57
Erkli elning go‘dagi sulton
Sultoni mard o‘g‘lon bo‘ladi.
Dahri dun hammadan qoladi,
Bizdan ozod Vatan qoladi.
(“Shior” she’ri)
Savol va topshiriqlar ustida ishlash.
Yangi dars: “Shaxsga yo`naltirilgan” pedagogik texnalogiyalar asosida
tashkil etiladi.
She’rning badiiy san’at turlarini ayting.She’rda qanday she’riy san’at
turlari qo`llanilgan? Badiiy san’at jozibasini toping.
She’rda nima uchun aynan shu badiiy san’at turlari qo`llanilgan?
(Slayd orqali badiiy she’riy san’at turlari beriladi)
1. Ko`chim
2. Tashbeh
3. O`xshatish
4. Metanimya
5. Mubolag`a
6. Xitob
7. Murabba
O`quvchilar qo`shimcha adabiyotlar orqali o`z fikrlarini shakllantirib
boradi.
1. Muhammad Yusuf hayoti va ijodining e’tiboriga loyiq jihati to`g`risida
ma’lumot bering.
2. Muhammad Yusufning istiqlol yillaridagi ijodi to`g`risida mulohaza
yuritining.Uning she’rlari asosida aytiladigan qaysi qo`shiqlarni bilasiz? (ekranda
qo`shiqchilarning surati va bitta qo`shig`i beriladi).