O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti


-mashq. Quyida berilgan matnni zaruriy qismlar asosida tartib bilan yozing, natijada tushuntirish xati namunasi hosil bo‘lsin. A


Download 1.56 Mb.
bet52/81
Sana15.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1269306
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81
Bog'liq
УМК ИШ ЮРИТИШ (2)

3-mashq. Quyida berilgan matnni zaruriy qismlar asosida tartib bilan yozing, natijada tushuntirish xati namunasi hosil bo‘lsin.


A
1 -kurs talabasi Toshev Zafarning. 2018-yil 31-oktyabr. 2018-yil 28-29-oktyabr kunlariga belgilangan mashg‘ulotlarga yetib kela olmadim. Z.Toshev. Toshkent moliya instituti Iqtisod fakultetining dekani dotsent B.A.Abdukarimovga. Surxondaryo viloyatida bir necha kun samolyotlar uchishi uchun qulay ob-havo bo‘lmagani tufayli. Tushuntirish xati.
B
Tushuntirish xati. "Malika" ishlab chiqarish birlashmasi kasaba uyushmasi tashkilotining raisi K.Abdullayevga. Ilova: Bolalar shifoxonasidan berilgan ma`lumotnoma. 2018-yil 30-may. Ishga yarim soat kechikib keldim. SH.Erkinova. Birlashmaning iqgisodchisi Shahnoza Erkinovaning. Qizimni bolalar shifoxonasining mavsumiy ko‘rigidan o‘tkazish uchun olib borganim sababli.


Topshiriq
1. Onangizning betobligi tufayli shanbalikka kela olmadingiz. Fakultet dekani nomiga tushuntirish xati yozing.
2. Besh kun darsga kela olmaganligingiz sababi to‘g‘risida tushuntirish xati yozing.
3. Quyidagi iboralarni yodda saqlang va nutqingizda qo‘llang: Tushuntirish xatida, tushuntirish xati yozmoq, tushuntirish xati bermoq, tushuntirish xati ko‘rsatmoq.


4-mashq. Quyidagi tushuntirish xatida tushirib qoldirilgan qo‘shimchalarni to‘g‘ri qo‘yib, daftaringizga yozing.
“Paxtakor” agrofirma
boshqaruvi... raisi
V.D.Nuriddinovga
agronom H.Rahimov...


Tushuntirish xati

Topshirig‘ingiz... muvofiq shu yil 15-mart... Navoiy... Ximiya zavodi biz... ajratgan fosfat o‘g‘iti... olib kelish uchun ketgan edim. Biroq mashina... nosozligi tufayli yarim yo‘ldan yuksiz qaytib kelish... majbur bo‘l...


2020-yil 15-mart (imzo) H.Rahimov


Topshiriq
1. Ishonchnoma qanday hujjat. U haqda nimalarni bilasiz?
2. Ishonchnoma tuzishda qaysi shaxslar ishtirok etadi?
3. Quyida berilgan ishonchnomalarni diqqat bilan o‘qing. Ajratib ko‘rsatilgan birikma va so‘zlarni yodingizda saqlang.
4. Ishonchnomaning zaruriy qismlarini yod oling.
• Zaruriy qismlar asosida ishonchnoma yozishga harakat qiling.



Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling