O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi ajiniyoz nomidagi nukus davlat pedagogika instituti fizika-matematika fakulteti Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi «Matematika o’qitish metodikasi»


Download 0.5 Mb.
bet1/12
Sana05.01.2022
Hajmi0.5 Mb.
#211889
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Xolmurotova Sevara. kurs ishi


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

AJINIYOZ NOMIDAGI NUKUS DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI

Fizika-matematika fakulteti

Matematika o’qitish metodikasi kafedrasi

«Matematika o’qitish metodikasi» ta’lim yo`nalishining

3V-kurs talabasi Xolmurotova Sevaraning

« Matematikani o’qitish nazariyasi va metodikasi » fani bo’yicha « Modulli tenglamalar va tengsizliklar yechish usullari » mavzusidagi



KURS ISHI

Qabul qildi:



f.-m.f.n. A.Xodjaniyozov

Bajardi:



Xolmurotova S.

Nukus – 2020

M u n d a r i j a

I. Kirish………………………………………………………………………….....3

II. Asosiy qism……………………………………………………………..............5

1-§ Haqiqiy sonning moduli ………..…………………….…….…...………......5 2-§ Modulning asosiy xossalari…………………………………………………5 3-§ Modulli tenglamalarni yechish usullari....................................................……8

4-§ Modulli tengsizliklarni yechish usullari.........................................................19

III. Xulosa……………………………………………….................................…...22

IV. Foydalanilgan adabiyotlar………………………………………….......….....23



Kirish

Bu kurs ishi modulli tenglamalar va tengsizliklarni yechish usullari mavzusida yozilgan. Unda modul ta’rifi, modulli tenglama va tengsizliklar, ularni yechish usullari va ularga doir misollar yechilishi keltirib o’tiladi. Tenglamalar va tengsizliklar, ularni yechish maktab matematika kursida hamda kasb-hunar ta’limi algebra va analiz asoslari kursida asosiy yo‘nalishni tashkil etib, ayniy almashtirishlar, funksiyalar va ularning xossallarini o‘rganish, son tushunchasini kengaytirish bilan uzviy bog‘langan holda o‘rganiladi. Shuning uchun ham akademik litsey va kasb-hunar kollejlari algebra va analiz asoslari kursida tenglamalar va tengsizliklar , ularni yechishga doir o’quv materiallarini o’rganishga, xususan modulli tenglamalar va tengsizliklarni o’rganishga alohida ahamiyat beriladi. Lekin modul belgisi ostida qatnashgan tenglamalar va tengsizliklarni yechishning boshqa tenglama va tengsizlik sinflari: chiziqli, kvadratik, ratsional, ko’rsatkichli, logarifmik, irratsional, trigonometrik tenglama va tengsizliklarni yechishdan farq qiladigan jihatlari mavjud. Ko’pincha o’quvchilar uchun modulli tenglamalar va tengsizliklarni yechish yuqorida sanab o’tilgan tenglama va tengsizliklar sinfidan ko’ra murakkab bo’lib ko’rinadi. Bu kurs ishida modulli tenglama va tengsizliklarni yechishning tushunarli bo’lgan bir nechta usullarini keltiramiz.

Modul belgisi ostida qatnashgan tenglamalar va tengsizliklarni yechishda modul belgisini ochish uchun quyidagi usullardan foydalaniladi.


  1. ta’rifdan foydalanib modul belgisini ochish;

  2. tenglama yoki tengsizlikning ikkala qismini kvadratga ko‘tarish usuli;

  3. oraliqlarga bo‘lish usuli.

Noma’lum modul belgisi ostida qatnashgan tenglamalarga doir misollarni yechishning bu usullari akademik litsey va kasb-hunar kollejlari matematika kursida o‘rganiladigan boshqa tenglamalar va tengsizliklar sinfiga tegishli misollarni yechish usullaridan farq qiladi. Shu sababli o‘quvchilarning bu tenglamalar va tengsizliklarni yechish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida ushbu kurs ishida modulli tenglamalar va tengsizliklarni yechishning bir necha usullari keltirilgan. “Modulli tenglamalar va tengsizliklarni yechish usullari” mavzusidagi ushbu kurs ishi kirish, asosiy qism: haqiqiy sonning moduli, modulning asosiy xossalari, modulli tenglamalarni yechish usullari, modulli tengsizliklarni yechish usullari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

Kurs ishining asosiy maqsadi: algebra va analiz asoslari kursida modulli tenglamalar va tengsizliklarni yechish usullarini o‘rgatish.




Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling