O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari


Download 190.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana23.11.2023
Hajmi190.02 Kb.
#1794993
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2-курс-Узбек-адабиёти-2-курс-3-4-семестр

II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
“O‘zbek adabiyoti” eng qadimgi davrlardan XX asrning boshlarigacha, mustaqillik
davrida yaratilgan muhim adabiy merosni o‘rganish, bu adabiyotni yaratgan shoirlar, adiblar –
mualliflar hayoti va ijodiy faoliyatini, adabiy-ijtimoiy muhit, xalqlar o‘rtasidagi adabiy va
madaniy aloqalar va eng muhimi, o‘zbek badiiy tafakkuri taraqqiyoti tadrijini o‘rganishni va
o‘rgatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan.
Mazkur fanning vazifasi o‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyot bosqichlari, har bir
bosqichda yashab ijod etgan ijodkorlar asarlarini g‘oyaviy-badiiy, estetik jihatdan tahlil va
talqin qilish, milliy va zamonaviy adabiyotning eng nodir namunalarini o‘rganishni nazarda
tutadi.
Talaba:
O‘zbek adabiyotining tarixiy taraqqiyoti davomida so‘z san’ati takomili, estetik ta’sirini
his etish, jumladan, adabiy-badiiy matn ustida ishlash, badiiy matnlarda qo‘llaniladigan tasviriy
vositalar, she’riy san’atlar yuzasidan bilimga ega bo‘lishi talab etiladi.
Lug‘at ustida ishlay olish, eski o‘zbek yozuvi, arab, fors tillaridan xabardor bo‘lish va
muhim xulosalar yasay olish, o‘zbek adabiyotining yuksak g‘oyaviy-badiiy va ilmiy-nazariy
bilimlarini o‘rganishi uchun talabalar quyidagi ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari zarur:
- o‘zbek adabiyoti konsepsiyasining o‘ziga xosligi;
- o‘zbek mumtoz adabiyotining ifoda usullari;
- o‘zbek adabiyoti namoyandalari ijodining yetakchi tamoyillari.
- o‘zbek adabiyotining taraqqiyot bosqichlari;
- o‘zbek adabiyotining yetakchi xususiyatlarini aniqlash;
-o‘zbek adabiyotida jadidchilikning o‘rnini belgilash;
- o‘zbek adabiyotining yetuk namoyandalar hayoti va ijodini tavsiflash;
- o‘zbek adabiyotining tarixiy-milliy, miliy-zamonaviy xususiyatlarini anglash;
- har bir ijodkorning o‘zbek adabiyotida tutgan o‘rnini aniqlash.


4
Bu esa talabalarda o‘zbek adabiyoti nafosatini teran his qila olish va tahlil etish
malakasiga ega bo‘lishlariga yordam beradi.

Download 190.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling