O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


Download 190.02 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/27
Sana23.11.2023
Hajmi190.02 Kb.
#1794993
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
2-курс-Узбек-адабиёти-2-курс-3-4-семестр



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA
INSTITUTI
Ro‘yxatga olingan:
№ BD-5111200-3.04
O‘ZBEK ADABIYOTI
fani bo‘yicha
5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun
ISHCHI - O‘QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100 000 – Gumanitar
Ta’lim sohasi: 110 000 – Pedagogika
Ta’lim yo‘nalishi: 5111200 – O‘zbek tili va adabiyoti
Nukus – 2019


2
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 20____ yil
_____-______________dagi _______-sonli buyrug‘ining _____-ilovasi
tasdiqlangan o‘quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchilar:
K.Tashanov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya
fanlari nomzodi
N.Allambergenova –Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi
Taqrizchilar:
K.Quramboev – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi professori, filologiya
fanlari doktori
S.Matyakupov – Nukus DPI O‘zbek adabiyoti kafedrasi dotsenti, filologiya
fanlari nomzodi.


3
I. O‘quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mustaqillk sharofati bilan o‘tmish madaniy merosiga munosabat tubdan o‘zgardi,
yangilandi. Ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalashda ajdodlarimiz merosini
o‘rganishning muhim ahamiyatga ega ekanligi qat’iy belgilab qo‘yildi. Mumtoz
adabiyotimizning durdona asarlarini haqqoniy tarzda o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega
bo‘ldi.
“O‘zbek adabiyoti tarixi” o‘quv fani eng qadimgi davrdan bugungi kunga qadar yozilgan
va yozilayotgan muhim adabiy manbalarni, ularning mualliflari hayoti va faoliyatini, adabiy
muhit va jarayonni, aniqrog’i, o‘zbek adabiyoti tarixini o‘rganishni o‘z oldiga maqsad qilib
qo‘ygan.
Mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, mavjud adabiy-ma’naviy merosni
yoshlar ongiga singdirish bugunning dolzarb vazifalaridandir. “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun,
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida nazariy va huquqiy asoslari aniq, ravshan belgilab
qo‘yilgan.
Ushbu fan o‘zbek mumtoz adabiyotining dolzarb muammolari, adabiy-madaniy muhit
haqidagi qarashlar va ularga munosabat, o‘zbek mumtoz adabiyotiga kirish, mumtoz poetika,
tarixiy-adabiy jarayonning taraqqiyot qonuniyatlari va ijtimoiy muhit bilan bog‘liqligi,
jadidchilik harakatining adabiyotdagi ifodasi ularoq dunyoga kelgan milliy uyg‘onish
adabiyotining xos xususiyatlarini hamda istiqlol davri adabiyotidagi o‘zgarishlarni qamrab
oladi.
Ma’naviy yetuk, barkamol avlodni tarbiyalash, zamon talablariga javob bera oladigan
malakali milliy kadrlar tayyorlash bu islohotlarning mohiyatini tashkil etadi. Bu borada
ajdodlarimiz qoldirgan va bugungi kunda yaratilayotgan boy adabiy merosni o‘rganish muhim
ahamiyat kasb etadi. “O‘zbek adabiyoti” fan sifatida bevosita ana shu maqsadga xizmat qiladi.

Download 190.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling