17
Sening yoningda ham seni axtarib,
Sening yoningda ham seni kutguvchi...
tarzidagi iqrorda aks etgan. Shoir o‘z fikrini sening ishqingda tuni bilan so‘z izlab
she’r yozaman singari jaydari shaklda ifodalamaydi. Oshiq qalb visolning o‘zi
bilan hech qachon qanoatlanolmasligini ham ro‘zg‘oriy yo‘sinda aytmaydi.
Balki
bu yuksak tuyg‘ularni ularga mos bir nazokat bilan aks ettirib, ruhiy holatni
bildirishi, hissiyotga ta’sir ko‘rsatishi jihatidan tengsiz she’r
vujudga kelishini
ta’minlaydi. She’rdagi:
Barcha farishtalar sening qalbingda,
Ijarada turgan qizlar men uchun!..
misralarida oshiqning ma’shuqaga cheksiz ehtiromi, ishonchi avj pardalarda
ko‘rsatilgan. U sevgilisini farishtalardan-da ortiq
sanashi pardali bir tarzda
ifodalangan. Muhammad Yusuf she’riyati kishi sezimlarini noziklashtiradi, unda
murakkab tuyg‘ularni ilg‘ash, his etish ko‘nikmasini shakllantiradi.
1.2. Muhammad Yusuf adabiy merosida milliy tuyg‘ular ifodasi
Badiiy adabiyotning uchta asosiy turidan biri bo‘lgan lirika azaldan
kechinma shaklida berilgan badiiy fikr bilan ish ko‘radi.
Shunday ekan, biz lirik
kechinma haqida fikr yuritar ekanmiz, uning tarkibini tashkil etgan tushunchalarni
ham anglab olmog‘imiz lozim. Lirik kechinmaning tarkibini fikr va his tashkil
etadi. Fikr va his munosabatlarini V.G.Belinskiy o‘zining etimologik ma’nosiga
ko‘ra, tanimiz,
jismimiz, qonimizga tegishli. His va sezgilarning o‘zaro tafovuti
shundaki, keyingisi tanimizda biror moddiy jism ta’sirida qo‘zg‘olgan jismoniy
sezgi. Shu sababli ham qandaydir hisob-kitob yoki
quruq mulohazalar bilan
mashg‘ul bo‘lgan odam hissyotidan to‘lqinlanib, larzaga tusharkan, qo‘lini
ko‘kragi yoki yuragiga mahkam bosib oladi. Chunki ko‘kragida nafasi bo‘g‘iladi,
chunki ko‘kragi qisadi, kengayadi,
yonadi va sovqotadi, chunki yuragi orziqadi,
titraydi, depsinib uradi; shuning uchun
ham u chekinadi va qaltiraydi, qo‘llarini
18
ko‘taradi, butun tanini boshdan-oyoq qaynoq ter qoplaydi, sochlari tikka turib
ketadi.
Binobarin, asar fikrchan, biroq hissiyotdan mahrum bo‘lishi mumkinligi
juda tushunarli; bunday holda, o‘sha asarda poeziya bo‘larmikin? Aksincha, asarda
his bor ekan, fikr bo‘lishi muqarrarligi ham juda tushunarli bir hol.
Tabiiyki, his
teran bo‘lgan joyda fikr ham teran bo‘ladi va aksincha..,. deb izoxlaydi. Xalk
shoiri Muhammad Yusuf ijodida lirik “men”
kechinma va poetik fikrni
birlashtirishga xizmat qiladi. Navoiyning:
Do'stlaringiz bilan baham: