33
Yusuf she’riyatiniig g‘oyasi va obrazlari xususida
fikr yuritganda shuni
alohida ta’kidlash lozimki, she’rlarining bosh g‘oyasi yaratgan obrazlarining jon
qoniga singib, kitobxonni inson shaxsi
va hayoti haqida fikrlashga, inson
ko‘nglini anglashga, his qilishga yo‘llaydi.
Gul, shabnam, olma, oy, yulduz, yalpiz,
majnuntol, maysa, ufq, qush, ohu va
shu kabi timsollar Muhammad
Yusuf she’rlariga xos yetakchi obrazlardir. Bu timsollarda shoir olami xilma-xil
jihatlardan his qilinadi.
Bilamizki, Qizg‘aldoq - tabiat kelinchagi bahor faslining o‘ziga xos ramzi. Biz
bahor
haqida fikr yuritar ekanmiz, uni qizg‘aldoqsiz tasavvur etishimiz mushkul.
Qirlar bag‘rida o‘sib, alvon rangda qiyg‘os ochiluvchi qizg‘aldoq boshqa gullardan
ko‘rinishi
va tarovati bilan farq qiladi, qalbni his-tuyg‘uga to‘ldiradi. Qiyg‘os
ochilgan qizg‘aldoqning qirlarga nafis tus berishini,
shamolda boshini egib
tebranishini kuzatish yoqimli, jozibali. Shoir shu go‘zallikni “Qizg‘aldoq” she’rida
poetik bo‘yoq va ohang uyg‘unligida tasvirlashga erishgan. Shoir qizg‘aldoq
obrazini jonlantirib, tabiatning jonli bo‘lagi sifatida suratlantiradi. O‘quvchini bu
gulga qalb ko‘zi bilan boqishga undaydi. Shoir
“Sevgi bamisoli” deb boshlanuvchi
she’rida qizg‘aldoqni muhabbat ramzi sifatida namoyon etib, chuqur mushohadaga
undaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: