tashkil qilingan targ‘ibiy 
elementlarini tarixiy-mantiqiy izchil tartibga keltirish bilan izohlanadi. Xususan, bu 
elementlarning funksional faoliyatini, ahamiyatiga ko‘ra turkumlashtirish, muhim 
metodologik ahamiyatga ega, chunki insonning borliqni bilish faoliyati sistema 
strukturasidagi elementlarning mavjudlik holati va rivojlanishi ob’ektiv 
qonuniyatlarini o‘rganish asosida, ularni maqsadga muvofiq tashkil qilishga 
qaratilgan. YA’ni, insonning ob’ektiv reallikni nazariy bilishga asoslangan: 
tashkillashtirish, boshqarish, nazorat qilish faoliyatlari samaradorligi va maqsadga 
muvofiqligi turli kategoriyalardan unumli foydalanishi bilan harakterlanadi. 
Sistema — narsa va hodisalarning bog‘lanishlari, aloqadorligi va 
munosabatining tartibli tadrijiy rivojlanishini ifodalaydi. Struktura esa, narsa 
hodisalar bog‘lanishi, aloqadorligi va munosabatlari tizimining makon va 
zamondagi birligini ta’minlaydigan sistemaning mavjudlik holatidir. Umuman, 
struktura (lotin tilida to‘zilish, tartib degan ma’noni anglatib), sistemani tashkil 
qilgan elementlarning nisbatan turg‘un bog‘lanish, aloqadorligi va munosabatidir. 
Hozirgi 
mavjud 
falsafiy qarashlarda 
strukturani 
sistemaning 
aspekti 
sifatida qarash ustuvordir. Sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy 
to‘zilishi uning mavjudlik holatini hamda rivojlanish istiqbollarini belgilab turadi. 
Masalan, tabiatdagi atomlarning targ‘ibiy to‘zilishlari xususiyatlariga qarab, moddiy 
olamning xilma-xil ko‘rinishlari, DNK yoki RNK larning o‘zaro ichki 
munosabatlari, xromosomalar xilma-xilligi, tirik organizmlar turli-tumanligi 
aniqlangan. Ular umumlashgan holda, moddiy olamning ob’ektiv realligi tarzida 
mavjud bo‘lsa ham, moddiylikning konkret strukturasiga ega bo‘lgan sistemalardir. 
Borliqni tashkil qilgan elementlarning munosabatlariga, makon va zamon 
xususiyatlariga qarab, ularni «ichki struktura» va «tashqi struktura» ga ajratish 
mumkin. 
Element sistemani tashkil qilgan strukturaning o‘zaro bog‘lanish, aloqadorlik, 
munosabat jihatlarini ta’minlaydigan nisbatan mustaqil tarkibiy qismidir. Jamiyatda 
element ijtimoiy munosabatlarning konkret ko‘rinishlari tarzida namoyon bo‘ladi. 
Masalan, jamiyatni yaxlit sistema deb oladigan bo‘lsak, undagi element alohida 
individlar, ijtimoiy qatlamlar, tabaqalarning ongli munosabatlari tarzida ko‘zga 
tashlanadi. YA’ni, jamiyatning axloqiy, huquqiy, siyosiy, iqtisodiy va boshqa 


243 
munosabatlari strukturaviy to‘zilishni tashkil qilgan. O‘z navbatida, sistemani 
to‘laligicha bilish, uning stukturaviy to‘zilishidagi har bir elementning funksional 
faoliyatini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. 
SHuni alohida ta’kidlash kerak-ki, insonlarning narsa hamda hodisalarga 
muayyan manfaatlari va extiyojlariga ko‘ra yondashishiga qarab, har bir elementni 
nisbatan mustaqil sistema sifatida olib qarash mumkin. Masalan, ma’naviyat jamiyat 
strukturasida, uni tashkil qiluvchi muxim elementlarning biri hisoblanadi, lekin 
ma’naviyatni, maxsus ijtimoiy hodisa sifatida alohida olib tahlil qiladigan bo‘lsak, 
uning ichki elementlardan iborat mustaqil sistemaligini ko‘ramiz. SHunga ko‘ra, 
sistema, struktura va element nisbiy tushunchalar bo‘lib, kategoriyalar sifatida, unga 
bo‘lgan munosabat doirasida konkretlashadi. 
SHuning uchun «sistema», «struktura», «element» kabi falsafiy kategoriyalar 
narsa va hodisalarni bilishga sistemali yondashish, strukturaviy tahlil usullarining 
umummetodologik asosi bo‘lib xisoblanadi. 
Elementlarni sistemani tashkil qilishdagi strukturaviy ahamiyatiga ko‘ra: 
muhim va muhim bo‘lmagan, asosiy va asosiy bo‘lmagan elementlarga ajratib 
o‘rganish alohida ahamiyatga ega. CHunki har qanday konkret element, muayyan 
sistemada makon-zamon xususiyatlariga ko‘ra, o‘z ahamiyatiga ega bo‘ladi. Birok, 
ularning ahamiyatini, yuqorida ko‘rsatilganidek, turkumlashtirish mutloqo nisbiy 
hamda shartli harakterga ega bo‘lib, muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida 
yondashishdan kelib chiqadi. SHunga ko‘ra, konkret makon va zamonda sistemani 
tashkil qilishdagi elementlarning ahamiyati strukturaviy funksiyasida muqobilliklar 
vujudga kelib turishi bilan izohlanadi. YA’ni, sistemadagi uning harakterini belgilab 
to‘rgan muxim element, ma’lum vaqtga kelib muhim bo‘lmagan elementga 
aylanishi yoki aksincha bo‘lishi mumkin. 
Umuman, falsafaning sistema, struktura, element kategoriyalari narsa va 
hodisalarning mazmunini, shaklini ochib berishda metodologik asos bo‘ladi. 
Falsafa fanidagi an’anaviy tarzda yozilgan darsliklar, ukuv qulanmalaridan 
farqli ularok, bu kategoriyalarni kiyosiy tahlil qilishimizdan maqsad, boshqa juft 
kategoriyalarning mazmunini ochib berish imkoniyatini yaratishdir. CHunki, 
«mohiyat va hodisa», «mazmun va shakl», «sabab» va oqibat», «zaruriyat va 
tasodif», «imkoniyat va vokelik» kategoriyalarining mazmuni, yuqorida ko‘rsatilgan 
«aloxidalik», «xususiylik» «umumiylik», «butun», «qism», «struktura», «element», 
kategoriyalari mazmuni bilan uzviy bog‘liqdir. SHuning uchun biz falsafa 
kategoriyalarini bir-birini taqozo qiluvchi, nisbatan mustaqil bilish usullarining 
yaxlit 
sistemasi 
tarzida 
olib qarashni 
lozim 
topdik.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling