O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti


Download 5.8 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/315
Sana31.01.2024
Hajmi5.8 Mb.
#1829790
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   315
Bog'liq
Falsafa Asosiy o\'quv qo\'llanma Sh Madayeva va boshqalar 2019

Universal kosmik gologramma. XX asrning 70-80-yillarida amerikalik 
olimlar fizik David Bom va neyropsixolog Karl Pribram universal kosmik 
gologramma konsepsiyasini ishlab chiqdi. Ushbu konsepsiya kvant-mexanik o‘zaro 
tasirlar natijasida Koinot energoinformatsion o‘zaro tasirlarning vaqtda va 
makonda Cheksiz bo‘lgan yagona, ko‘p darajali sabab va oqibatlar tarmog‘ini 
tashkil etishini, bu tarmoqda hamma narsalar turli xil darajadagi faollik bilan 
o‘zaro tasirga kirishishini tan oladi.
Mazkur nazariyadan energoinformatsion maydonning har bir nuqtasi makon 
va vaqtning boshqa barcha nuqtalari haqida malumotlarni o‘z ichiga oladi va, o‘z 
navbatida, makon-vaqt kontinuumining qolgan barcha qismlarida informatsion 
«vakolatxona»ga ega bo‘ladi, degan xulosa kelib chiqadi. Ushbu kontekstda 
Spinozaning: «Inson tanasi Cheksiz ko‘lamlilikning ayrim ko‘rinishidir», «inson 
aqli Cheksiz tafakkur shakllaridan biridir», degan fikrlari yangicha mazmun kasb 
etadi. SHu narsa diqqatga sazovorki, zamondoshimiz professor B.Iskakov jonni 
«mikroleptonli gologrammalar yig‘indisi» deb nomlashni taklif qiladi.


168 
Malumki, «golografiya» tushunchasi har doim obekt haqida Yorug‘lik 
to‘lqinlari interferensiyasiga (lot. – ko‘chirish) asoslangan to‘liq hajmdor-obrazli 
axborot olish metodini anglatgan. Ushbu metod yorug‘likka tasirchan emulsiyaga 
eslab qolinayotgan obektdan qaytgan tarqalgan lazer nuri va bevosita lazerdan 
keluvchi tayanch nurning birvarakay tasirini qayd etishni nazarda tutadi. 
Ko‘rsatilgan o‘zaro tasir natijasida vujudga keladigan manzara eslab qolinayotgan 
obekt haqida to‘liq obrazli axborotni o‘z ichiga oladi.
Torsion maydonlar. Ilgari surilgan gipotezalarga ko‘ra, beshinchi 
fundamental fizik daraja manbasi torsion maydonlar (aylanish maydonlari) bo‘lishi 
mumkin. Ular ekstrasensor o‘zaro tasirlarda qayd etiladi va ularda hal qiluvchi rol 
o‘ynaydi. Torsion maydonlar o‘ng va chap aylanishga ega bo‘lib, bu «o‘ng» va 
«so‘l» dunyolar mavjudligini taxmin qilish imkonini beradi. Tabiiy muhitlar orqali 
o‘tishda torsion nurlanishlarning zaiflashuvi mavjud bo‘lmaydi. Olimlar taxminiga 
ko‘ra, torsion maydon kvantlari sifatida past energetik reliktli neytrinolar amal 
qiladi, torsion nurlanishlarning o‘ta o‘tuvchanligi esa tabiiy xususiyat sifatida 
qaraladi.
Torsion to‘lqinlarning gruppaviy tezligi kamida 10
9
s (Yorug‘lik tezligi)ga 
teng deb baholanadi. Ammo bunday misli ko‘rilmagan Yorug‘lik tezliklari fizika 
uchun yangi va favqulodda bir hol emas. Torsion maydonlar o‘z-o‘zidan hosil 
bo‘lishi mumkin deb hisoblanadi. Ular fizik vakuumning tasirlanishi natijasi sifatida 
vujudga kelishi mumkin. Har qanday shakl, hatto uning massasi juda oz bo‘lsa ham, 
vakuumni tasirlantirishi va uni qurshagan muhitda torsion maydon sifatida namoyon 
bo‘luvchi qutblashishni vujudga keltirishi mumkin. Bundan tashqari, vakuumning 
elektrostatik yoki elektromagnit maydoni mavjud bo‘lgan qismida doim ushbu 
maydon yaratadigan torsion komponentlar mavjud bo‘ladi. Birlamchi torsion 
maydonlar birdan-bir tavsifi axborotni tashiydigan va o‘zaro tasirga kirishish 
chog‘ida energiya almashmaydigan uyurmalar mavjudligi hisoblanuvchi materiya 
shakli sifatida qaraladi. Ikkilik signallarni torsion aloqa kanali orqali birinchi uzatish 
1986 yilda amalga oshirilgan
1
.
Tadqiqotchilar torsion maydonlarning effektlarini o‘rganar ekanlar, shuni 
qayd etadilarki, «vakuum fluktuatsiyasi magnit maydonining muayyan analogiga 
olib keladi. Bunda ushbu maydon torsion tuzilmalar tarzida shakllanadi. Torsion 
maydonlarning o‘zi vakuumning axborot tashuvchi birlamchi bioenergetik 
qo‘zg‘alishlari sifatida qaraladi. Ular vakkumdan materiyaning tug‘ilishini, uning 
rivojlanishi va o‘zaro tasirlarini boshqaradi»
2
. G.Shilov torsion maydonlar 
informatsion maydondagi moddiy obektning o‘rni va ahamiyatini aks ettiruvchi 
barqaror maydon tuzilmalari – fikr shakllaridan iborat, degan xulosaga keladi
3

Barcha moddiy obektlar o‘z atrofida torsion maydonlarni yaratsa, ong ular bilan 
1
қаранг: Акимов А.Е., Шилов Г.И. Сознание, физика торсионных полей и торсионные технологиии // 
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 70-б. 
2
Панов В.Ф., Тестов Б.В., Клюев А.В. Влияние торсионного поля на лабораторных мышей // Сознание и 
физическая реальность. – М., 1998. №4. – 48-49-б. 
3
қаранг: Шилов Г.И. Теория физического вакуума. – М., 1993. – 192-б. 


169 
o‘zaro tasirga kirishish xususiyatini aniqlaydi. Torsion maydon tashqi torsion 
maydon tasiri yo‘qolganidan keyin saqlanib qoladigan qutblashuvni induksiyalaydi. 
Bu holda ko‘z tegishi, issitish va sovutish kabi parailmiy fenomenlarni, shuningdek 
«suv xotirasi» hodisasini tushuntirish uchun imkoniyat yaratiladi. V.Yarsev 
insonning o‘z tanasi hujayralarini energiya va axborot bilan yagona bioenergetik 
organizmga birlashtirish xossasini kashf etdi. Bunda hujayralar birikuvining faollik 
darajasi va yo‘nalishi inson ongi va uning elementlari (aql, sezgilar, iroda) bilan 
belgilanadi. Umuman olganda inson organizmi o‘zining umumiy torsion maydonini 
yaratadi. Axborotni saqlash va uzatishda organizmdagi suv strukturasi ulkan 
ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, torsion maydonlar o‘z-o‘zidan hosil bo‘lishi 
mumkin.
Torsion maydonlar nazariyasi – hozirgi zamon fanining eng so‘nggi 
yutuqlaridan biri va shu bilan bir vaqtda ezoterikaning ko‘pgina hodisalarini 
tushuntirish uchun sababiy asos. Torsion maydon tushunchasi sinergetika 
tamoyillarini, xususan attraktorlar harakatiga doir qoidalarni chuqurlashtiradi. 
Elektromagnit nurlanish ham doim torsion elementga ega bo‘ladi. Katta tezlikda 
aylanayotgan jism gravitatsiya kuchini kamaytiradi. Fikr shakli torsion maydonlar 
yordamida uzatilganida telekinez fizikasini abstrakt holda tasavvur qilish mumkin.
Torsion maydon individual xotira substrati hisoblanadi, degan faraz ham 
mavjud. Professor A.Stepanov chiqargan xulosaga ko‘ra, sirtdan keluvchi axborot 
miyaning turli zonalarida kodlanadi va ikki parallel oqimga ajraladi. Bir oqimdan 
kiruv parametrlarining ichki holat matritsalari bilan ayniyligini solishtirish uchun 
foydalaniladi. U organizmning adaptatsion-kompensator faoliyati uchun javob 
beradi. Ikkinchi oqim yangi holatni qayd etadi va kelgan axborotning torsion 
maydonlarini induksiyalaydi
1
. Bunday xulosalar Stanislav Grof ilgari surgan 
xolotrop konsepsiyasiga ham mos keladi. Ongni xolotrop (yunon. holes – yaxlit) 
tushunish ong maydoni miyaning individual faoliyati bilan bilvosita belgilanishini 
va Koinot evolyusiyasining rang-barang tajribasini o‘z ichiga olishini qayd etadi.

Download 5.8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   315




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling