20-Mavzu. Muhammad Rahimxon Feruz lirikasi (2 soat)
Reja:
Muhammad Rahimxon Feruz hayoti va ijodi.
Shoir adabiy merosi.
Muhammad Rahimxon Feruzning Xiva adabiy muhitida tutgan o‘rni.
Muhammad Rahimxon Feruz g‘azallarini ifodali o‘qish va sharhlash
V. MUSTAQIL TA’LIM VA MUSTAQIL ISHLAR
Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi:
“O‘zbek adabiyoti tarixi” fanini o‘rganuvchi talabalar auditoriyada olgan
nazarii oilimlarini mustahkamlash va ko‘nikma hosil qilish uchun mustaqil
ta’lim tizimiga asoslanib, kafedra o‘qtuvchilari rahbarligida, mustaqil ish bajaradilar. Bunda ular badiiy adabiyotlarni mutolaa qiladilar, tahlil va
talqin etadilar; qo‘shimcha adabiyotlar hamda Internet saytlaridan
foidalanib, referatlar va ilmiy ma’ruzalar tayyorlaydilar, amaliy va
seminar mashgulotlari mavzusiga doyr uy vazifalarini bajaradilar
ko‘rgazmali qurollar va slaydlar tayyorlaydilar.
Talaba mustaqil ishni tayyorlashda muayyan fanning xususiyatlarini
hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalanadi:
amaliy mashgulotlarga tayyorgarlik;
seminar mashgulotlariga tayyorgarlik;
darslik va o‘quv qo‘llanmalar bo‘yicha fan boblari va mavzularini o‘rganish;
tarqatma materiallar bo‘yicha ma’ruza qismini o‘zlashtirish;
maxsus adabiyotlar bo‘yicha fan bo‘limlari yoki mavzulari ustida ishlash;
talabaning o‘quv, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bilan bog‘liq
bo‘lgan fan bo‘limlari hamda mavzularni chuqur o‘rganish;
masofaviy ta’lim.
Mustaqil ta’lim mavzulari 3-semestr uchun (70 soat)
“Hayrat ul-abror”, “Farhod va Shirin”, “Layli va Majnun”, “Sab’ai sayyor”, “Saddi Iskandariy”, “Lison ut-tayr” dostonlarini o‘qib o‘rganish
“Mahbub-ul-qulub”, “Mezon ul avzon” asarlarini o‘qib o‘rganish
Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn”, “Majolis un-nafois” asarlarilarni o‘qib o‘rganish
Navoiyning “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Holoti Sayyid Hasan Ardasher” asarlari va “Munshaot”dagi maktublarni o‘qib o‘rganish
Bobur hayoti va adabiy merosining o‘rganilish tarixi. Shoir she’riyati, devonlari, badiiy mahorati. “Boburnoma”, “Risolai aruz”, “Volidiya” va “Mubayyin” asarlarining adabiy qimmati
Do'stlaringiz bilan baham: |